Bulling – bu zoʻravonlik, majburlash, haqoratli soʻzlar bilan masxara qilish yoki tahdid qilish, ishonchni suiisteʼmol qilish, tajovuzkorlik qilish yoki dominantlikdan qoʻrqitish uchun foydalanish. Xulq-atvor koʻpincha takrorlanadi va odatiy holdir. Muhim shartlardan biri bu (bezori yoki boshqalar tomonidan) jismoniy yoki ijtimoiy kuchning nomutanosibligini idrok etishdir. Bu nomutanosiblik bezorilikni mojarodan ajratib turadi[1][2]. Bulling tajovuzkor xatti-harakatlarning kichik toifasi boʻlib, u dushmanlik niyati, kuchlarning nomutanosibligi va maʼlum vaqt davomida doimiy takrorlanishi bilan tavsiflanadi[3].

Talabaning boshqa uchta talaba tomonidan qoʻrqitilish tasviri. Orqada voqeaga eʼtibor bermayotgan odam oʻtiribdi.
Bezorilik haqida xabar bergan bolalar ulushi (2015-yil)

Etimologiyasi

tahrir

„Bully“ soʻzi 1530-yillarda qoʻllangan vaqti „sevgilim“ degan maʼnoni anglatgan, niderlandcha: boel har ikki jinsga nisbatan qoʻllangan, „suyukligi“, „birodar“ maʼnosida ishlatilgan. Maʼno 17-asr davomida „yaxshi odam“, „qoʻzgʻolonchi“, „zaiflarni tahqirlovchi“ maʼnolarida qoʻllandi. Bu „suyukligi“ va „fohishaning himoyachisi“ kabi soʻzlar oʻrtasidagi bogʻlovchi maʼno boʻlishi mumkin, bu „bezorilik“ ning bir maʼnosi sifatida ishlatilgan (1706-yilgacha maxsus tasdiqlanmagan). „To bully“ feʼli birinchi marta 1710-yilda rasman tasdiqlangan[4].

Tarixda Amerika madaniyatida bu atama undov/nasihat sifatida, xususan Theodore Roosevelt bilan mashhur[5] bilan bogʻliq boʻlgan va hozirgacha bezori minbarida (bully pulpit), Roosevelt vaqtida chiqarilgan tangada zaif/beqaror maqtov sifatida ishlatilgan („bully for him“).

Turlari

tahrir

Bulling turli adabiyotlarda turfa turlarga ajratilgan. Ular ogʻzaki boʻlmagan, ogʻzaki yoki jismoniy xatti-harakatlar shaklida boʻlishi mumkin. Boshqa tasniflash jinoyatchilar yoki ishtirokchilar holatiga asoslanadi, shuning uchun turlar individual va jamoaviy bullingni oʻz ichiga oladi. Boshqa talqinda, shuningdek, boshqa shaxsga yoki hatto mulkka yetkazilgan jismoniy zarardan tashqari, hissiy va munosabatlardagi zoʻravonlik ham aytib oʻtiladi[6]. Bundan tashqari, yaqinda paydo boʻlgan kiberbulling deb ataladigan turi ham keng tarqalgan.

Jismoniy, ogʻzaki va oʻzaro munosabatlardagi bulling boshlangʻich maktabda eng keng tarqalgan boʻlib, odamlar hayotining keyingi bosqichlarida davom etadigan zoʻravonliknng dastlabki bosqichi boʻlishi mumkin.

Individual bulling

tahrir

Individual bulling taktikasi bir shaxs tomonidan jabrlanuvchiga nisbatan amalga oshiriladi[7]. Individual bullingni to'rt turga bo'lish mumkin[8].

Jismoniy bulling

tahrir

Jismoniy bulling – bu birovning tanasiga zarar yetkazadigan yoki uning mulkiga zarar yetkazadigan har qanday qoʻrqitish turini oʻz ichiga oladi. Birovning mulkini oʻgʻirlash, urish, urishish va qasddan yoʻq qilish jismoniy zoʻravonlikning bir turidir. Kamdan-kam hollarda jabrlanuvchiga birinchi marotabaning oʻzida jismoniy bulling amaliyoti qoʻllanadi. Koʻpincha zoʻravonlik boshqa shaklda boshlanadi va keyinchalik jismoniy bullingga oʻtadi. Jismoniy bullingda bezori foydalanadigan asosiy qurol uning tanasi (mushti, oyogʻi, kallasi) yoki oʻz qurboniga hujum qilgan vaqtda qurol sifatida foydalangan obekt (tayoq, bita, karset va hokazo) boʻlishi mumkin. Baʼzida yoshi kattalar oʻsmirlikda shakllangan notoʻgʻri qarashlari tufayli tengdoshlarini bulling nishoniga olishadi va ularni bu orqali oʻzlaridan begonalashtiradilar. Bu esa tez orada sinfdoshlari tomonidan ularni mazax qilinishi, qiynoqqa solish va „kaltaklash“ holatlariga olib kelishi mumkin. Jismoniy bulling koʻpincha vaqt oʻtishi bilan kuchayadi va halokatli yakunlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun koʻpchilik keyingi kuchayishning oldini olish maqsadida uni tezda toʻxtatishga harakat qiladi[9].

