Bayburt (armancha Բայբերդ romanized: Bayberd) – Turkiya shimoli-sharqidagi Çoruh daryosi yaqinida joylashgan shahar[2]. Shahar Bayburt viloyati va Bayburt tumani markazi hisoblanadi[3]. Shahar aholisi 2021-yilda 48 036 kishini tashkil etgan[1].

Bayburt
Bayburt shahri
Bayburt shahri
Bayburt (shahar) is located in Turkiya
Bayburt (shahar)
Turkiyadagi joylashuvi
Koordinatalari: 40°15′35″N 40°13′40″E / 40.25972°N 40.22778°E / 40.25972; 40.22778
Davlat Turkiya
Viloyat Bayburt
Tuman Bayburt
Balandligi
1 550 m (5 100 ft)
Aholisi
 (2021)[1]
48 036
Vaqt mintaqasi TRT (UTC+3)
Pochta indeksi
69000
Hudud kodi 0458
Veb-sayt bayburt.bel.tr

Bayburt bir vaqtlar qadimgi Buyuk ipak yo‘lining muhim markazi boʻlgan. Shaharga Marco Polo va Evliya Çelebi tashrif buyurgan. Oʻrta asrdagi qal’aning qoldiqlari hali ham mavjud. Shaharda bir nechta tarixiy masjidlar, turk hammomlari va qabrlar mavjud. Shuningdek, viloyatning boshqa hududlarida Çatalçeşme yer osti majmuasi va Sirakayalar sharsharasi kabi tabiiy moʻjizalarga ega tarixiy joylar mavjud.

Etimologiyasi

tahrir

Shaharning nomi ilgari Usmonli turk tilida Bayburd va ingliz tilida Baiburt deb yozilgan[4][5][6]. Vizantiya imperiyasi davrida bu shahar turli nomlar bilan mashhur boʻlgan. Prokopius shaharga Baiberdon, Kedrenos esa uni Paiperte deb atagan[7]. Bu nom oʻrta asrdagi arman tilidagi Baydbert (Բայտբերդ) soʻzidan kelib chiqqan[2]. Movses Khorenatsining "History of Armenia" asarida shaharga Paypert deb nom berilgan. Movses shaharning qadimgi nomini Bagratiylar asoschisi Smbat I ga ishora qilib, Smpadapert deb nomlanganini taʼkidlaydi. Dede Korkut oʻz kitobida shaharni bir necha marta Bayburd deb atagan. Baydbert ikkita soʻzdan Bayd va Bertdan iborat deb hisoblangan. Birinchi soʻz haqida koʻp bahs-munozaralar bor, ammo hali aniq javobi topilmagan. Biroq, ikkinchi soʻz armanchada bert yaʼni „qal`a“ degan maʼnoni bildiradi.

Tarixi

tahrir
 
Bayburt qalʼasi
 
Shahar markazi

Bayburt Hayasa-Azzining bir qismi boʻlgan. Miloddan avvalgi VIII asrda Kimmeriylar, milodiy VII asrda Medlar, keyinchalik Ahamoniylar imperiyasi, Yervandid Armeniya, Pont podsholigi, Buyuk Armaniston, Rim imperiyasi, Vizantiya imperiyasi, Bagratid Armeniya qirolligi, Saljuqiylar, Oq qoʻyunli, Safaviylar va Usmonli turklari tomonidan bosib olingan[8].

Shahar I asrda arman qal’asi oʻrnida boʻlgan va imperator Yustinian I tomonidan mustahkamlangan Baiberdon boʻlishi mumkin[5]. Shahar oʻrta asrlar oxirida Genuyaliklar qarorgohi boʻlgan[5]. XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida Trapezund imperiyasi va Eron oʻrtasidagi savdo aloqalari tufayli shahar gullab yashnagan. Shaharda Saljuqiylar va Hulokuiylar davrida zarbxona mavjud boʻlgan[9]. 1243-yildan 1266-yilgacha qisqa muddat ichida Bayburt Gruziya Samtskhe knyazligi qoʻl ostida boʻlgan. Bayburt qalʼasi ichidagi xristian cherkovi XIII asrda Trapezund imperiyasi yoki gruzinlar tomonidan qurilgan[10].

