Anvar Hotamovich Kuchmurodov ((1970-yil 5-yanvar) — qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ixtisoslashgan sovet va o‘zbek yengil atletikachisi, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari katta serjanti, O‘zbekiston terma jamoasi murabbiysi. XXVI va XXVII yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. O‘smirlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati sovrindori, yopiq inshootlarda yengil atletika bo‘yicha MDH chempionati sovrindori, Osiyo chempionati sovrindori.

Anvar Hotamovich Kuchmurodov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 5-yanvar 1970-yil (1970-01-05) (54 yosh)
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Sport faoliyati tahrir

Anvar Kuchmurodov 1987-yilda Gavanadagi (Kuba) turnirda 100 metrga yugurishda uchinchi o‘rinni egalladi. 1988-yilda Sadberida (Kanada) o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida u SSSR terma jamoasi tarkibida 4x100 estafetasida beshinchi o‘rinni oladi[1]. 1989-yilda Varajdinda (Yugoslaviya) yengil atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida SSSR terma jamoasi tarkibida 4x100 estafetada bronza medalini qo‘lga kiritad[2]i va 100 metrga yugurishda oltinchi o‘rinni egalladi.

1992-yilda Moskvada (Rossiya) yengil atletika bo‘yicha MDH davlatlarining yopiq inshootlardagi chempionatida 60 metr masofaga 6.68 soniya natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ladi[3]. Ammo kelasi yili yengil atletika bo‘yicha Shtutgartdagi (Germaniya) jahon chempionatida Kuchmurodov omadsiz ishtiroki tufayli saralashdan o‘ta olmaydi[4]. 1994-yilda Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida 9.9 eng yaxshi natija bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kelasi yili Olma-Otadagi (Qozog‘iston) xalqaro musobaqada atigi uchinchi o‘rin sohibi bo‘ladi.

1995-yilda Jakartada (Indoneziya) o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida 100 metr masofaga 10.43 soniya natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritadi[5]. 1996-yilda Atlantadagi (AQSH) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 100 metr masofaga Anvar saralashda (10.71 natija) bilan o‘ta olmadi va final qismiga ishtirok etmadi[6].

1997-yilda Toshkentda yana birinchi, Olmaotada ikkinchi o‘rinni egalladi. Ammo Afinadagi (Gresiya) yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida u yana saralashdan o‘tmadi[7]. 1999-yilda Bishkekda (Qirg‘iziston) o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2000-yilda Sidneydagi (Avstraliya) Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida 4x100 estafetasida ishtirok etgan bo‘lsa-da, ammo jamoa saralash bosqichidan o‘ta olishmadi[8]. Olimpiya o‘yinlaridan keyin u sport faoliyatini yakunlab, murabbiylikka o‘tadi.

Anvar Kuchmurodov armiya sport klubida ham muntazam shug‘ullangan, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari katta serjanti unvoniga ega[9] .

2011-yilda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanadi[10] .

Kuchmurodov 2017-yilda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanadi[11] .

Manbalar tahrir

  1. „World Junior Championships 1988“. web.archive.org (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  2. „European Junior Championships (Men)“. gbrathletics.com. 2015-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  3. „Soviet Indoor Championships“. gbrathletics.com. 2017-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  4. „Past Results“. web.archive.org (2004-yil 12-dekabr). 2004-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  5. „Asian Championships“. www.gbrathletics.com. 2019-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  6. „Olympedia – 100 metres, Men“. www.olympedia.org. 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  7. „Men 100m Athletics VI World Championship 1997 Athens (GRE) - Sunday 03.08 - Gold Medal: Maurice Greene, United States“. www.todor66.com. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  8. „Olympedia – 4 x 100 metres Relay, Men“. www.olympedia.org. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  9. „ZiyoNET › Армия и молодежь › Армейский спорт“ (ru). army.ziyonet.uz. 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  10. „«О награждении в связи с Днем защитников Родины группы сотрудников правоохранительных органов, министерств обороны и по чрезвычайным ситуациям»“. sovminrk.gov.uz. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.
  11. „Тренерская конференция“. uzathletics.uz. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.