Ogʻzaki bulling

tahrir

Ogʻzaki bulling eng keng tarqalgan zoʻravonlik turlaridan biridir. Bu tur gapirish, ovozdan boshqa maqsadlarda foydalanish yoki tana tilining baʼzi shakllari orqali amalga oshiriladi va hech qanday jismoniy tajovuzni oʻz ichiga olmaydi. Bulling odatda ayni shu bosqichda boshlanadi va quyidagilardan birini oʻz ichiga oladi:

  • Kamsituvchi ism va laqab qoʻyish
  • Birov haqida mish-mishlar tarqatish yoki yolgʻon gapirish
  • Biror kishiga tahdid qilish
  • Birovga qoʻpol soʻzlar aytish yoki qoʻpol ohangda baqirish yo gaplashish, ayniqsa asosli sabablarsiz
  • Birovning ovozini yoki gapirish uslubini masxara qilish
  • Birovning ustidan kulish
  • Biror kishini tahqirlash uchun tana tilidan foydalanish (yaʼni, oʻrta barmoqdan).
  • Birovni haqorat qilish yoki boshqa yoʻl bilan masxaralash

Ogʻzaki bullingda bezori foydalanadigan asosiy qurol ovozdir. Koʻp hollarda ogʻzaki zoʻravonlik ikkala jins orasida ham uchraydi, lekin qizlar bu usulni koʻproq ishlatadilar. Qizlar, umuman olganda, oʻgʻil bolalarga qaraganda haqorat qilishda nisbatan nozikroq soʻzlardan va usullardan foydalanadilar. Qizlar boshqa shaxslar ustidan hukmronlik qilish va ularni nazorat qilish hamda ularning ustunligi va kuchini koʻrsatish, koʻpincha oʻzlari uchun ideal boʻlgan odamni hayratda qoldirish uchun ogʻzaki zoʻravonlik, shuningdek, ijtimoiy chetlatish usullarini qoʻllaydilar. Koʻpincha oʻgʻil bolalar boshqalarni jismoniy zoʻravonlik bilan qoʻrqitishdan qochishni istashsa, nisbatan oddiyroq boʻlgan ogʻzaki bullingdan foydalanishni maqul koʻradilar[10].

Munosabatlardagi bulling

tahrir

Munosabatlardagi bulling (baʼzan ijtimoiy tajovuz deb ataladi) boshqalarga zarar yetkazish uchun munosabatlardan foydalanadigan bulling turi[11]. Bu atama, shuningdek, kimningdir obroʻsiga yoki ijtimoiy mavqeiga putur yetkazish maqsadida qilingan har qanday qoʻrqitish turlarini ham oʻz ichiga qamrab oladi. Bu tur jismoniy va ogʻzaki bullingga kiritilgan usullar bilan ham bogʻlanishi mumkin. Oʻzaro zoʻravonlik – bu yoshlar orasida keng tarqalgan, lekin ayniqsa qizlarga nisbatan qoʻllanadigan bullingning bir turidir. Ijtimoiy chetlatish (birovni eʼtiborsiz qoldirish yoki oʻzini „tashqarida qolgan“ his qilish) munosabatlardagi zoʻravonlikning eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. Oʻzaro bulling zoʻravonlar tomonidan ularning ijtimoiy mavqeini yaxshilash va boshqalarni nazorat qilish uchun bir vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Jismoniy bullingdan farqli oʻlaroq, munosabatlardagi buling ochiq emas va uzoq vaqt davomida sezilmasdan davom etishi mumkin[12].

Kiberbulling

tahrir

Kiberbulling – bu boshqa shaxsni bezovta qilish, tahdid qilish, sharmanda qilish yoki nishonga olish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Voyaga yetgan shaxs ishtirok etganda, u kiber-tahqirlash yoki kibertalking taʼrifiga javob berishi mumkin, bu huquqiy oqibatlarga olib kelishi va qamoq jazosini oʻz ichiga olishi mumkin[13]. Bunga elektron pochta, soniyali xabar almashinish, ijtimoiy media veb-saytlari (masalan, Facebook), matnli xabarlar va mobil telefonlardan foydalanish orqali amalga oshiriladigan bullying kiradi. Taʼkidlanishicha, kiberbulling boshlangʻich maktabga qaraganda oʻrta maktablarda koʻproq uchraydi[14].

