Asila Mirzayorova
Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova (1999-yil 3-iyul, Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik para yengil atletikachi. Yengil atletikaning uzunlikka sakrash yoʻnalishidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida kumush medali sovrindori, Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida bronza medali sohibasi. Shuningdek, Paralimpiya chempioni[1].
Asila Mirzayorova | |
---|---|
Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | ayol |
Tavallud paytidagi ismi | Asila Ubaydulla qizi Mirzayorova |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
3-iyul 1999-yil Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Mukofotlar | |
Sport | |
Qaysi sport | para yengil atletika |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Yozgi Paralimpiada oʻyinlari | ||
Kumush | Tokio 2020 | uzunlikka sakrash T11 |
Oltin | Parij 2024 | uzunlikka sakrash T11 |
Jahon chempionati | ||
Oltin | Parij 2023 | uzunlikka sakrash T11 |
Oltin | Kobe 2024 | uzunlikka sakrash T11 |
Tarjimayi holi
tahrirAsila 1999-yilda Qarshi shahrida tugʻilgan[2]. 15 yoshiga qadar u mutlaq koʻrish qobiliyatiga ega boʻlgan va musiqa maktabida pianino chalishni oʻrgangan. Boshidan olgan jarohatdan soʻng koʻrish qobiliyatini yoʻqotgan va keyinchalik sport bilan shugʻullana boshlagan[3].
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (TDIU) tahsil olgan[manba kerak].
2021-yilda Oʻzbekiston belgisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[4]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi unvoni berilgan[5].
Faoliyati
tahrir2016-yildan murabbiy Sardor Abduxoliqov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshlagan. 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda qatnasha boshlagan[6]. Oʻsha yili paraatletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqdi[7]. Oʻsha yili oʻsmirlar oʻrtasidagi Para-Osiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan[8]. 2018-yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paraosiyo oʻyinlarida uzunlikka sakrashda 4,47 metr natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2019-yilda Dubayda (BAA) boʻlib oʻtgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) 4,44 metr natija bilan yettinchi oʻrinni egallagan[9][10].
2021-yilda Dubayda (BAA) Paralimpiya yengil atletika boʻyicha Gran-pri bosqichida uzunlikka sakrash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan[11]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida T11 toifasida uzunlikka sakrash bahslarida 4,91 metrga sakrab, oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritgan[12].
2023-yilda Parij shahrida Para yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida uzunlikka sakrash T11 boʻyicha ayollar oʻrtasida 5,13 metrga sakrash bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[13]. Ushbu natija bilan Asila Mirzayorova 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[14].
2024-yilgi Parij Paralipiadasida uzunlikka sakrash bahsida 5,24 metrga sakrab, musobaqa rekordini yangiladi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Mukofotlari
tahrir- Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi[15]
- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2021-yil)
- „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni (2024-yil)[16]
Manbalar
tahrir- ↑ „Parij-2024: Paralimpiyachi Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi“ (30-avgust 2024-yil). Qaraldi: 31-avgust 2024-yil.
- ↑ „Спортсменка из Кашкадарьи – серебряный призер Паралимпиады“ (uz). nkgz.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-noyabr.
- ↑ „Паралимпиада-2020. Асила Мирзаëрова завоевала «серебро»“ (ru). Газета.uz (2021-yil 27-avgust). Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Asila Mirzayorova etirof etildi“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (uz). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Athletics MIRZAYOROVA Asila - Tokyo 2020 Paralympics“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Чемпионат паралимпийцев“ (ru). usport.uz. 2021-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Паралимпиячиларимизнинг навбатдаги муваффақияти – Қорақалпоғистон Ахборот Агентлиги“. kknews.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Dubai 2019 - Schedule & Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ https://www.paralympic.org/static/info/resATDU19/pdf/ATDU19/AT/ATDU19_AT_C73P_ATWL11100.pdf
- ↑ „Гран-при в Дубае: паралимпийцы Узбекистана завоевали 24 медали“ (ru). https://yuz.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Начинаем утро с хороших новостей: Асила Мирзаëрова стала серебряным призëром Токио-2020!“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 5-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Paris 2023 Para Athletics World Championships | Live Results“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „World Para Athletics Live Results“. paralympic.org- official website of International Paralympic Committee. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
- ↑ „“Milliy sport mukofoti-2023” o‘z g‘oliblarini aniqladi“. olympic.uz. Qaraldi: 7-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Париж шаҳрида бўлиб ўтган ХVII ёзги Паралимпия ўйинларида юксак натижаларга эришган спортчи ва мураббийлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони“. president.uz. Qaraldi: 12-sentabr 2024-yil.