Buyuk Menderes
Buyuk menderes — Turkiya gʻarbidagi daryo. Uz. 380 km, havzasining maydoni 23,9 ming km². Anadolu yassitogʻligidan boshlanib, Egey dengiziga delta hosil qilib quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 90 m³/sek, qishda sersuv. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Quyi oqimida oʻzani juda egribugri. B. M.ning yunoncha nomi — Meandr — keyinchalik dare oʻzanining egribugriligini anglatuvchi termin boʻlib kelgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |