BahriylarMisrda hukmronlik qilgan ikki mamluklar sulolasidan birinchisi (12501390). Ayyubiylarni taxtdan tushirib, hokimiyatni egʻallagan. B. 1249 yil Misr sultoni Najmiddin Ayyub (1208 – 50) saroy quriqchilari qilish maqsadida sotib olgan turk asirlari boʻlib, dastlabki vaqtlarda Bahr annil (Nil daryosi)dagi orollardan birida yashaganlari uchun shunday deb atalganlar. Sulola vakillari: Al-Malik al-Muʼizz OybekOybek (1250 – 57), Al- Malik al-Mansur Ali I (1257 – 59), Al-Malik al-Muzaffar Qutuz (1259 – 60), Al-Malik az-Zohir Baybars (1260 – 77), Al-Malik as-Saʼiyd Barakaxon (1277 – 79), Al-Malik al-Odil Salomish (1279), Al-Malik al-Mansur Qalovun (1279 – 90), Al-Malik al-Ash-raf Xalil (1290 – 93), Al-Malik annosir Muhammad (1293 – 94, 12981308 va 1310 – 41), Al-Malik al-Odil Katbugo (1294 – 96), Al-Malik al-Mansur Lojin (1296 – 98), Al-Malik al-Muzaffar Beybars I (1308 – 10), Al-Malik al-Mansur Abu Bakr (1341), Al-Malik al-Ashraf Kuchuk (1341 – 42), Al-Malik annosir Ahmad 1 (1342), Al-Malik as-Solih Ismoil (1342 – 45), Al-Malik al-Komil Shaʼbon I (1345 – 46), Al-Malik al-Muzaffar Hajiy I (1346 – 47), Al-Malik annosir Hasan (1347 – 51, 1354 – 61), Al-Malik as-Solih (1351 – 54), Al-Malik al-Mansur Muhammad II (1361 – 63), Al-Malik al-Ashraf Shaʼbon II (1363 – 77), Al-Malik al-Mansur Ali II (1377 – 81), Al-Malik as-Solih Hajiy II (1381 – 82), (1382 – 89 yillarda burjiylar sulo-lasi vakili Al-Malik az-Zohir Barquq sultonlik qilgan), Al-Malik al-Mansur Hajiy II (1389 – 90).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil