Ben Shalom Bernanke (/bərˈnæŋki/ bər-NANG-kee; 1953-yil 13-dekabrda tugʻilgan) — amerikalik iqtisodchi, 2006-yildan 2014-yilgacha mamlakat Federal zaxirasining raisi boʻlib ishlagan. Keyinchalik, Brukings institutida ilmiy xodim boʻlib ishladi[1]. Rais sifatidagi faoliyati davomida Bernanke Federal zaxiraning 2000-yillar oxiridagi moliyaviy inqirozga chidamliligini nazorat qilgan va buning uchun 2009-yilda „yil kishisi“ deb topilgan[1]. Federal zaxira raisi boʻlguniga qadar Bernanke Prinston universitetida professor boʻlib ishlagan va 1996-yildan 2002-yil sentyabrigacha iqtisodiyot kafedrasini boshqargan[1]. Bernanke 2022-yilda Duglas Diamond va Philipp Dybvig bilan birgalikda „banklar va moliyaviy inqirozlar boʻyicha tadqiqotlar uchun“ Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Ben Bernanke
Ben Bernanke official portrait.jpg
Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal zaxirasi raisi
Mansab davri
2006-yil 1-fevraldan — 2014-yil 31-yanvargacha
Prezident George W. Bush
Barack Obama
Vitse-prezident Dick Cheney
Al Gore
Oʻtmishdoshi Alan Greenspan
Vorisi Janet Yellen
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 13-dekabr 1953-yil (1953-12-13) (69 yosh)
Jorjiya
Turmush oʻrtogʻi Ann Bernanke
Taʼlim Princeton universiteti
Nyu-York universiteti
Stanford universiteti
Imzosi

2002-yil 5-avgustdan 2005-yil 21-iyungacha Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi boʻlgan. „Bernanke doktrinasi“ni taklif qilgan va birinchi boʻlib „Buyuk Moderatsiya“ nazariyasini muhokama qilgan. Unga koʻra, soʻnggi oʻn yilliklarda xalqaro iqtisodiyotda roʻy bergan tarkibiy oʻzgarishlar, xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy barqarorligining oshishi, makroiqtisodiy (pul-kredit va fiskal) siyosatning taʼsirini kamaytirish orqali oʻzgaruvchanlikni taʼminlashga erishish ilgari surilgan[2].

Oʻshanda Bernanke Prezident George Bushning Iqtisodiy Maslahatchilar Kengashi raisi boʻlib ishlagan va Prezident Bush uni Alan Greenspan oʻrniga Amerika Qoʻshma Shtatlari Federal zaxirasi raisi lavozimiga nomzod qilib koʻrsatgan[3]. Uning birinchi muddati 2006-yil 1-fevralda boshlangan[4]. Bernanke 2010-yilning 28-yanvarida prezident Barack Obama tomonidan qayta nomzod qilib koʻrsatilganidan soʻng ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi. Obama uni „xotirjamlikning timsoli“ deb atadi[5]. Uning ikkinchi muddati 2014-yilning 31-yanvarida tugadi. Oʻrniga Janet Yellen tayinlandi[6].

Bernanke oʻzining 2015-yilgiThe Courage to Act“ (Harakat qilish jasorati) kitobida Federal zaxira tizimi raisi boʻlgan davri haqida yozgan va unda 2007—2008-yillarda jahon iqtisodiyoti inqirozga yuz tutishga yaqin qolganini ochib bergan. Bernankening taʼkidlashicha, „faqat zaxiraning saʼy-harakatlari (chet el hukumatlari bilan hamkorlik) Buyuk Depressiyadan ham kattaroq iqtisodiy falokatning oldini oldi“[7].

Oilasi va bolaligiTahrirlash

Bernanke Jorjiya shtatining Augusta shahrida tugʻilgan va Janubiy Karolina shtatining Dillon shahridagi Sharqiy Jefferson koʻchasida oʻsgan[8]. Uning otasi Philipp farmasevt va teatr rahbari edi. Uning onasi Edna boshlangʻich maktab oʻqituvchisi edi[9]. Bernankening ikkita kichik ukasi bor. Uning akasi Set Shimoliy Karolina shtatining Sharlotta shahrida advokat boʻlib ishlagan. Uning singlisi Sharon Bostondagi Berkley musiqa kollejida uzoq vaqt administrator boʻlib ishlagan.

Bernanke oilasi Dillondagi kam sonli yahudiy oilalardan biri boʻlib, mahalliy sinagoga — Ohav Shalomga borar edi[10]. Bernanke bolaligida ibroniy tilini ona tomondan bobosi, professional kantor va ibroniy tili oʻqituvchisi Harold Fridmandan oʻrgangan[11][12]. Bernankening otasi tomonidan bobosi Jonas Bernanke dorixonaga egalik qilgan va uni boshqargan[8].

Jonas Bernanke 1891-yil 23-yanvarda Avstriya-Vengriyaning Borislav shahrida (hozirgi Ukrainaning bir qismi) tugʻilgan. U Polshaning Przemyśl shahridan 1921-yil 30-iyunda 25 yoshli rafiqasi Paulin bilan AQShning Ellis oroliga koʻchib keldi. Kema hujjatida Jonasning kasbi „xizmatchi“, Paulinniki esa „doktor“ sifatida koʻrsatilgan[13][14].

Oilasi 1940-yillarda Nyu-Yorkdan Dillonga koʻchib oʻtdi[15]. Bernankening onasi oʻgʻli tugʻilganda maktab oʻqituvchiligini tashlab, oilaviy dorixonada ishlagan. Baʼzida Ben Bernanke ham birga ishlagan[10].

YoshligiTahrirlash

Oʻsmirlik chogʻida Bernanke kasalxona qurilishida ishlagan. Kollejga kirishdan oldin oʻzining tugʻilgan shahri Dillonda yoʻl boʻyidagi restoranda va koʻngilochar parkdagi attraksionda ishlagan[8][16][17]. Kollej davomida oʻzini taʼminlash uchun ishlashni davom ettirdi[8][18].

DiniTahrirlash

1960-yillarda oʻsmirlik chogʻida Bernanke oʻzining mahalliy ibodatxonasida Tavrot varaqlarini oʻrashga yordam bergan[19]. Garchi oʻz eʼtiqodlarini maxfiy tutsa-da, uning doʻsti, Nyu-York universitetining iqtisodiyot boʻlimi raisi Mark Gertlerning aytishicha, „Bernanke yahudiylikka ishonadi“[20]. Bernanke Garvardda birinchi kursda oʻqiganida, dillonlik hamkasbi Kenneth Manni Rosh Hashana bayrami (yahudiylar yangi yili)ga Bruklinga olib borgan[21].

TaʼlimTahrirlash

Bernanke boshlangʻich maktabda, „Martin Junior High“ maktabida va Dillon oʻrta maktabida tahsil olgan. Sinf sardori boʻlgan va volontyorlar guruhida saksofon chalgan[22]. Oʻsha paytda Dillon oʻrta maktabi hisob-kitoblarni oʻrgatmagani uchun Bernanke buni oʻzi oʻrgangan[12][23]. SAT imtihonida maksimal 1600 balldan 1590 ball toʻplagan[24]. 1965-yilgi „Spelling Bee“ tanlovida ham ishtirok etgan[25][26].

Bernanke 1971-yilda Garvard kollejiga oʻqishga kirdi[27]. Goldman Sachs kompaniyasining boʻlajak bosh direktori kabi Winthrop uyida yashadi. Iqtisodiyot boʻyicha bakalavr diplomi bilan tamomladi. 1975-yilda fan nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1979-yilda Massachusets Texnologiya Institutida iqtisod boʻyicha ilmiy darajasini, „ Uzoq muddatli majburiyatlar, dinamik optimallashtirish va biznes sikli“ mavzusidagi dissertatsiyani himoya qilgan. Bernankening dissertatsiyalar boʻyicha rahbari Isroil bankining boʻlajak raisi Stanley Fischer edi. Oʻquvchilari orasida Irvin S. Bernstein, Rudiger Dornbusch, Robert Solow, Peter Diamond va Dale Jorgenson bor edi[28].

 
Ben va Anna Bernanke

Shaxsiy hayotiTahrirlash

Bernanke boʻlajak xotini Anna bilan tasodifan tanishgan. U Wellesley kolleji talabasi edi. Ben esa Massachussets texnologiya instituti aspiranturasida oʻqirdi. Ularning hozirda ikki farzandi bor[29]. Ben „Washington Nationals“ beysbol jamoasining ashaddiy muxlisi va jamoaning Milliy Parkdagi oʻyinlariga tez-tez tashrif buyuradi[30].

2009-yilda The Wall Street Journal Bernankening shaxsiy maʼlumotlari oʻgʻirlangani haqida xabar bergan[31].

