Arsen Norayrovich Zakharyan (26-may 2003-yilda tugʻilgan) – rus professional futbolchisi, maydonda hujimkor markaziy himoyachi rolida toʻp suradi va hozirda La Liganing Real Sociedad va Rossiya milli terma jamoasida oʻynaydi.

Arsen Zakharyan
Арсен Захарян
Zakharyan Dynamo Moscow klubida 2021-yildan beri to'p surib kelmoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arsen Norayrovich Zakharyan
Tavallud sanasi 26-may 2003-yil (2003-05-26) (21 yosh)
Tavallud joyi Samara, Rossiya
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi Hujumkor markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Sociedad
Raqami 12
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008–2016 Krylia Sovetov Samara
2016–2017 Konoplyov football academy
2017–2020 Dynamo Moscow
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2020 Dynamo-2 Moscow 15 (8)
2020–2023 Dynamo Moscow 72 (15)
2023– Real Sociedad 28 (1)
Milliy terma jamoa
2018 Rossiya U15 7 (1)
2018–2019 Rossiya U16 10 (3)
2019–2020 Rossiya U17 7 (1)
2021– Rossiya U21 3 (1)
2021– Rossiya 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(19-may 2024-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2024-yil 21-mart uchun)

Hayoti

tahrir

Zakharyan Samarashaxrida tugʻilgan, Rossiyafuqorosi boʻlishiga qaramasdan asli etnik kelib chiqishi Arman oilasiga borib taqaladi. Arsenning ota-onalari Aghdara,Azerbaijandan Rossiyaga Birinchi Qorabogʻ urushidan (1992–1994) soʻng koʻchib kelishgan[2].

Klubdagi faoliyati

tahrir

Dynamo Moscow klubi

tahrir

2020–2021-yilgi mavsum

tahrir

Zakharyan oʻzining debyut oʻyinini 2020-yil 1-noyabr kuni Dynamo Moscow safida Rossiya Premyer Ligasi 2020-21-mavsumining FC Tambovga qarshi uchrashuvida oʻtkazdi [3]. U qishki taʼtildan keyin Dinamo safida birinchi marotaba asosiy tarkib bilan 28-fevral 2021-yilda birinchi ligadagi oʻyinda ishtirok etdi va FC Akhmat Groznyga qarshi 2-1 hisobidagi gʻalabada birinchi golini kiritdi [4]. U Rossiya Premyer Liqasida gol urgan Aleksandr Kokorin va Pyotr Nemovdan keyingi uchinchi eng yosh „Dynamo“ oʻyinchisi boʻldi [5].

Zakharyanni oʻyin koʻrsatkichlariga asoslanib 2021-yil fevral, mart va may oylarida oyining futbolchisi deb topildi[6][7], shu jumladan may oyida CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda oʻyinda hal qiluvchi golni oʻyinning oxiri daqiqalarida urdi[7]. Dynamo muxlislari tomonidan 2020-21-mavsumning oʻyinchisi sifatida tanlandi va Rossiya Futbol Ittifoqi (RFS) uni 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar orasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topdi [8][9].

2021-22-yilgi mavsum

tahrir

Zahariyanning 2021-22-mavsumidagi birinchi goli 23-iyul 2021-yilda, FC Rostov ustidan 2-0 hisobidagi qozongan gʻalabasida kiritildi; u oʻyinning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi [10] .9-dekabr 2021-yilda Rossiya Premyer Ligasi uni 2021-yilning 21 yoshgacha boʻlganlar orasida eng yaxshi futbolchi deb topdi [11].

Zakharyanni Dynamo muhlislari 2-mavsumda ham uni yil oʻyinchisi nominatsiyasida eng yaxshisi deb topishdi [12] .U shuningdek, ligadagi eng yaxshi 21 yoshgacha futbolchilar orasida 2-oʻrinni egalladi, 1-oʻrinni liga toʻprari Gamid Agalarov egallagandi [13]. RFS uni 2021-22-yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh oʻyinchi va eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topdi [14].

