Banu Najjor (arabcha: بَنُو نَجَّار; duradgorning oʻgʻillari) yoki Banu al-Naggar arab dunyosidagi bir-biriga bogʻliq boʻlmagan bir qancha tarixiy va zamonaviy qabilalar nomi. Ayrim qabilalar diniy tarkibga koʻra bir-biridan farqlanadi[1].

Islom tarixida

tahrir

Muhammadning bobosi Abdulmuttalibning onasi aynan Banu Najjor urugʻidan boʻlgan[2]. Ibn Hojar al-Asqaloniy va Tabariy kabi islom tarixchilari ularni Madinaning yirik Banu Xazraj qabila urugʻlaridan biri deb hisoblashgan. Al-Asqaloniy ushbu urugʻ ajdodlari Taymallah ibn Talaba ibn Amr ibn al-Xazraj ekanligini aytgan[3][4]. Banu Najjorning kamida uchta kichik qabilasi mavjud boʻlgan[5].

Islom dini kirib kelishidan oldin Madinadagi Banu Najjorlar, asosan, anʼanaviy arab politeizmiga eʼtiqod qilganlar. Bundan tashqari, qabila vakillari Islom dinini qabul qilganlaridan soʻng yoʻq qilib yuborilgan Samul, Husa va at-Tamm nomli butlariga ham eʼtiqod qilishgan[5]. Shuningdek, Banu Najjorlar Madina yahudiylari bilan ham qabilaviy ittifoq tuzishgan boʻlishlari mumkin[6][5].

Muhammad Makkadan Madinaga hijrat qilganida dastlab Banu Najjor qabilasi vakillari bilan birga yashagan. Keyinchalik Al-Masjid an-Nabaviy ham aynan ushbu qabila bogʻida qurilgan[7]. Shuningdek, Banu Najjor qabilasi nomi Qur’on hadislardan birida maqtab oʻtilgan[8].

Qabilaning taniqli vakillari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Banu Najjar“. Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.
  2. Power, Edmond (1914). "The Life, Work, and Character of Mohammed". Studies: An Irish Quarterly Review 3 (10): 142–159. 
  3. Ibn Hajar al-Asqalani (1986). Fath al-Bari. page 144.
  4. al-Tabari, Abu Jafar. The History of al-Tabari Vol. 6: Muhammad at Mecca — 125-bet. ISBN 9780887067075. 
  5. 5,0 5,1 5,2 „Idol Worship in Pre-Islamic Medina“, The Arabs and Arabia on the Eve of Islam (Volume 3) FE Peters: . Routledge, 2014 — 130–134, 153-bet. ISBN 9781351894807. FE Peters, ed. (2014). „Idol Worship in Pre-Islamic Medina“. The Arabs and Arabia on the Eve of Islam (Volume 3). Routledge. pp. 130-134, 153. ISBN 9781351894807.
  6. Guillaume, Alfred (1963). "New light on the life of Muhammad". Bulletin of the School of Oriental and African Studies 26 (2): 427–428. 
  7. „Sahih Bukhari“. Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.
  8. „Sahih Bukhari“. Qaraldi: 2018-yil 20-oktyabr.