Bazilika sardobasi
Bazilika sardobasi — (grekcha: Βασιλική Κινστέρνα, turkcha: Yerebatan Sarnıcı yoki Yerebatan Saray, „yer osti sardobasi“ yoki „yer osti saroyi“[1]) 526—527-yillarda shaharning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qurilgan yopiq suv ombori boʻlib, Turkiyaning Istanbul shahrida, yer ostida joylashgan.
Bazilika sardobasi | |
---|---|
Bazilika sardobasining ichki qismi | |
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Istanbul |
Mamlakat | Turkiya |
Koordinatalar | 41°0′29″N 28°58′40″E / 41.00806°N 28.97778°E |
Qurilishi boshlangan | VI asr |
Balandligi | |
Balandligi | 9 m |
Binoning ichki maydoni | 9.800 m2 |
https://www.yerebatan.com/ | |
Bazilika sardobasi |
Tarixiy Sarayburnu yarimorolidagi Sofiya ibodatxonasidan 150 m janubi-gʻarbda, Soğukçeşme koʻchasida joylashgan sardoba VI asrda Vizantiya imperatori Yustinian I davrida qurilgan[2]. Suv tagidan koʻtarilgan koʻplab marmar ustunlar tufayli xalq orasida Yerebatan Sarayı (Bazilika saroyi) nomi bilan ham mashhur. Ilgari sardobaning yuqori qismida bazilika boʻlganligi sababli uni Bazilika sardobasi deb ham atashadi.
Vizantiya imperatori Yustinian I tomonidan qurilgan sardoba, ikki tepaligi orasidagi hududlarning suvga boʻlgan ehtiyojini qondiradigan Hadrianus suv yoʻllari bilan bogʻlangan. Istanbul Usmonlilar tomonidan zabt etilganidan keyin Sarayburnu va Bahçe Kapısı atrofida suv taqsimlanadigan joy vazifasini oʻtagan. Usmonlilar shaharda oʻz suv inshootlarini qurganlaridan keyin foydalanilmagan boʻlsa-da, xalq orasida bu joy muhim ahamiyat kasb etgan. Uning nomi saroy, koʻcha, vazir otxonasi va mahallalarga berilgan[3].
Bugungi kunda Bazilika sardobasidan muzey va tadbirlar oʻtkaziladigan joy sifatida foydalaniladi. Istanbul Büyükşehir hokimiyati shoʻba korxonalaridan boʻlgan Kültür A.Ş. tomonidan boshqariladi.
Joylashuvi
tahrirSofiya ibodatxonasining janubi-gʻarbida, Soğukçeşme koʻchasida joylashgan. Uning yaqinida Vizantiya Imperiyasi davrida dunyoning boshlangʻich nuqtasi hisoblangan Million tarixiy obidasi bor. Filoksenos sardobasi, Theodosius sardobasi, Akhilleus va Zeuxippus hammomi bilan bir hududda.
Arxitekturasi
tahrirBazilika sardobasi toshloq yerda joylashgan boʻlib, devorlari gʻishtdan qurilgan toʻrtburchak shaklidagi bino. Sardoba maydonining oʻlchami ilk bor Birinchi jahon urushi paytida nemis arxeologi Eckhard Unger tomonidan olingan. Unga koʻra, sobor oʻlchamidagi sardoba[4] maydoni taxminan 9800 kvadrat metr (105,000 sq ft) maydonni egallaydi. Shuningdek, 138 metr (453 ft) x 65 metr (213 ft)[5] oʻlchamdagi yer osti xonasi ham mavjud. Ayrim manbalarda keltirilishicha, sardoba oʻtmishda mintaqaning suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun qurilgani va uning ustida Bazilika Stoa deb nomlangan monumental inshoot boʻlganligi taxmin qilinadi. U tahminan 100 000 tonna (80 000 kub metr — 2,800,000 cu ft) suvni oʻzida saqlay oladi[6][7].
Tepasidagi gʻishtdan qilingan gumbazni ushlab turishi uchun 336 ta ustuni mavjud. Sharqdan gʻarbga tomon yoʻnalishda 28, janubdan shimolga tomon yoʻnalishda esa 12 qator ustun mavjud. Abdulhamid II davrida yoptirib tashlangan shimoli-gʻarbiy hududdagi 41 ta ustunni bugungi kunda koʻrib boʻlmaydi.
Binoning tuzilishi asosan turli xil maʼdanlar bilan bezatilgan, xususan, Korinf va teskari qilingan Meduza boshi aks etgan ustunlardan iborat. Bazilika sardobasi uchun maxsus 98 ta ustun qilingan. Binoga janubi-sharqiy tomondan tosh zinapoyalar orqali chiqib boriladi.
Ommaviy madaniyatdagi oʻrni
tahrirSardoba Dan Brownning 2013-yilda nashr etilgan Inferno (doʻzax) romaniga bosh mavzu boʻlgan. 2016-yilda ushbu roman asosida film ishlangan. Bosh rolni Tom Hanks ijro etgan. Film uchun Budapeshtdagi kino maydonida Bazilika sardobasining maketi yaratilgan. Binoning tarixiy arxitekturasiga zarar yetkazmaslik uchun suratga olish ishlari oʻsha yerda olib borilgan[8].
Tarixi
tahrirYer ostidagi ushbu sardoba Istanbulning birinchi tepaligidagi katta jamoat maydoni, Stoa Bazilikasi ostida joylashganligi uchun Bazilika deb atalgan[7]. Qurilishidan oldin, oʻsha joyda katta bazilika boʻlgan. Bu inshoot III—IV asrlar oraligʻida Qadimgi Rim davrida savdo, yuridik va sanʼat markazi vazifasini bajarish uchun qurilgan[2]. Bazilika 476-yilgi yongʻindan keyin Illus tomonidan qayta tiklangan.
Qadimgi manbalarda keltirilishicha, bazilika sardobasi Ayo Sofiya ibodatxonasiga qarashli ustunlar bilan oʻralgan bogʻlarni oʻz ichiga olgan[2]. Qadimgi tarixchilarning yozishicha, imperator Konstantin I davridagi, yaʼni 532-yilgi Nika qoʻzgʻaloni oqibatida shahar vayron qilingandan keyin imperator Yustinian I tomonidan rekonstruksiya qilingan va yanada kengaytirilib, inshoatlar qurilgan. Qadimgi manbalarga koʻra, sardoba qurilishida 7000 qul ishtirok etgan[2].
Koʻplab inshoatlar qatorida qayta taʼmirlanib, kengaytirilgan bazilika sardobasi Konstantinopol saroyi va Istanbulning birinchi tepaligidagi boshqa binolarga suv yetkazib bergan. 1453-yilda Usmoniylarlar istilosidan keyin hozirgi kunga qadar Topkapı saroyi va uning atrofini suv bilan taʼminlashda davom etmoqda.
1565-yilda fransuz sayyohi Petrus Gyllius qaydnomalarida sardoba haqida yozib qoldirgan. Bunga qadar bazilika sardobasining mavjudligini undan foydalanadigan mahalliy aholidan tashqari hamma unutib ulgurgan edi. Gyllius sayohat esdaliklaridan birida sardoba ustunlari orasida qayiqda kezarkan, u yerda suzib yurgan baliqlarni koʻrganligini yozadi[9] .
Galereya
tahrir-
Ali Abayoğluning Meduza nomli asari
-
Bazilika sardobasi ichidagi sanʼat asri
-
Bazilika sardobasi ustunlari va gumbazlari
-
Qayta ishlatilgan Rim ustunlari va bosh harflar tasvirlangan manzara
-
Bazilika sardobasidagi atmosfera yoritgichi
-
Bazilika sardobasidagi noyob „tovus koʻzli“ ustun
-
Jennifer Steinkampning Marsga parvoz 9 deb nomlangan video montaj ishi
-
Ozan Ünalning „Havotirdagi donishmandlar“ asari
-
Ozan Ünalning liliyalar tasvirlangan sumi-e uslubidagi asari
Manbalar
tahrir- ↑ Jacques Paul Migne. (1866) Patrologiae Cursus Completus - Georgii Codini opera omnia (Yunanca ve Latince) ss. 715-716.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „YEREBATAN SARNICI“. 2016-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
- ↑ „Osmanlı Döneminde Yerebatan Sarnıcı ve Mahallesi“. dergipark.org.tr. Qaraldi: 18-fevral 2024-yil.
- ↑ Zararia, Priti. „Basilica Cistern“. The Times of India. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
- ↑ „The Basilica Cistern“. 2010-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-iyul.
- ↑ Yıldırım, Faruk „"Yerebatan Sarnıcı restorasyon aşamaları ve koruma süreci"“. tez.yok.gov.tr. Qaraldi: 25-fevral 2024-yil.
- ↑ 7,0 7,1 Planet, Lonely „Basilica Cistern - Lonely Planet“.
- ↑ „Yerebatan Sarnıcı "Cehennem"Le Beyaz Perdeye Taşındı“. haberler.com. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2024-yil.
- ↑ Yale 1 Tonguç 2, Pat 1 Saffet Emre 2. Istanbul The Ultimate Guide, 1st (English), Istanbul: Boyut, 2010 — 54–56-bet. ISBN 9789752307346.
Tashqi havolalar
tahrirVikiomborda Bazilika sardobasi haqida turkum mavjud |