BBIBP-CorV – Sinopharm tomonidan ishlab chiqilayotgan ikkita butun virusli inaktivatsiyalangan COVID-19 ga qarshi vaksinalardan bittasi. Vaksina ikki dozali, mushak ichiga yuborish uchun, inyeksiyalar orasida 3—4 hafta oraliq boʻlishi kerak. 2—8 °C haroratda saqlanadi.

2020-yil dekabr holatiga koʻra, u Argentina, Bahrayn, Misr, Marokash, Pokiston, Peru va Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) III bosqich klinik sinovlardan oʻtgan, tadqiqotda 60 000 dan ortiq kishi ishtirok etgan. 2020-yilning noyabriga kelib, Xitoyning favqulodda vaziyatlarda foydalanish dasturi doirasida bir millionga yaqin odam emlangan. 2020-yil dekabriga kelib, BAAda 100 000 ga yaqin odam ham ixtiyoriy dastur[1] doirasida emlandi[2].

2020-yil 9-dekabrda, III bosqich klinik tadqiqotlarining oraliq tahlili BBIBP-CorV ning COVID-19 infeksiyasiga qarshi samaradorligi 86 %[3] ekanligini koʻrsatganidan keyin, BAA BBICP-CorV ning rasmiy roʻyxatga olingani haqida eʼlon qildi. Bahrayn ham, BAA ham vaksinadan foydalanishni maʼqullagan[4][5]. BAAda emlash qanday amalga oshirilishi haqida xabar berilmadi[6].

2020-yil 12-dekabrda Peru koʻngillilardan birida aniqlangan nojoʻya taʼsirni oʻrganish uchun Sinopharm vaksinasining klinik sinovlarini vaqtinchalik toʻxtatdi va ularni 16-dekabrdan davom ettirdi[7].

2020-yil 31-dekabrda Xitoy Xalq Respublikasi Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi BBIBP-CorV vaksinasini mahalliy ishlab chiqarilgan birinchi koronavirus vaksinasi sifatida keng qoʻllash uchun tasdiqladi. Tasdiqlash ishlab chiqaruvchi Sinopharm III bosqich klinik sinovlarning oraliq tahliliga koʻra vaksina samaradorligi 79,34 % ekanligini eʼlon qilganidan keyingi kun olindi[8].

BBIBP-CorV III bosqich klinik sinovlaridan oʻtayotgan CoronaVac, BBV152, KoviVak va boshqa inaktivatsiyalangan butun virusli COVID-19 vaksinalariga oʻxshash, anʼanaviyroq texnologiyadan foydalanadi[9]. Ushbu texnologiya koʻplab mashhur vaksinalarda, masalan, quturishga qarshi kabi vaksinalarda muvaffaqiyatli qoʻllangan.

Argentina Sogʻliqni saqlash vazirligi 2021-yil 1-iyulda xabar berishicha, 2021-yilning fevral-iyun oylarida 60 yoshdan oshgan 471 682 argentinalik saylanmasidagi dastlabki natijalarga koʻra, COVID-19 dan oʻlimga qarshi samaradorlik Sinopharm BBIBP-CorV vaksinasining birinchi dozasi uchun 61,6 %ni va toʻliq ikki dozali emlash kursi uchun 84,0 %ni tashkil etadi. (taqqoslash uchun, xuddi shu sharoitlarda AstraZeneca vaksinasi 79,5 % va 88,8 %, Sputnik V vaksinasi – 74,9 % va 93,3 % samaradorlikni koʻrsatdi)[10].

Manbalar

tahrir
  1. Staff, Reuters. „China Sinopharm's coronavirus vaccine taken by about a million people in emergency use“. Reuters (2020-yil 19-noyabr). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  2. Mostafa Salem and Yong Xiong CNN. „China's Sinopharm vaccine has 86% efficacy against Covid-19, says UAE“. CNN. 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  3. „UAE: Ministry of Health announces 86 per cent vaccine efficacy“ (en). gulfnews.com. 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  4. Staff, Reuters. „UAE says Sinopharm vaccine has 86% efficacy against COVID-19“. Reuters (2020-yil 9-dekabr). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  5. A. B. C. News. „Bahrain approves Chinese COVID-19 vaccine for use“ (en). ABC News. 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  6. „Covid: What do we know about China's coronavirus vaccines?“. BBC News (2020-yil 16-dekabr). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  7. Staff, Reuters. „Peru says China's Sinopharm may resume coronavirus vaccine trial after volunteer's illness“. Reuters (2020-yil 16-dekabr). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
  8. Nectar Gan. „China approves Sinopharm Covid-19 vaccine, promises free shots for all citizens“ (en). CNN (2020-yil 31-dekabr). 2020-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 31-dekabr.
  9. Jon Cohen. China's vaccine gambit(ingl.) // Science. — 2020-12-11. — Vol. 370, iss. 6522. — P. 1263–1267. — ISSN 1095-9203&f=1003&t=1&v1=&f=4&t=2&v2=&f=21&t=3&v3=&f=1016&t=3&v4=&f=1016&t=3&v5=&bf=4&b=&d=0&ys=&ye=&lng=&ft=&mt=&dt=&vol=&pt=&iss=&ps=&pe=&tr=&tro=&cc=&i=1&v=tagged&s=0&ss=0&st=0&i18n=ru&rlf=&psz=20&bs=20&ce=hJfuypee8JzzufeGmImYYIpZKRJeeOeeWGJIZRrRRrdmtdeee88NJJJJpeeefTJ3peKJJ3UWWPtzzzzzzzzzzzzzzzzzbzzvzzpy5zzjzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzztzzzzzzzbzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzvzzzzzzyeyTjkDnyHzTuueKZePz9decyzzLzzzL*.c8.NzrGJJvufeeeeeJheeyzjeeeeJh*peeeeKJJJJJJJJJJmjHvOJJJJJJJJJfeeeieeeeSJJJJJSJJJ3TeIJJJJ3..E.UEAcyhxD.eeeeeuzzzLJJJJ5.e8JJJheeeeeeeeeeeeyeeK3JJJJJJJJ*s7defeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeSJJJJJJJJZIJJzzz1..6LJJJJJJtJJZ4....EK*&debug=false 0036-8075, 1095-9203. — DOI:10.1126/science.370.6522.1263. Архивировано 24 dekabr 2020 года.
  10. Ministros de Salud de todo el país consensuaron redoblar esfuerzos para completar los esquemas de vacunación en mayores de 40 años. – Ministerio de Salud. 01 de julio de 2021.