Bayburt va uning atrofidagi hududlar Anatoliyadagi eng qadimgi turk aholi punktlaridan biri hisoblanadi[11]. Usmonli turklar boshqaruvi ostida shahar Bayburt Erzurum Eyaletdagi Sanjakning markazi boʻlgan. Erzurum XVI asrning boshlarida vayron qilinganida, Bayburt maʼlum vaqt davomida viloyat markazi sifatida xizmat qilgan. Bu hudud 1553-yilda Safavidlar tomonidan zabt etilgan. Bayburt General Paskevich boshchiligidagi rus armiyasi tomonidan bosib olindi va uning istehkomlarilari 1829-yilda butunlay vayron etildi[5][12]. Bu ruslar gʻarbga eng uzoq yetib borgan joy boʻlgan[12]. Britaniyalik sayohatchi va geolog Uilyam Hamilton 1840-yillarda bu vayronliklarga sharh berib oʻtgan[13]. 1870-yillarga kelib aholi soni 6000 gacha oshgan[5]. Biroq bozor iqtisodiy jihatdan qashshoqlashib qoldi va shahar uzoq vaqt sanoatdan uzoqlashdi[12]. Birinchi jahon urushidan oldin shahar aholisi 10 ming kishidan iborat boʻlib, asosan turklar va qisman armanlar tashkil etgan[12].

Shemseddin Sami qalamiga mansub Qamus al-Aʼlam (Qāmūsu’l-alām/قاموس الأعلام, „Dictionary of the World“) ga koʻra, Bayburt Sanjaki Ispir, Şiran, Kelkit va Bayburt deb nomlangan toʻrt kaza, 505 qishloq hamda 40 nahiyadan iborat boʻlgan. Sanjakda 124.019 kishi istiqomat qilgan. Aholining 108.373 nafari turk va musulmon boʻlgan, qolgan qismi esa xristian hamda asosan armanlar boʻlgan[14].

Bayburt sanjaki ichida 292 ta masjid, 176 ta madrasa, 87 ta cherkov va monastir, 2 ta oʻrta maktab (rushdiye), 108 ta boshlangʻich maktab (Sıbyan mektebi) mavjud boʻlgan[15].

Geografiyasi

tahrir

Bayburt Trabzon va Erzurum oʻrtasidagi ochiq va unumdor Çoruh platosida joylashgan[12].

Iqlimi

tahrir

Bayburtning iqlimi kontinental boʻlib, yoz fasli iliq va qishi sovuq. Yilning koʻp qismida yomgʻir yogʻadi va bahorda yogʻingarchilik eng choʻqqisiga chiqadi. Shaharda tez-tez, lekin zarur boʻlmagan darajada qor yogʻadi. 1976-yil mart oyida qor qalinligi eng yuqori 110 sm (43,3 dyuym) ni tashkil etgan.

Bayburt (1991–2020, extremes 1959–2020) iqlim koʻrsatkichlari
Oy Yanvar Fevral Mart Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yil
Yuqori harorat °C (°F) 10.3
(50.5)
13.9
(57.0)
21.2
(70.2)
25.3
(77.5)
29.6
(85.3)
32.9
(91.2)
37.0
(98.6)
38.4
(101.1)
34.0
(93.2)
28.8
(83.8)
20.0
(68.0)
18.2
(64.8)
38.4
(101.1)
Oʻrtacha yuqori harorat °C (°F) −0.2
(31.6)
1.3
(34.3)
6.9
(44.4)
13.5
(56.3)
18.8
(65.8)
23.7
(74.7)
27.8
(82.0)
28.6
(83.5)
24.2
(75.6)
17.6
(63.7)
9.0
(48.2)
2.1
(35.8)
14.4
(57.9)
Kunlik oʻrtacha harorat °C (°F) −5.4
(22.3)
−4.2
(24.4)
1.3
(34.3)
7.2
(45.0)
11.9
(53.4)
15.9
(60.6)
19.3
(66.7)
19.5
(67.1)
15.2
(59.4)
9.9
(49.8)
2.7
(36.9)
−3.0
(26.6)
7.5
(45.5)
Oʻrtacha past harorat °C (°F) −9.7
(14.5)
−8.8
(16.2)
−3.5
(25.7)
1.7
(35.1)
5.8
(42.4)
8.6
(47.5)
11.4
(52.5)
11.6
(52.9)
7.7
(45.9)
4.0
(39.2)
−2.0
(28.4)
−6.9
(19.6)
1.7
(35.1)
Minimum past harorat °C (°F) −31.3
(−24.3)
−27.6
(−17.7)
−28.3
(−18.9)
−12.7
(9.1)
−4.4
(24.1)
−1.6
(29.1)
0.2
(32.4)
2.4
(36.3)
−2.1
(28.2)
−10.6
(12.9)
−23.6
(−10.5)
−29.0
(−20.2)
−31.3
(−24.3)
Oʻrtacha yogʻingarchilik sm (dyuym) 29.3
(1.15)
32.1
(1.26)
47.3
(1.86)
67.5
(2.66)
78.5
(3.09)
47.0
(1.85)
25.9
(1.02)
16.8
(0.66)
23.0
(0.91)
47.1
(1.85)
31.0
(1.22)
30.1
(1.19)
475.6
(18.72)
Yogʻingarchilik kuzatiladigan oʻrtacha kunlar 8.33 8.17 10.23 13.87 16.03 10.30 5.30 4.77 5.57 9.07 7.57 8.30 107.5
Manba: Turkish State Meteorological Service[16]

Koʻrinishi

tahrir
 
Daryo yaqinidagi shahar koʻrinishi.