Ilmiy va hukumat faoliyati (1979—2006)Tahrirlash

Bernanke 1979-yildan 1985-yilgacha Stenford Oliy biznes maktabida dars bergan, Nyu-York universitetida taklif etilgan professor boʻlgan va Prinston universitetining Iqtisodiyot kafedrasi professori lavozimida ishlagan. 1996-yildan 2002-yil sentyabrgacha, davlat xizmati taʼtiliga chiqquniga qadar ushbu kafedraga rahbarlik qildi. 2005-yil 1-iyulda Prinston universitetidagi lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

Bernanke 2002-yildan 2005-yilgacha Federal zaxira tizimi boshqaruvchilar kengashi aʼzosi boʻlib ishlagan. Aʼzo sifatidagi birinchi nutqlaridan birida „Deflyatsiya: sodir boʻlmasligiga ishonch hosil qilish“ deb nomlangan, keyinchalik „Bernanke taʼlimoti“ deb nom olgan gʻoyani aytib berdi[32].

2004-yil 20-fevralda Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi aʼzosi sifatida nutq soʻzladi va „Buyuk moderatsiya“ deb nomlangan yangi davrda ekanligimizni, zamonaviy makroiqtisodiy siyosat biznesning oʻzgaruvchanligini pasaytirishini tushuntirib berdi[33].

2005-yil iyun oyida George W. Bushning Iqtisodiy maslahatchilari kengashi raisi etib tayinlandi[34]. Bu lavozimda 2006-yilning yanvarigacha ishlagan.

 
Bernanke 2009-yil 10-fevralda Vakillar Palatasining Moliyaviy xizmatlar qo‘mitasida savollarga javob bermoqda.

AQSh Federal zaxirasi raisi sifatidaTahrirlash

 
Bernanke (chapda) 2008-yil sentyabr oyida AQSh Prezidenti George W. Bush bilan

2006-yil 1-fevralda Bernanke oʻn toʻrt yillik Federal zaxira boshqaruv kengashi aʼzosi va toʻrt yillik raislik muddatini boshladi[35][36]. Raislik bilan birga Moliyaviy barqarorlikni nazorat qilish kengashiga aʼzo boʻldi. Muammoli aktivlarga yordam berish dasturini nazorat qilishga mas’ul boʻldi. Shuningdek, tizimning pul-kredit siyosatini ishlab chiqish boʻyicha asosiy organi boʻlgan Federal ochiq bozor qoʻmitasining raisi boʻlib ishlagan.

Uning Federal zaxira tizimi raisi sifatidagi ilk kunlari ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda qiyinchiliklar bilan kechdi. Oʻtmishdoshi Alan Greenspan aytganidan koʻra shaffofroq siyosat va aniqroq bayonotlar tarafdori boʻlib, inflyatsiya haqidagi aniqroq rejalarni koʻrsatish haqidagi dastlabki gʻoyasidan qaytishga majbur boʻldi. Bunday bayonotlar fond bozoriga taʼsir qilar edi[37]. Maria Bartiromo CNBC telekanalida Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki ovqat paytidagi shaxsiy suhbatini oshkor qilgan[38]. Uning xabar berishicha, Bernanke investorlar uning izohlarini notoʻgʻri talqin qilishganini aytdi. Ommaviy bayonotlari uchun keskin tanqidga uchradi.

2008-yilda Bilderberg guruhining majlisida qatnashgan[39].

2007—2008-yillardagi moliyaviy inqirozTahrirlash

Buyuk turgʻunlik chuqurlashar ekan, Bernanke baʼzi noodatiy choralarni joriy qildi. Uning rahbarligi ostida Federal zaxira oʻz mablagʻlari foiz stavkasini bir yildan kamroq vaqt ichida 5,25 % dan 0,0 % gacha pasaytirdi. Bu likvidlik inqirozini bartaraf etish uchun yetarli emas deyilganida, Federal zaxira miqdoriy yumshatishni boshladi. 2008-yil noyabridan 2010-yil iyunigacha 1,3 trillion dollarlik zaxira yaratildi[34][40].

Ikkinchi muddatga saylanishiTahrirlash

2009-yil 25-avgustda Prezident Obama Bernankeni ikkinchi muddatga Federal zaxira raisi lavozimiga koʻrsatishini eʼlon qildi[41]. Obama Bernankening kelib chiqishi, temperamenti, jasorati va ijodkorligi 2008-yilda navbatdagi Buyuk Depressiyaning oldini olishga yordam berganini aytdi[42]. 2009-yil 3-dekabrda Senat Bank qoʻmitasining uning nomzodi boʻyicha eshituvlari boshlanganda, har ikki partiyadan bir nechta senatorlar ikkinchi muddatni qoʻllab-quvvatlamasliklarini maʼlum qilishdi[43][44][45][46][47][48].