2022-23-yilgi mavsum

tahrir

2022-yil 1-sentabrda Dynamo klubi 2022-yil 25-avgustda Zakharyanga Premyer-liganing „Chelsea“ klubidan transfer shartnoma taklifi kelganini va klublar oʻsha paytdan boshlab muzokaralar olib borayotganini eʼlon qildi, ammo transfer 2022-yil yozgi transfer oynasida „biz nazorat qilmagan bir qator texnik sabablarga koʻra“ mumkin emasligini eʼlon qildi [15]. Dynamo banki va sobiq egasi VTB banki 2022-yil fevral oyida Buyuk Britaniyaning hukumati tomonidan Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin sanksiya qilindi [16]. U Dynamo muxlislari tomonidan 2022-yil sentyabr oyida va 2022-yil oktyabr oyida oyning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan [17][18].

2023-24-yilgi mavsumi

tahrir

Zakharyan mavsumni Dinamo bilan Yevropa klublariga oʻtishi mumkin degan katta taxminlar orasida boshladi. Rossiya matbuotida Lazio, Feyenoord, Strasburg, Genova, PSV Eindhoven va Ajax qiziqish bildirilgani aytilgan [19]. 2023-yil 9-avgust kuni Zakharyan va Rossiyaning Kubogi doirasidagi Krasnodar jamoasiga qarshi 4-3 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻyinga qoʻshib berilgan daqiqalardan jarima maydonchasidan raqib darvozasiga gol kiritdi va jamoasiga gʻalabani taminladi [20]. 13-avgust kuni Baltika Kaliningrad qarshi boʻlib oʻtadigan keyingi ligadagi oʻyin uchun futbolchilar roʻyxatiga Zakharyan kiritilmagan va oʻyinni zahira oʻrindigʻidan kuzatgan. Dynamo prezidenti Pavel Pivovarov Dynamo va Ispaniya jamoasi Real Sociedad oʻrtasidagi oʻtish shartlari va shaxsiy shartnoma shartlari kelishib oldi va transfer tibbiy koʻrikdan keyin rasmiylashtirilishi haqida eʼlon qildi [21].

Real Sociedad

tahrir

2023-yil 19-avgust kuni La Liga klubi Real Sociedad Zakharyanni 2029-yil 30-iyunga qadar klub bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi [22]. 2024-yil 15-mart kuni Zakharyan klub safidagi birinchi golini Kadiz bilan boʻlgan oʻyinda(2-0) kiritdi [23].

Milliy terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Yoshlar jamoasida

tahrir

2021-yil 15-mart kuni Zakharyan 2021-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida Rossiya U21 jamoasigakiritildi. U ilgari 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi bahslarda Rossiya safida ishtirok etgan va Rossiyaning jamoadagi eng yosh oʻyinchisi boʻlgan [24] .2021-yil 25-mart kuni uzining Islandiya qarshi debyut oʻyinida Zakharyan 31 daqiqada jarima maydonchasi ichida penalti ishladi va Rossiya penaltidan gol urib oʻyinda hisobi ochdi. Birinchi taymning qoʻshimcha vaqtida u birinchi golini kiritdi va hisobni 3-0 koʻrinishiga keltirdi va oʻyin oxir-oqibat Rossiyaning 4-1 hisobida gʻolib boʻlishi bilan yakunlandi. Zakharyan Rossiyaning U21 futbolchilari orasida eng yosh toʻpurar va Yari Verschaerenni ortta qoldirgan holatda UEFA 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Evropa chempionatining tarixidagi eng yosh toʻpurar boʻldi[25][26].

Professional faoliyati

tahrir

2021-yil 11-may kuni Zakharyan birinchi marta Rossiya terma jamoasiga chaqirilib, UEFA Yevro-2020 uchun 30 kishilik jamoa tarkibiga kiritildi. U lagerda tonzillit infeksiyasiga chalindi va soʻngra guruhga kiritilmadi [27].

Zakharyan 1-sentabr 2021-yilda Xorvatiya qarshi boʻlgan 2022-yilgi jahon chempionatida kattalar jamoasida debyut qildi. U oʻyinni ikkinchi yarmida maydonga tushdi va oʻyin 0-0 hisobi bilan yakunlandi [28]. U 18 yil, 3 oy va 6 kunligida , Rossiyaning milliy terma jamoasi tarixidagi eng yosh futbolchi boʻldi. Zakharyan shuningdek, Igor Akinfeevdan keyin milliy jamoadagi eng yosh oʻyinchi boʻldi [29]. Uning va Akinfeyevning rekordlari 2022-yilda Sergei Pinayev tomonidan yangilandi [30].

