Bulbulzorsoy — Samarqand viloyatidagi soy, Omonqoʻtonsoyning oʻng irmogʻi. Taxtaqoracha dovonining sharqidan, 1300 m balandlikdan boshlanadi. Uzunligi 7 km, suv sarfi 50—70 l/sek. Bulbulzorsoy, asosan, buloq suvlari, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bulbulzorsoy havzasida akatsiya, qaragʻay daraxtlari oʻsadi, bodomzor, oʻrikzor, yongʻoqzorlar bor. Bulbulzorsoy vodiysida bulbul, yovvoyi kaptar, kaklik koʻp.[1]

Bulbulzorsoy
Bulbulzorsoy quyi oqimida
Bulbulzorsoy quyi oqimida
Tavsif
Uzunligi 7
Davlat Oʻzbekiston
Bulbulzorsoy

Manbalar

tahrir
  1. "Bulbulzorsoy" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil