BuretRossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyatidagi yuqori paleolit davriga oid manzilgoh. Angara daryosining oʻng qirgʻogʻida, Suxoy oʻzanida, Buret qishlogʻi yaqinida joylashgan. A. P. Okladnikov topib oʻrgangan (1936. 1937, 1939). Paleolit davriga doir tosh va suyakdan qilingan buyumlar bilan bir qatorda karkidon, mamont, shimol bugusi, zubr va boshqa hayvonlar suyaklari hamda 4 turar joy qoldigʻi, 1 qush va 5 ayol haykalchasi topilgan. Ularning orasida moʻynadan korjoma koʻrinishida tikilgan kiyim kiyib olgan ayol haykalchasi juda noyob topilmadir.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil