Berdax Allaniyazov
Berdax Bauyetdinovich Allaniyazov (28-sentyabr 1965-yil) – darvozabon sifatida oʻynagan qoraqalpoq millatiga mansub sovet va oʻzbek futbolchisi. Oʻzbekistonning bir qator futbol klublari va birinchi navbatda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi oʻyinlari bilan tanilgan, uning tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlari gʻolibi boʻlgan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Berdax Bauyetdinovich Allaniyazov | ||
Tavallud sanasi | 28-sentyabr 1965-yil | ||
Tavallud joyi | Qoraqalpogʻiston Oʻzbekiston SSR | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Mukofotlari | Хirosima 1994 futbol | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1980—1981 | Amudaryo | 2 | (0) |
1982—1983 | Avtomobilist | 7 | (0) |
1987 | Shaxtyor (Angren) | 22 | (0) |
1988 | Yangiyer | 10 | (0) |
1990—1996 | / Orol | 137 | (0) |
1997—1998 | Xorazm | 56 | (0) |
1999—2000 | Orol | 26 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1992—1994 | Oʻzbekiston | 8 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirBerdax Allaniyazov 1981-yilda ikkinchi ligadagi Nukusning „Amudaryo“ jamoasi tarkibida futbol maydonlarida oʻynagan. 1982–1983-yillarda Allaniyazov Namanganning „Avtomobilist“ klubi darvozasini himoya qilgan. 1987-yilda Berdax Allaniyazov ikkinchi ligada angrenning „Shaxtyor“ klubi safida toʻp surgan, keyin ikkinchi liga klublari Sirdaryoning „Yangiyer“ va „Yoshlik“ darvozasini himoya qilgan. 1990-yilda Allaniyazov oʻsha paytda „Orol“ nomini olgan Nukus klubiga qaytdi. Allaniyazov jamoada boʻlgan vaqtda dastlabki ikki yili ikkinchi ligada toʻp surgan boʻlsa, SSSR parchalanib, Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingach, Nukus jamoasi safida 1994-yilgacha Oʻzbekiston chempionati oliy ligasida toʻp surgan. Keyinchalik 1997–1998-yillarda Berdax Allaniyazov elitaning „Xorazm“ klubida toʻp surgan boʻlsa, uning soʻnggi professional klubi Nukusning „Turon“ klubi boʻlgan.
Futboldagi asosiy faoliyatini „Orol“(Nukus) klubida oʻtkazgan.
Oʻzbekiston terma jamoasidagi faoliyati
tahrirBerdax Allaniyazov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyutini 1992-yil 23-avgust kuni Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan[1]. Allaniyazov 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida ishtirok etish uchun terma jamoaga kiritildi. OFK oʻsha yili terma jamoalar safiga faqat 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarni jalb qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa-da, bu turnirga deyarli barcha jamoalar eng kuchli tarkib bilan kelgan. Berdax Allaniyazov turnirni asosiy darvozabon sifatida boshladi, biroq Tailand terma jamoasiga qarshi omadsiz oʻyindan soʻng, Oʻzbekiston terma jamoasi 5:4 hisobida gʻalaba qozonadi. Darvozabon 4 ta gol oʻtkazib yuboradi va uning oʻrnini Yuriy Sheykin egalladi[2]. Keyinroq Oʻzbekiston terma jamoasi finalga qadar etib borib, Osiyo oʻyinlari gʻolibiga aylandi.
Yutuqlari
tahrirO'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 1994-yilda Osiyo oʻyinlarida jamoa tarkibida gʻalaba qozongan Berdax Allaniyazov[3] boshqa oʻyinlar gʻoliblari va ularning murabbiylari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti – „Shuhrat“ medali bilan taqdirlandi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Uzbekistan – Kirgiziya – 3 : 0 23.08.1992 (rus.)
- ↑ Sbornaya Uzbekistana, pobedivshaya na Aziade v 94-om. Gde oni seychas? (rus.)
- ↑ „Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган қорақалпоғистонлик футболчиларни биласизми?“. 2024-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-oktyabr.
- ↑ Ukaz Prezidenta (rus.)
Havolalar
tahrir- Berdax Allaniyazov Footballfacts saytida futbolchi profili
- Berdax Allaniyazov Transfermarkt saytida futbolchi profili