Boʻldi xato

„Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq

Boʻldi xato“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2003-yil eʼlon qilingan[manba kerak]. „Boʻldi xato“ guruh repertuaridagi sanoqli rok janridagi qoʻshiqlarning biridir. Qoʻshiqning soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Tarona lya major tonalligida bastalangan boʻlib, guruh gitarachisi Timur Gaynutdinov chalgan solo hamda Sodiqovning kuchli vokali bilan tinglovchilar eʼtiborini qozongan.

„Boʻldi xato“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2003
Yozib olingan 2003
Janr rok
Davomiyligi 4:14
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Boʻldi xato“ qoʻshigʻini guruhning 2002-yilga qadar eʼlon qilingan yetti qoʻshigʻidan iborat „12-albom“ nomli albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritgan[1], ammo bu taronalar 2002-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Shuningdek, „Boʻldi xato“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga 17-trek oʻlaroq kiritilgan[2]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar tahrir

  1. „"Болалар" гуруҳининг 12 чи оригинал альбоми“. YouTube (21-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2022-yil.
  2. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Apple Music (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 11-may.

Havolalar tahrir