Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi
Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Belorussiya SSR (belaruscha: Беларуская Савецкая Сацыялiстычная Рэспубліка; ruscha: Белорусская Советская Социалистическая Республика) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1920–1922-yillarda mavjud boʻlgan, 1922-yildan 1991-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibidagi oʻn besh respublikaning biri boʻlgan. 1990-yildan 1991-yilgacha oʻz qonunchiligiga ega boʻlgan. Respublikani Belorussiya Kommunistik partiyasi boshqargan. Ayrim manbalarda Sovet Belorussiyasi deb yuritiladi.
Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi Белорусская Советская Социалистическая Республика Беларуская Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка | |||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1920–1991 1941–1944: German occupation | |||||||||||||||||
State emblem
(1981–1991) | |||||||||||||||||
![]() | |||||||||||||||||
Maqom |
1920–1922: Nominally independent state 1922–1990: Union Republic 1990–1991: Union Republic with priority of Byelorussian legislation | ||||||||||||||||
Head of state | |||||||||||||||||
• 1920–1937 (first) |
Alexander Chervyakov | ||||||||||||||||
• 1991 (last) |
Stanislav Shushkevich | ||||||||||||||||
Head of government | |||||||||||||||||
• 1920–1924 (first) |
Alexander Chervyakov | ||||||||||||||||
• 1990–1991 (last) |
Vyacheslav Kebich | ||||||||||||||||
Pul birligi | Soviet rouble (Rbl) (SUR) | ||||||||||||||||
| |||||||||||||||||
Hozirda hududida quyidagilar mavjud |
Belarus Russia |
1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. 1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. 1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar Germaniyasi Belorussiyani ishgʻol qilgan.
Belorussiya SSR poytaxti Minsk shahri boʻlgan. Respublika 6 viloyat, 117 rayonga boʻlingan, 96 shahar, 111 shahar tipidagi posyolkasi boʻlgan.[1]
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oyu bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.
Tarixi
tahrirBelorussiyada sinfiy jamiyat 1-ming yillikda vujudga kelgan. 10–12-asr boshida Kiyev Rusi tarkibida Polotsk, Turovo-Minsk va boshqa feodal knyazliklari tashkil topgan. 13–14-asrlarda Belorussiya yerlari Litva Buyuk Knyazligi, 1569-yildan Rech Pospolita tarkibida boʻlgan. 16-asrda belorus xalqi toʻla tarkib topgan. 18-asr oxirida Belorussiya yerlari Rossiya bilan qoʻshilgan.
1861-yilgi dehqonlar islohoti kapitalizm taraqqiyotini tezlashtirgan. 1863–1864-yillarda belorus xalqi Polsha milliy ozodlik qoʻzgʻolonida qatnashgan. 19-asr oxirida dastlabki sotsialist-demokratik toʻgaraklar, 1904-yilda Polese va Shimoli-gʻarbiy qoʻmitalar, 1906-yili RSDRP Litva va Belorussiya viloyati ittifoqi tuzilgan. 1917-yil noyabrda Belorussiyada Sovet hokimiyati oʻrnatilgan.
1918-yilning 19-martida Belorussiya Demokratik Respublikasi mustaqillik eʼlon qilgan. Oʻsha yili fevral-noyabr oylarida Belorussiya hududining koʻp qismini Germaniya qoʻshinlari bosib olgan.
1919-yilning 1-yanvar kuni bolsheviklar tomonidan Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi (belaruscha: Савецкая Сацыялістычная Рэспубліка Беларусь; ruscha: Социалистическая Советская Республика Белоруссия) tashkil etilgan. Gʻarbiy Belorussiya 1921-yilgi Riga tinchlik shartnomasiga koʻra Polshaga oʻtgan.
1922-yilda Belorussiya SSR Ukraina SSR, Zakavkazye SFSR va Rossiya RSFSR bilan bir qatorda Sovet Ittifoqining ilk toʻrt aʼzosidan biriga aylangan. 1939-yil noyabrda Gʻarbiy Belorussiya Belorussiya SSR bilan qayta qoʻshilgan.
1941-yili Belorussiyani nemis-fashist qoʻshinlari bosib olgan. 1944-yili iyulda Belorussiyani sovet qoʻshinlari qaytadan bosib olgan.
Sovet Ittifoqining soʻnggi yillarida, 1990-yil 27-iyulda Belorussiya SSR Oliy Soveti davlat suvereniteti deklaratsiyasini qabul qildi. 1991-yil 15-avgustda Stanislav Sushkiyevich mamlakatning birinchi prezidenti etib saylandi. Oʻn kundan keyin, 1991-yil 25-avgustda Belorussiya SSR oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va davlat nomi Belorussiya Respublikasiga oʻzgartirildi. Oradan toʻrt oy-u bir kun oʻtib, 1991-yil 26-dekabrda Sovet Ittifoqi tarqatib yuborildi.
Manbalar
tahrir- ↑ "Belorussiya SSR" (oʻzbekcha). Ensiklopedik lugʻat. 1. Toshkent: Oʻzbek sovet ensiklopediyasi. 1988. p. 91. 5-89890-002-0.
Havolalar
tahrirVikiomborda Belorussiya Sovet Sotsialistik Respublikasi haqida turkum mavjud |
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found