Internet odamlarni javobgarlikdan va turli filtrlardan cheklamaydi[15]. Bezorilik uchun internetdan foydalanish orqali oʻzini yengilroq va kamroq cheklangan his qilishi mumkin va bu Onlayn inhibisyon effekti deb ataladi. Bezorilik uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish kimningdir onlayn obrosiga putur yetkazishi mumkin. Onlayn maʼlumotlar, agar platforma tomonidan oʻchirilmagan boʻlsa va hatto undan keyin ham oʻchirilmasa, u yerda abadiy saqlanib qoladi. Kelajakda ish beruvchilar va internetga kirish imkoniga ega odamlar har qanday odamning boshqalar bilan qanday munosabatda boʻlganligini koʻrishlari mumkin. Kiberbulling bilan bogʻliq yana bir muammo shundaki, boshqa odamlar bu holatda ham ishtirok etishi mumkin. Texnologiya, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish boshqalarga kontentni ijobiy yoki salbiy boʻlishidan qatʼi nazar, qayta joylashtirish yoki almashtirish imkonini beradi.

Kollektiv bulling

tahrir

Kollektiv bulling taktikasi jabrlanuvchiga nisbatan bir nechta shaxslar tomonidan qoʻllanadi. Kollektiv bulling mobbing sifatida tanilgan va har qanday alohida turdagi bezorilikni oʻz ichiga olishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda trolling xatti-harakati, odatda, tasodifiy oʻquvchi tomonidan individual xarakterga ega deb hisoblansa ham, baʼzida homiylik ostidagi astroturferlar tomonidan uyushtirilgan harakatlar sifatida baholanadi.

Mobbing

tahrir

Mobbing har qanday kontekstdagi, masalan, oila, tengdoshlar jamoasi, maktab, ish joyi, mahalla, hamjamiyat yoki Internetda shaxsni guruh tomonidan qoʻrqitishni anglatadi. Bu ish joyida hissiy zoʻravonlik sifatida sodir boʻladi, masalan, hamkasblar, qoʻl ostidagi ishchilar yoki boshliqlar tomonidan mish-mish tarqatish, qoʻrqitish, kamsitish, obroʻsizlantirish va chetlatilishi orqali ish joyidan majburan chiqarish uchun qoʻllanadi. Bunda jabrlanuvchining jinsi, dini va boshqa hislatlari orqali kamsitilinadi[16].

OAV da

tahrir

Kinomotografiyada

tahrir

Adabiyotda

tahrir

Oʻyinlarda

tahrir

Musiqiy videokliplarda

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "School bullying is not a conflict: The interplay between conflict management styles, bullying victimization and psychological school adjustment". International Journal of Environmental Research and Public Health 19 (18): 11809. 2022. doi:10.3390/ijerph191811809. ISSN 1661-7827. PMID 36142079. PMC 9517642. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=9517642. 
  2. Juvonen, J.; Graham, S. (2014). "Bullying in Schools: The Power of Bullies and the Plight of Victims". Annual Review of Psychology 65: 159–85. doi:10.1146/annurev-psych-010213-115030. PMID 23937767. https://archive.org/details/sim_annual-review-of-psychology_2014_65/page/159. 
  3. Burger, Christoph; Strohmeier, Dagmar; Spröber, Nina; Bauman, Sheri; Rigby, Ken (2015). "How teachers respond to school bullying: An examination of self-reported intervention strategy use, moderator effects, and concurrent use of multiple strategies". Teaching and Teacher Education 51: 191–202. doi:10.1016/j.tate.2015.07.004. 
  4. „bully“. Online Etymology Dictionary. Douglas Harper. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  5. TR Correspondence 27 September 1907 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. „bully for you“ in the positive sense
  6. McGrath, Mary Jo. School Bullying: Tools for Avoiding Harm and Liability. Thousand Oaks, CA: Corwin Press, 2007 — 6-bet. ISBN 978-1-4129-1571-7. 
  7. „Bullying Definitions“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-fevral.
  8. Berger, Kathleen Stassen. Invitation to the Life Span. New York: Worth Publishers, 2014. ISBN 978-1-4641-7205-2. 
  9. „no bullying“. nobullying.com/physical-bullying/. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  10. „What is Verbal Bullying and How to Handle Verbal Bullies - Bullying Statistics“. Bullying Statistics (2015-yil 8-iyul). 2016-yil 25-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  11. Breakstone, Steve. How to Stop Bullying and Social Aggression: Elementary Grade Lessons and Activities That Teach Empathy, Friendship, and Respect. Thousand Oaks, CA: Corwin Press, 2009 — 9-bet. ISBN 978-1-4129-5810-3. 
  12. Norton, Chris. „What is the Definition of Relational Bullying / Social Bullying - BRIM Anti-Bullying Software“. BRIM Anti-Bullying Software. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  13. „Cyberbullying“. kidshealth.org. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-noyabr.
  14. Berger, Kathleen Stassen. Invitation to the Life Span. New York: Worth Publishers, 2014. ISBN 978-1-4641-7205-2. 
  15. Affairs (ASPA). „What Is Cyberbullying“ (en). StopBullying.gov (2019-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-fevral.
  16. Mobbing: Emotional Abuse in the American Workplace by Noa Davenport, Ruth D. Schwartz and Gail Pursell Elliott.
  17. Марина Максимова. „Травля в советской школе: Тилль Линдеманн выпустил новый скандальный клип“. // RT (2021-yil 1-iyun). 2021-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir