Bliss

Windows XP uchun standart kompyuter fon rasmi

Bliss — dastlab Bucolic Green Hills deb nomlangan, Microsoft Windows XP operatsion tizimining standart kompyuter fon rasmi. Bu rasm Kaliforniyaning „vino yetishtiruvchi mamlakati“ni ichiga olgan Los Carneros deb nomlanuvchi Amerika uzumchilik hududidagi yashil tepalik va oq bulutli moviy osmonning deyarli tahrir qilinmagan fotosurati hisoblanadi. Charles O'Rear rasmni 1996-yil yanvar oyida olgan va Microsoft 2000-yilda mualliflik huquqlarni sotib olgan. Taxminlarga koʻra, bu suratni milliardlab odamlar koʻrgan va u tarixdagi eng koʻp koʻrilgan fotosuratga aylanishi mumkin[1].

Bliss
oʻzbekcha: Osoyishtalik
Rassom Charles O'Rear
Yil 1996-yil
Tur Landshaft fotosurati
Joylashuvi

Sonoma okrugi, Kaliforniya, AQSh

38°15′00.5″N 122°24′38.9″W / 38.250139°N 122.410806°W / 38.250139; -122.410806
Egasi Microsoft

Umumiy maʼlumot

tahrir

Sobiq National Geographic fotografi Charles O'Rear 1996-yilda yaqin atrofdagi Napa vodiysida yashovchi sevgilisi bilan uchrashish uchun ketayotganda oʻrta formatli Mamiya RZ67 kamerasi bilan vodiyni suratga tushirgan. Keyinchalik tasvir Adobe Photoshop kabi dasturiy taʼminot yordamida oʻzgartirilgan yoki hatto yaratilgan degan fikr keng tarqalgan boʻlsa-da, O'Rearning aytishicha, u hech qachon bunday ish qilmagan[2][3]. O'Rear Bucolic Green Hills nomli bu suratni fond fotosurati sifatida foydalanish uchun Westlightga sotgan[4]. Westlight 1998-yilda Corbis tomonidan sotib olinadi va u oʻzining eng koʻp sotiladigan rasmlarini raqamlashtiradi[5]. Westlight sotib olinganidan ikki yil oʻtgach, Microsoft dizayn jamoasi Windows XPda fon rasmi sifatida foydalanish uchun rasmlar tanlashiga toʻgʻri keladi. Bucolic Green Hills tasviri oxir-oqibat standart fon rasmi sifatida tanlanadi, natijada kompaniya rasmni sotib oladi va uning nomini Bliss deb oʻzgartiradi.

Tasvir, shuningdek, Microsoftning dasturiy taʼminotini targʻib qilish uchun 200 million dollarlik „Yes You Can“ reklama namoyishining bir qismi sifatida taqdim etiladi va koʻplab parodiyalar mavzusiga aylandi[6].

Kompaniya bu tasvirni „Microsoft mijozlarga taqdim etishga intilayotgan tuygʻularni (erkinlik, imkoniyat, xotirjamlik, iliqlik va boshqalar) aks ettirgani“ uchun tanlagan[7]. Windows XPning bozordagi muvaffaqiyati tufayli[6][8][9] keyingi oʻn yil ichida Bliss oʻsha davrda dunyodagi eng koʻp koʻrilgan fotosurat boʻldi[1].

Tarixi

tahrir
 
Charles O'Rear 2007-yilda

1996-yil yanvar oyida National Geographicning sobiq fotografi O'Rear St. Helenadagi (Kaliforniya shtati) uyidan San Fransisko shimolidagi Napa vodiysiga ketayotgan edi. U har juma kuni tushdan keyin sevgilisi Daphne Irwinni (keyinchalik u bilan turmush qurgan) koʻrish uchun yoʻlga chiqardi. O'Rear Irwin bilan vino mamlakati haqidagi kitob ustida ishlagan. Oʻsha kuni u hududni suratga tushirish imkoniyatidan samarali foydalanib qoladi, chunki endigina boʻron oʻtib ketgan va qish yomgʻiri hududni yam-yashil rangga aylantirgan edi[10].

Sonoma avtomagistrali boʻylab (Kaliforniya shtatining 12- va 121- yoʻnalishlari) mashina haydab ketayotib, u hududni qoplagan uzumzorlardan ozod tepalikni koʻradi; ular bir necha yil oldin filoksera bilan zararlanganidan keyin olib tashlangan edi[11]. „Mana u! Xudoyim, maysalar mukammal! Bu yashillik! Quyosh chiqishi; bulutlar“, – deb oʻyladi u. O'Rear Napa-Sonoma okrugi liniyasi yaqinida toʻxtadi (taxminan 38°14′58″N 122°24′36″W / 38.2494400°N 122.4099124°W / 38.2494400; -122.4099124 (Approximate location where Charles O'Rear pulled off the road to take the photo of Bliss)[12]) va yoʻl chetiga tushdi[13].

Suratga olish uchun O'Rear shtativda Mamiya RZ67 oʻrta formatli kamerasidan foydalanib, Fujifilmning Velvia plyonkasini tanladi, bu plyonka koʻpincha tabiat fotograflari orasida qoʻllanadi va tabiatni oʻz holatidagidek tasvirlay oladigan baʼzi ranglarining ideal kombinatsiyasi bilan mashhur[2][14]. O'Rear tasvirning muvaffaqiyatini kamera va plyonkaning bir-biriga mos kelishida deb biladi. „Bu kombinatsiya oʻzgarishlarni keltirib chiqardi va menimcha, Bliss fotosurati yanada koʻproq ajralib turishiga yordam berdi. Oʻylaymanki, agar men uni 35 mmli plyonka bilan rasmga olganimda, Bliss hozirgi koʻrinishidan farq qilgan boʻlar edi“, – deydi u[15]. O'Rear kamerasini oʻrnatayotgan vaqtida rasmdagi bulutlar kirib kelgan boʻlishi mumkinligini aytib: „Oʻsha paytda hamma narsa juda tez oʻzgarib turardi“, – deb qoʻshimcha qiladi.

U toʻrtta rasm olgan va yana yuk mashinasiga oʻtirib, yoʻlida davom etgan[10][16]. O'Rearning soʻzlariga koʻra, tasvir raqamli ravishda kuchaytirilmagan yoki hech qanday tarzda oʻzgartirilmagan[17].

Bu vino mamlakati haqidagi kitobiga taalluqli boʻlmagani uchun, O'Rear rasmni Westlight orqali (sotib olinganidan keyin Corbisga oʻtkazildi) fond fotosurati sifatida taqdim etdi, undan tegishli litsenziya toʻlovini toʻlashga tayyor boʻlgan har qanday manfaatdor shaxs foydalanishi mumkin boʻlgan[2][18].

2000-yilda Microsoftning Windows XPni rivojlantirish jamoasi Corbis orqali O'Rear bilan bogʻlandi, muallifning fikricha, ular Sietlda joylashgan kattaroq raqobatchi Getty Imagesning rasmlari oʻrniga uning rasmidan foydalanganlar[19]. „Men [ular] nimani qidirganini bilmayman“, – deb eslaydi u: „Ular osoyishtalik mavjud boʻlgan tasvirni izlashdimi? Ular hech qanday tarangliksiz tasvirni qidirdilarmi?“[20]. O'Rearning Full Moon over Red Dunes deb nomlangan yana bir tasviri Windows XPda Red moon desert deb nomlanadi, u ham standart fon rasmi sifatida qabul qilingan, biroq sinovchilar uni dumbaga qiyoslagani uchun oʻzgartirilgan[21].

Microsoft Bliss tasvirini faqat XPning standart fon rasmi sifatida foydalanish uchun litsenziyalashni emas, balki uning barcha huquqlarini sotib olishni xohlashini aytdi. Ular O'Rearga bitta rasm uchun fotografga qilingan ikkinchi eng katta toʻlovni taklif qilishgan; ammo, u maxfiylik shartnomasini imzolaganligi sababli aniq miqdorni oshkor qilmagan[22]. Narx „olti raqamdan pastda“ ekanligi xabar qilingan[1]. O'Rear Microsoftga asl rasmni yuborishi va hujjatlarni imzolashi kerak edi, ammo, kuryerlar va yetkazib berish xizmatlari rasmning joʻnatilish qiymati sugʻurta qiymatidan yuqori boʻlishidan xabardor boʻlgach xizmatni rad etishadi. Buning oʻrniga dasturiy taʼminot kompaniyasi O'Rearga samolyot chiptasini sotib oladi va u shaxsan oʻzi rasmni ofisga yetkazib beradi[1]. „Men qayerga borishni bilmasdim“, deydi u: „Menimcha, muhandislar yoki Microsoftdagi biror kim bu rasm muvaffaqiyatga erishishini tasavvur qilmagan“[23].

Microsoft suratga hozirgi nomini berdi va uni XP uchun marketing kampaniyasining asosiy qismiga aylantirdi. Garchi Blissning chap tomoni bir oz kesilgan va maysalarning rangi kuchliroq qilingan deb tez-tez aytilsa-da, Microsoft Corbisdan sotib olgan versiyasi boshidan shunday boʻlgan, ranglarning toʻyinganligi esa Velvia plyonkasining natijasi edi[18]. O'Rear oʻshandan beri sotilgan XP nusxalari soniga asoslanib, tasvir butun dunyo boʻylab milliardlab kompyuterlarda koʻrilganini taxmin qildi[22].

Qayta yaratishga urinishlar

tahrir
 
Goldin+Senneby tomonidan 2006-yil noyabr oyida taxminan bir xil joyda olingan rasmda hududni qamrab olgan uzumzorlarni koʻrish mumkin
 
2017-yil iyul oyida tepalikning surati

2006-yil noyabr oyida Goldin+Senneby Sonoma vodiysidagi Bliss surati olingan manzilga tashrif buyurib, ayni paytda uzumzorlarga toʻla manzarani qayta suratga oldi (rasmda). Ularning ishi Microsoftdan keyin[11] birinchi marta 2007-yil aprel oyida La Vitrine galereyasida „Paris was Yesterday“ koʻrgazmasida namoyish etilgan[24]. Keyinchalik u Gyoteborgda „300 m³“da namoyish etildi[25].

Fotosurat haqida fikrlar

tahrir

O'Rearning tan olishicha, National Geographic uchun olgan boshqa barcha fotosuratlariga qaramay, u eng koʻp Bliss tufayli insonlar yodida qolishi mumkin[22]. U 2014-yilda „15 yoshdan umrining oxirigacha har bir kishi ushbu fotosuratni eslab qoladi“, – deb aytgan[26].

Tasvirning kelib chiqishi XP chiqqandan keyin bir necha yil davomida ham maʼlum boʻlmaganligi sababli, landshaft qayerda ekanligi haqida juda koʻp taxminlar mavjud edi. Baʼzi taxminlarda rasm Fransiya, Angliya, Shveysariya, Yangi Zelandiyaning Shimoliy Otago mintaqasi, Vashington janubi-sharqidagi[22] va Tyubingen janubidagi (Germaniya) joylarning birida olinganligi aytiladi[27]. Gollandiyalik foydalanuvchilar fotosurat Irlandiyaning Kerry okrugida olingan, chunki dasturiy taʼminotning niderlandcha nashrida tasvir „Irlandiya“ deb nomlangan degan xulosaga kelgan, xuddi shunday, portugalcha versiyada rasm „Alentejo“ deb nomlandi va shu tilda soʻzlashuvchi foydalanuvchilarning uni Portugaliyaning shu nomli hududida olingan deb hisoblashiga majbur qildi[17].

Boshqa foydalanuvchilar esa tasvirdagi joy haqiqiy emas, osmon alohida tasvirdan kelib chiqqan va tepalik bilan birlashtirilgan deb taxmin qilishgan.

2001-yil dekabr oyida Microsoft Bliss nomi ostida tasvirga oʻxshash manzarali, ammo jonlantiruvchi effektlarga ega ekran lavhasini chiqardi[28].

2012-yilda Britaniyaning Ateur Photographer jurnalidan David Clark Blissning estetik fazilatlari haqida fikr bildirar ekan: „Tanqidchilar tasvirni bejirim va diqqatga sazovor joyi yoʻqligini taʼkidlashlari mumkin, tarafdorlarga esa uning goʻzal manzaradagi yorqin va tiniq kunni eslatishining oʻzi mavzu“, deb yozadi. U togʻ yonbagʻiridagi filtrlangan quyosh nuri taʼsirida yaratilgan „tush kabi sifat“ni tasvirning oʻziga xos jihati sifatida qayd etadi. „Microsoftni rasmni boshqalardan yaxshiroq deb tanlashiga nima majbur qildi?“ – deb savol beradi u. Garchi kompaniya hech qachon O'Rearga yoki boshqa biror kimga bu haqida aytmagan boʻlsa-da, Clark shunday taxmin qiish mumkin deb hisobladi: „Bu rasm jozibali, koʻzni qamashtiradi va ekranda boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa narsalarni buzmaydi, bularning barchasi uning tanlanishida yordam beradigan omillardir. Bundan tashqari, u yam-yashil landshaftning gʻayrioddiy jozibali tasviri va stolga ulangan kompyuter foydalanuvchilarida farovonlik hissini uygʻotadigan tasvir boʻlgani uchun ham tanlangan boʻlishi mumkin“[29].

2021-yil 8-iyulda Microsoft 365 jamoasi bir qator nostalgik mavzudagi Microsoft Teams fon rasmlarini nashr etdi, ular orasida Bliss manzarasi asosidagi fon rasmi ham bor edi[30].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Sweeney, Cynthia. „Say goodbye to 'Bliss'“. St. Helena Star (2014-yil 26-mart). Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 Taylor. „The story behind the famous Windows XP 'Bliss' wallpaper“. New York Daily News (2014-yil 12-aprel). Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
  3. Heisler, Yoni. „The most viewed photo in the history of the world“ (en-US). BGR (2015-yil 23-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  4. Metadata of Bliss, Windows XP Beta 2
  5. Pickerell. „Corbis Acquires Westlight“. Selling Stock (1998-yil 20-may). Qaraldi: 2020-yil 23-fevral.
  6. 6,0 6,1 Clark, David. „Bliss by Charles O'Rear: Iconic Photograph“. Amateur Photographer (2012-yil 28-may). Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  7. Turner, Paul. „No view of Palouse from Windows“. The Spokesman-Review (2004-yil 22-fevral). 2011-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  8. „Charles O'Rear's 'Bliss' one of the most viewed photo of all time“. Yahoo! News (2012-yil 18-iyul). Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  9. Messieh, Nancy. „Ever wonder where the Windows XP default wallpaper came from?“. The Next Web (2011-yil 28-avgust). Qaraldi: 2013-yil 12-may.
  10. 10,0 10,1 The story behind the wallpaper we'll never forget. Microsoft NL. (2014). 1:10.
  11. 11,0 11,1 „After Microsoft“. Goldin+Senneby (2007-yil 5-aprel). 2014-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
  12. Freedman, Wayne. „Windows XP background is photo of Sonoma hillside“. ABC7 (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
  13. Story, at 2:30.
  14. Story, at 2:30.
  15. Story, at 2:50.
  16. Freedman, Wayne. „Windows XP background is photo of Sonoma hillside“. ABC7 (2014-yil 7-aprel). 2014-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
  17. 17,0 17,1 Messieh. „Ever wonder where the Windows XP default wallpaper came from?“. thenextweb.com (2011-yil 28-avgust). Qaraldi: 2012-yil 19-sentyabr.
  18. 18,0 18,1 Corbis Westlight Creative Freedom. Corbis.
  19. Popa, Bogdan. „Microsoft Creates Short Documentary About Windows XP 'Bliss' Wallpaper“. Softpedia (2014-yil 11-aprel). Qaraldi: 2014-yil 17-aprel.
  20. Story, at 3:20.
  21. Chen. „Windows brings out the Rorschach test in everyone“. Microsoft - The Old New Thing (2003-yil 25-avgust). Qaraldi: 2020-yil 28-fevral.
  22. 22,0 22,1 22,2 22,3 Younger. „Windows XP desktop screen is a Napa image“. Napa Valley Register (2010-yil 18-yanvar). 2010-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-yanvar.
  23. Story, at 4:45.
  24. „Paris was Yesterday“. Hanne's Art and Culture Blog. Hanne Mugaas (2007-yil 2-aprel). 2011-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
  25. „300m3 Art Space – History“. 300m3.com (2010). 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-avgust.
  26. Story, 5:30.
  27. „Das bekannteste Foto der Welt“. pixxel-blog.de (2011-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 27-sentyabr.
  28. „Windows XP Bliss Screen Saver“. Microsoft (2001-yil 12-dekabr). 2001-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  29. Clark. „Bliss by Charles O'Rear-Iconic Photograph“. Amateur Photographer (2012-yil 28-may). Qaraldi: 2014-yil 20-aprel.
  30. „Get nostalgic with new Microsoft Teams backgrounds“. Microsoft 365 team (2021-yil 8-iyul). Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.

Havolalar

tahrir