Biroq, Bernanke 2010-yil 28-yanvarda Senat toʻliq aʼzolarining 70-30 ovozi bilan ikkinchi muddatga rais lavozimiga tasdiqlandi[49][50]. Senat munozarani tugatish uchun birinchi boʻlib 77-23 foiz ovoz berdi, Bernanke 60 dan ortiq maʼqullash ovozini qoʻlga kiritdi[51]. Tasdiqlash uchun ikkinchi ovoz berishda 11 nafar demokrat, 18 nafar respublikachi, bir nafar mustaqil va 30 nafar muxolif ovoz berdi[51].

Bernankening oʻrniga Federal zaxira raisi lavozimiga Janet Yellen keldi va u mazkur lavozimini egallagan birinchi ayol edi. Yellen nomzodi 2013-yil 9-oktabrda Prezident Obama tomonidan ilgari surilgan va 2014-yil 6-yanvarda AQSh Senati tomonidan tasdiqlangan[52].

KitoblariTahrirlash

  • Bernanke, Ben S.. 21st Century Monetary Policy: The Federal Reserve from the Great Inflation to COVID-19. W. W. Norton & Company, May 2022. ISBN 978-1324020462. 

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 1,2 Amadeo. „The Great Depression Expert Who Prevented the Second Great Depression“. The Balance. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  2. „Federal Reserve Chairman Ben Bernanke to Join Economic Studies at Brookings“. Brookings (3-fevral 2014-yil). Qaraldi: 3-fevral 2014-yil.
  3. Andrews, Edmund L.. „Bush Nominates Bernanke to Succeed Greenspan as Fed Chief“. The New York Times (24-oktabr 2005-yil). Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  4. „Ben S. Bernanke formally sworn in to second term as chairman of the Board of Governors of the Federal Reserve System“. Board of Governors of the Federal Reserve System. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  5. „Obama nominates Janet Yellen to succeed Bernanke at Federal Reserve“. Mort Zuckerman. Associated Press (9-oktabr 2013-yil).
  6. „Yellen sworn in as Fed chair in brief ceremony“. The Associated Press. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  7. Michael Kinsley. „Ben Bernanke's 'The Courage to Act'“. The New York Times (8-oktabr 2013-yil).
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 Phillips, Michael M.. „Fed Chief's Boyhood Home Is Sold After Foreclosure“. The Wall Street Journal. Dow Jones & Company (14-fevral 2009-yil), s. A1.
  9. Wessel, David. In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic (New York: Crown Business, 2009), p. 69.
  10. 10,0 10,1 „Federal Reserve Speech: Chairman Ben S. Bernanke At the presentation of the Order of the Palmetto, Dillon, South Carolina“. Board of Governors of the Federal Reserve System (1-sentabr 2006-yil). 20-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  11. Kirchhoff, Sue. „New Fed chief will face an economy with issues“. USA Today (31-yanvar 2006-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2008-yil.
  12. 12,0 12,1 „Person of the Year (2009)“. Time. dekabr 16, 2009. Aprel 17, 2010da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: Aprel 26, 2010.
  13. „Jonas Bernanke“. The Times/Ellis Island Legacy Keepsake. Nytstore.com (30-iyun 1921-yil). 5-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  14. „Pauline Bernanke“. The Times/Ellis Island Legacy Keepsake. Nytstore.com (30-iyun 1921-yil). 5-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  15. „FRB: Speech, Bernanke-Financial Access for Immigrants: The Case of Remittances-April 16, 2004“. The Federal Reserve Board (16-aprel 2004-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  16. „60 Minutes Video – 60 Minutes, 06.07.09“. CBS.com. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  17. „Bernanke speaks at ceremony naming I-95 interchange - Mar. 7, 2009“. money.cnn.com. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  18. John M. Broder. „In First Crisis on the Job, Bernanke's About-Face Is Weighed“. The New York Times (20-avgust 2007-yil). Qaraldi: 15-mart 2008-yil.
  19. „Ben Bernanke, Time Mag's 2009 'Person of the Year' is Jewish“. Jewish Journal (16-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  20. „Fed Nominee Bernanke Was Molded By Upbringing in Small-town South“. The Daily Forward (18-noyabr 2005-yil). 13-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  21. Wessel, David. In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic (New York: Crown Business, 2009), pp. 70-71.
  22. Wessel, David (2009), In Fed We Trust: Ben Bernankeʼs War on the Great Panic, New York: Crown Business, p. 70.