Oʻyin uslubi

tahrir

Zakharyan koʻp pozitsiyada oʻyay oladigan oʻyinchi va koʻp marta hujumdagi pozitsiyalarda, yaʼni qanot yarim himoyachi, hujumkor yarim himoyachi yoki markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Baʼzi oʻyinlarda u taktik talablariga koʻra oʻyin davomida pozitsiyalarni oʻzgartiradi [31]. Uning oʻyin xarakteristikasi, futbolchilardan oʻtish qobiliyati va oʻyin usuli kabi xususiyatlari, Zakharyanni Belgiyalik xalqaro Kevin De Bruyne bilan taqqoslashga sabab boʻldi [32].

2020-yil oktyabr oyida „The Guardian“ tomonidan 2003-yilda tugʻilgan futbolchilar orasida dunyo futbolidagi eng yaxshi yosh talantlarning top 60 taligiga kiritildi [33].

Statistikalari

tahrir
2024-yil 19-may ma'lumotlariga asoslanib[34]
Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsumlar Liga Milliy kubog Yevropa Umumiy
Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Ilovalar Gollar
Dynamo-2 Moskva 2020–21 Rossiya ikkinchi ligasi 15 8 15 8
Dynamo Moskva 2020–21 Rossiya Premyer Ligasi 13 3 0 0 0 0 13 3
2021–22 Rossiya Premyer Ligasi 29 7 5 2 34 9
2022–23 Rossiya Premyer Ligasi 27 4 10 1 37 5
2023–24 Rossiya Premyer Ligasi 3 1 2 1 5 2
Umumiy 72 15 17 4 0 0 89 19
Real Sociedad 2023–24 La Liga 28 1 6 0 5 0 39 1
Karyerasi jami 115 24 23 4 5 0 143 28
  1. Russian Cup, Copa del Rey
  2. UEFA Champions League

Xalqaro

tahrir
2024-yil 21-mart ma'lumotlariga asoslanib[35]
Milliy jamoa safida uchrashuvlar va gollar
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Rossiya 2021 4 0
2022 2 0
2023 1 0
2024 1 0
Umumiy 8 0

Yutuqlar

tahrir

Dynamo Moskva

  • Rossiya kubogi: ikkinchi oʻrin: 2021-22[36]

Shaxsiy Yutuqlar

  • Dynamo Moskva oylik futbolchisi: 2021 yil fevral, [37] 2021 yil mart, [6] 2021 yilning may, [38] 2022 yil sentyabr, [39] 2022 yil oktyabr [40]
  • Dynamo Moskva mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi: 2020-21,[41] 2021-22[42]
  • RFS Munda eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2021-22[43]
  • Rossiya Premyer Ligasi mavsumning chap qanotchisi: 2021-22[44]