Tabiati

tahrir

Bayburtda "Aslan dağı Ormanı" (Arslon togʻi oʻrmonlari) „Gençlik Parkı“ (Yoshlar bogʻi), „Şehit Nusret Bahçesi“ (Martyr Nusret bogʻlari) va „Yenişehir Parkı“ yaʼni „Yangi shahar istirohat bogʻi“ kabi bir nechta istirohat bogʻlari mavjud. Shaharda 535.780 m2 (5,767.09 kv ft) kattalikdagi maydonda Bayburt oʻrmoni uchun oʻstiriladigan oʻsimliklar bogʻi mavjud. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar toshlarning qiziqarli tabiiy shaklini koʻrishlari mumkin boʻlgan ikkita gʻor mavjud. Bu gʻorlar „Çimağıl gʻori“ va „Helva qishlogʻi muz gʻori“.

Qal’a

tahrir
 
Bayburt qal’asi.

Bayburt qalʼasi Bayburtning shimolida joylashgan baland qoyalar ustida joylashgan. Bu qal’a IX, X va XI asrlarda Bagratiylar tasarrufida boʻlgan. Qal’a devorlaridagi yozuvlardan maʼlum boʻlishicha, 1200-1230 yillar orasida Saltuklu hukmdorlari Mugis-al-Din Tugrul Sah tomonidan toʻliq qayta tiklangan. Qal’a devorlarining katta oʻlchami va toshning sifati uni Anatoliyadagi barcha qal’alarning ichida eng yaxshilaridan biri qatoriga qoʻshadi, ammo ruslar tomonidan XIX asr boshlarida vayron qilingan[17][18]. Qal’ani qayta qurilish ishlari Usmonli turklar davrida amalga oshirildi. Qal’ada 1829-yil vayron boʻlishiga qadar aholi yashagan[12].

Aydıntepe yer osti shahri

tahrir

Bayburtdan 45 km (28 mi) uzoqlikda joylashgan bu hudud qoyaga oʻyilgan galereyalar, gumbazli xonalar va tabiiy toshdan qazib olingan keng maydonlardan iborat boʻlib, yer yuzasidan 2–2.5 metr (6 ft 7 in–8 ft 2 in) chuqurlikda joylashgan. Kengligi deyarli bir metr va balandligi 2-2,5 metr boʻlgan gumbazli galereyalar ikkala tomondan kengayib borgan[19].

Dede Korkut ravoqi

tahrir

Dede Korkut ravoqi Bayburtdan taxminan 30 kilometr (19 mi) uzoqlikdagi Masat qishlogʻida joylashgan[20]. Ravoq qishloq qabristonining oʻrtasida joylashgan. 1995-yildan beri ravoq Dede Korkut madaniyat va sanʼat festivali tufayli koʻplab turkiy mamlakatlardan tashrif buyuruvchilarni qabul qilmoqda va bu festival har yili iyul oyida oʻtkaziladi. Bundan tashqari 1994-yilda qayta tiklanib, jamoatchilikka taqdim etilgan Ali Baba va Korkut Ata nomli ravoq ham mashur. Ravoq 2018-yil noyabr oyida UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilganidan keyin muhim ahamiyatga ega boʻldi.[21].

Baksı muzeyi

tahrir
 
Baksı muzeyi.

Baksı muzeyi Qora dengiz yaqinida, Bayburtdan 45 km (28 mi) km uzoqlikdagi Çoruh vodiysiga qaragan tepalikda joylashgan. Ilgari Baksı deb nomlangan va hozir Bayraktar qishlogʻida joylashgan bu noodatiy muzey zamonaviy sanʼat va anʼanaviy hunarmandchilikni bir tom ostida birlashtirgan[22].

Sporti

tahrir

Shaharda professional futbol stadioni va koʻplab xususiy sunʼiy sport maydonlari mavjud. Bayburtdagi mahalliy futbol klubi Bayburt Özel İdarespor hozirda TFF Ikkinchi ligasida oʻynaydi. Şalcilarspor 1986-1988-yillar oraligʻida Uchinchi ligada oʻynagan.

Bayburtda koʻplab yopiq choʻmilish havzalari mavjud, ularning orasida yarim olimpiya havzasi eng diqqatga sazovorlaridan biri. U shahar markazida, Yenişehir bogʻining qarshisida joylashgan. Foydalanuvchilar basseyndan yuqori darajada zavq olishlari uchun basseyn suvi yozda va qishda bir xil haroratda saqlanadi. Shaharda changʻi uchish kabi qishki sport musobaqalari ham oʻtkaziladi. Changʻi kurortlari shahar markazidan uzoqda joylashgan.