  23. White, Ben. „Bernanke Unwrapped“. The Washington Post (15-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2008-yil.
  24. „National Merit Scholarship Corporation - Scholars You May Know“. nationalmerit.org. 12-iyun 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  25. White, Ben (November 15, 2005). Bernanke Unwrapped, The Washington Post
  26. „Dillon Boy Is New S. C. Champion In Spelling Bee Held at Anderson“. The Greenville News (9-may 1965-yil), s. 1. Qaraldi: 18-oktabr 2017-yil.
  27. Grynbaum, Michael M.. „At Harvard, They Hail a Fed Chief“. The New York Times (5-iyun 2008-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2017-yil.
  28. Bernanke, Benjamin Shalom (May 1979). Long-Term Commitments, Dynamic Optimization, and the Business Cycle (PDF) (PhD thesis). Massachusetts Institute of Technology. May 30, 2008da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: July 13, 2011.
  29. Grunwald, Michael (December 16, 2009). „Ben Bernanke“. Time.
  30. Steinberg, Dan {September 27, 2012}. „Ben Bernanke is a huge Nats fan“. The Washington Post. Retrieved January 21, 2014.
  31. Jon Hilsenrath and Brent Kendall. „Bernanke Falls Victim to Identify Theft“. WSJ (29-avgust 2009-yil).
  32. „Deflation: Making Sure 'It' Doesn't Happen Here, Remarks by Governor Ben S. Bernanke Before the National Economists Club, Washington, D.C. November 21, 2002“.
  33. Krugman, Paul R. (2009). The Return of Depression Economics and the Crisis of 2008. Norton & Company. p. 10.
  34. 34,0 34,1 Andrews, Edmund L.; Leonhardt, David; Porter, Eduardo; Uchitelle, Louis (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010
  35. Andrews, Edmund L.; David Leonhardt; Porter, Eduardo; Louis Uchitelle (October 26, 2005), „At the Fed, an Unknown Became a Safe Choice“, The New York Times. Retrieved January 31, 2010
  36. „Ben S. Bernanke“. Board of Governors of the Federal Reserve System. 24-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  37. Lowenstein, Roger. „The Education of Ben Bernanke“. The New York Times Magazine (20-yanvar 2008-yil).
  38. Henderson, Nell. „Fed Chief Calls His Remarks A Mistake“. The Washington Post (24-may 2006-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  39. „Bilderberg Announces 2008 Conference“. BusinessWire (2008). 14-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-iyun 2008-yil.
  40. „Balkenende to Meet Bush in Washington“. NIS News Bulletin (2008). 14-fevral 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2008-yil. WebCite saytida arxivlandi (2012-02-14)
  41. Andrews. „Obama to Nominate Bernanke to 2nd Term at Fed“. The New York Times (24-avgust 2009-yil). Qaraldi: 24-iyul 2017-yil.
  42. Hilsenrath, Jon. „Calm in Crisis Won Fed Job“. The Wall Street Journal (26-avgust 2009-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  43. „McCain To Oppose Bernanke Reconfirmation“. The Huffington Post (24-yanvar 2010-yil). 7-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-iyul 2011-yil.
  44. Sloan. „Senate Vote on Bernanke Confirmation Set for Thursday“. Investment Dealers' Digest. 4-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  45. Irwin, Neil. „Populist backlash puts Federal Reserve Chairman Ben Bernanke under siege“. The Washington Post (23-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2010-yil.
  46. Chan, Sewell. „2 Key Senators Oppose a Second Term for Bernanke“. The New York Times (22-yanvar 2010-yil), s. A1. Qaraldi: 22-yanvar 2010-yil.
  47. „Release: Sanders Puts Hold on Bernanke“ (2-dekabr 2009-yil). 3-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
  48. „Senate Dems Not Sure They Can Get Enough Votes to Reconfirm Bernanke“. ABC News (21-yanvar 2010-yil). 25-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-yanvar 2010-yil.
  49. „U.S. Senate Roll Call Vote“. U.S. Senate (28-yanvar 2010-yil). 3-fevral 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  50. Irwin, Neil. „Senate confirms Bernanke for second term as Federal Reserve chairman“. The New York Times (28-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2010-yil.
  51. 51,0 51,1 Chan, Sewell. „Bernanke wins a second term, but it's a tepid victory“. Houston Chronicle (28-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2010-yil.[sayt ishlamaydi]
  52. „Janet Yellen Confirmed as Fed Chair“. Legal Times (6-yanvar 2014-yil).