Tarixiy ma’lumotlar qaraganda Ichan qal’a ning Toshdarvozadan janubiy-sharq tomonda (hozirgi Angarik qishlog‘i hududida) Olloqulixonning bahavo rabotlaridan birida kichik bir yozgi joy qurish uchun farmon berdi. Xonning amri vojib bo‘lib, aytilgan joydagi rabotdan 50 tanob maydon ajratib olinib hijriy 1183-1189 yillar davomida an’anaviy Xorazm turar joyi uslubida nigirik (sinch) dan hovli qurildi. Hovli atrofida bog‘ tashkil qilinib unga sarhil mevali daraxtlar ekildi. Daraxtlar mevaga kirish barobarida hovli atroflarida qo‘shimcha yordamchi binolar qurildi. Hovlida haqiqatdan ham bahavo yoqimli shabada shamol esib turganligi bois unga xalq tilida “Bog‘i shamol” deb nom berildi. Davr o‘tishi bilan hovlidan turli maqsadlarda foydalanish uchun qayta jihozlash va ta’mirlash ishlari bajarildi. 1973 yil 21 dekabrda madaniy meros obidalari davlat muhofazasiga olingandan keyin “Bog‘ishamol” Olloqulixon dala hovlisida o‘zboshimcha qurilish va ta’mirlash ishlariga chek qo‘yildi. Asosiy bino va qo‘shimcha binolar avariya holatiga kelib qoldi. Xivaning 2500 yillik yubileyi munosabati bilan “Bog‘shamol” Olloqulixon dala hovlisining yaroqsiz holga kelib qolgan barcha konstruksiyalari ilmiy asoslangan asl ko‘rinishi va loyihasi asosida tubdan qayta qurildi.

Bog‘ishamol
41°42′0″N 60°42′0″E / 41.70000°N 60.70000°E / 41.70000; 60.70000
Mamlakat Oʻzbekiston
Tuman Xiva tumani
Bog‘ishamol xaritada
Bog‘ishamol
Bog‘ishamol