Taʼlimi

tahrir

Bayburt universiteti shahar markazidan taxminan bir kilometr uzoqlikda joylashgan. Universitetda muhandislik, sanʼat va fan, maʼmuriy fanlar kabi bir nechta fakultetlar mavjud. Universitetda talabalar yotoqxonasi (turkcha: konukevi) ham joylashgan. Shuningdek, bir nechta kasb-hunar maktablari mavjud.

Transporti

tahrir

Shaharning janubiy qismida joylashgan Bayburt avtobus terminallari Bayburtning asosiy transport markazi hisoblanadi.

Mashhur insonlari

tahrir
  • Bayburtlu Kara Ibrahim Pasha – Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri, 1683-1685-yillar.
  • Hovhannes XI (Çamaşırciyan) – 1800-1801-yillar orasida Konstantinopolning arman patriarxi
  • Irşadi Baba (1879-1958) – xalq shoiri[23].
  • Krikor Amirian (1888-1964) – arman inqilobchisi
  • Namık Kemal Zeybek (1944-yilda tugʻilgan) – turk siyosatchisi
  • Vasip Şahin (1964-yilda tugʻilgan) – Turkiyaning davlat xizmatchisi, Anqara viloyatining gubernatori.
  • Naci Ağbal (1968-yilda tugʻilgan) – turk siyosatchisi
  • Suat Türker (1976-2023) – turk-nemis futbolchi
  • Serdar Orçin (1976-yilda tugʻilgan) – turk aktyori
  • Hakan Çalhanoğlu (1994-yilda tugʻilgan) – turk futbolchisi

Qardosh shaharlari

tahrir

Bayburt quyidagilar bilan qardosh hisoblanadi:

Adabiyotlar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Address-based population registration system (ADNKS) results dated 31 December 2021“ (tr) (XLS). TÜİK. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 http://www.vehi.net/istoriya/armenia/khorenaci/02.html; The „History of Armenia“ by Movses Khorenatsi, Yerevan, 1990 (in Russian).
  3. İl Belediyesi, Turkey Civil Administration Departments Inventory. Retrieved 30 January 2023.
  4. Miroğlu. „BAYBURT“. TDV İslâm Ansiklopedisi. 2020-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 EB (1878).
  6. „Bayburt“ (en). nisanyanmap.com. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  7. „Bayburt“ (en). nisanyanmap.com. Qaraldi: 2023-yil 1-fevral.
  8. „BAYBURT“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 14-dekabr.
  9. Sinclair, T. A.. Eastern Turkey: An Architectural & Archaeological Survey, Volume I. Pindar Press, 1989 — 284–289-bet. ISBN 9780907132325. 
  10. Peacock, Andrew „Between Georgia and the Islamic world: the atabegs of Samc‘xe and the Turks“, . At the Crossroads of Empires: 14th-15th century Eastern Anatolia, Varia Anatolica. Paris and Istanbul: Institut français d'études anatoliennes, 2012 — 49–70-bet. ISBN 978-2-36245-002-0. 
  11. „BAYBURT“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 EB (1911).
  13. Hamilton, William J.. Researches in Asia Minor, Pontus, and Armenia. Murray, 1842 — 231–233-bet. .
  14. Frashëri, Sami „بايبورد (Bayburd)“, . Ḳāmusu'l-ˁAlām. Istanbul: Mihran, 1898 — 430-bet. 
  15. Frashëri, (Shemseddin) Sami. Kamus-ül alâm: tarih ve coğrafya lûgati ve tabir-i esahhiyle kâffe-yi esma-yi hassa-yi camidir (قاموس الأعلام). Istanbul: Mihran Matbaası, 1896. 
  16. „Resmi İstatistikler: İllerimize Ait Mevism Normalleri (1991–2020)“ (tr). Turkish State Meteorological Service. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.
  17. Sinclair, T. A.. Eastern Turkey: An Architectural & Archaeological Survey, Volume I. Pindar Press, 1989 — 284–289-bet. ISBN 9780907132325. 
  18. David Winfield, „A Note on the South-Eastern Borders of the Empire of Trebizond in the Thirteenth Century“, Anatolian Studies, 12 (1962), p. 166
  19. „Aydıntepe Yeraltı Şehri“. www.aydintepeyeraltisehri.com. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  20. „DEDEKORKUT“. www.bayburt.gov.tr. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  21. „Intangible Heritage: Nine elements inscribed on Representative List“ (en). UNESCO (2018-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  22. „Baksı Müzesi“. en.baksi.org. 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  23. Sözlüğü. „AĞLAR BABA/BAKİ/BAKİ BABA/AĞLAR/AĞLAR GÜLMEZ/İRŞÂDÎ, İrşâdî“. teis.yesevi.edu.tr. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.