Manbalar

tahrir
  1. „Arsen Zakharyan“ (ru). FC Dynamo Moscow. Qaraldi: 2022-yil 20-sentyabr.
  2. „Интервью отца Арсена Захаряна из "Динамо" - история детства, интересные факты, семья, почему не взяли в "Зенит"“ (ru). Sport24 (2021-yil 23-mart). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. „Tambov v Dynamo Moscow game report“. Russian Premier League (2020-yil 1-noyabr).
  4. „Akhmat v Dynamo game report“. Russian Premier League (2021-yil 28-fevral).
  5. „Арсен Захарян забил первый гол в возрасте 17 лет и 278 дней“ (ru). FC Dynamo Moscow (2021-yil 1-mart).
  6. 6,0 6,1 „Арсен Захарян — ВТБ игрок месяца в феврале-марте“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 25-mart).
  7. 7,0 7,1 „Арсен Захарян — ВТБ игрок месяца в мае“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 20-may).
  8. „Арсен Захарян — ВТБ игрок сезона“ (ru). FC Dynamo Moscow (2021-yil 27-may).
  9. „Итоги Исполкома РФС“ (ru). Russian Football Union (2021-yil 15-iyul).
  10. „Rostov v Dynamo game report“. Russian Premier League (2021-yil 23-iyul).
  11. „Арсен Захарян – обладатель премии «Первая пятёрка» в 2021 году“ (ru). Russian Premier League (2021-yil 9-dekabr).
  12. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок сезона“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 10-iyun).
  13. „Гамид Агаларов – лучший молодой игрок Тинькофф РПЛ сезона 2021/22“ (ru). Russian Premier League (2022-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
  14. „Итоги Исполкома РФС“ (ru). Russian Football Union (2022-yil 23-iyun).
  15. „Arsen Zakharyan stays at Dynamo“ (en-GB). Dynamo Moscow (2022-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  16. „Sanctions-hit VTB Bank has several plans to minimise impact on its clients“. Reuters (2022-yil 24-fevral). Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
  17. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок месяца в сентябре“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 1-oktyabr).
  18. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок месяца в октябре“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 2-noyabr).
  19. „Захарян едет в "Сосьедад". Сработал 20-й вариант из инсайдов“ (ru). Sports.ru (2023-yil 12-avgust).
  20. „Dynamo v Krasnodar game report“ (ru). Russian Football Union (2023-yil 9-avgust).
  21. „"Динамо" о Захаряне и "Сосьедаде": "Договоренность достигнута. Сегодня он улетает на медосмотр"“ (ru). Sports.ru (2023-yil 13-avgust).
  22. „Arsen Zakharyan | Level complete, the Russian talent arrives“ (en). Real Sociedad (2023-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
  23. „Real Sociedad 2–0 Cádiz“. The Athletic (2024-yil 15-mart). Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  24. „Состав на молодежный чемпионат Европы“ (ru). Russian Football Union (2021-yil 15-mart).
  25. „Арсен заработал пенальти, забил шикарный гол и стал самым молодым автором гола молодёжной сборной России“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 25-mart).
  26. „Захарян стал самым молодым автором гола в истории молодёжных чемпионатов Европы“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 26-mart).
  27. „Состав сборной России на ЕВРО-2020“ (ru). Russian Football Union (2021-yil 2-iyun).
  28. „Russia v Croatia game report“ (ru). Russian Football Union (2021-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
  29. „ЗАХАРЯН — САМЫЙ МОЛОДОЙ ПОЛЕВОЙ ИГРОК В ИСТОРИИ СБОРНОЙ РОССИИ“ (ru). Match TV (2021-yil 1-sentyabr).
  30. „Сергей Пиняев – самый молодой дебютант сборной России“ (ru). Russian Football Union (2022-yil 17-noyabr).
  31. „Захарян о победе над ЦСКА: "Пропустили первыми и не вошли в игру, но проявили характер"“ (ru). Sport Express (2021-yil 8-avgust). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  32. „Who Is Arsen Zakharyan, The 19-Year-Old Russian Playmaker Close To Joining Chelsea“ (2022-yil 26-avgust). Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
  33. „Next Generation 2020: 60 of the best young talents in world football“. The Guardian (2020-yil 8-oktyabr).
  34. „Arsen Zakharyan“. SofaScore. Qaraldi: 2024-yil 15-mart.
  35. „Zakharyan, Arsen“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2024-yil 21-mart.
  36. „"Спартак" обыграл "Динамо" и стал 4-кратным победителем Кубка России“ (ru). Premier Liga. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  37. „Арсен Захарян — ВТБ игрок месяца в феврале-марте“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 25-mart).
  38. „Арсен Захарян — ВТБ игрок месяца в мае“ (ru). Dynamo Moscow (2021-yil 20-may).
  39. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок месяца в сентябре“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 1-oktyabr).
  40. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок месяца в октябре“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 2-noyabr).
  41. „Арсен Захарян — ВТБ игрок сезона“ (ru). FC Dynamo Moscow (2021-yil 27-may).
  42. „Арсен Захарян — ВТБ Игрок сезона“ (ru). FC Dynamo Moscow (2022-yil 10-iyun).
  43. „Итоги Исполкома РФС“ (ru). Russian Football Union (2022-yil 23-iyun).
  44. „Агаларов, Сафонов и Захарян – в списке "33 лучших футболистов" сезона“ (ru-RU). Российский футбольный союз. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.

Havolalar

tahrir