Catamarca provinsiyasi
Catamarca (ispancha: [kataˈmaɾka]) – Argentinaning shimoli-gʻarbida joylashgan provinsiya. 2022-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra provinsiya aholisi 429,556 kishini tashkil etgan va hududi 102,602 km2 maydonni egallagan. Provinsiyadagi aholi savodxonligi darajasi 95,5% ni tashkil qiladi. Catamarcaga qoʻshni provinsiyalar ushbulardir (shimoldan soat yoʻnalishi boʻyicha): Salta, Tucumán, Santiago del Estero, Córdoba va La Rioja. U gʻarbda Chili davlati bilan chegaradosh.
Catamarca | |
---|---|
Provinsiya | |
28°28′8″S 65°46′45″W / 28.46889°S 65.77917°W | |
Mamlakat | Argentina |
Poytaxt | San Fernando del Valle de Catamarca |
Departamentlari | 16 |
Munitsipalitetlari | 36 |
Hukumat | |
• Gubernator | Raúl Jalil |
Maydon | 102,602 km2 (39,615 kv mi) |
Aholisi (2022-yilgi aholini roʻyxatga olish[1]) |
429,556 |
Zichligi | 4.2 kishi/km2 |
Etnoxoronim | catamarqueño |
Vaqt mintaqasi | UTC−3 (ARV) |
ISO 3166 | AR-K |
Provinsiya poytaxti San Fernando del Valle de Catamarca boʻlib, odatda nomi Catamarca deb qisqartiriladi. Boshqa muhim shaharlari orasiga Andalgalá, Tinogasta va Belén kiradi.
Geografiyasi
tahrirCatamarca provinsiyasining 102,602 kilometr kvadratga choʻzilgan hududining 80% qismi (mamlakat umumiy maydonining 2.7% qismi) togʻlar bilan qoplangan boʻlib, uni 3 tizimga birlashtirish mumkin: sharqiy va markaziy hududlarda Sierras Pampeanas, gʻarbiy hududlarda Narváez-Cerro Negro-Famatina tizimi va shimoli-gʻarbda Puna yaylovi hududlari.
Provinsiya hududining qurgʻoqchil va yarim qurgʻochlik iqlim zonasida joylashganligi va suv resurslarining tanqisligi hududdagi demografik joylashuvni belgilab bergan. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning katta qismi hududning togʻli hududlari oʻrtasidagi vodiylarda jamlangan. Hududning sharqiy qismidagi aholi suv havzalari atrofida istiqomat qilishadi. Ushbu hududdan suv kanallar va sugʻorish ariqlari orqali dalalarga taqsimlanadi.
Iqlimi
tahrirCatamarca provinsiyasi Argentinaning yarim qurgʻoqchil mintaqasida joylashgan[2]. Provinsiyadagi oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 400 millimetrdan 500 millimetrgacha boʻlib, gʻarbga yoʻnalgan tomonida keskin kamayib boradi[3]. Catamarca undagi har bir hududda turlicha mikroiqlimlar mavjudligi bilan boshqa provinsiyalardan ajralib turadi[3]. Umuman olganda provinsiyada uchta turli xil iqlim zonalari mavjud[2].
Provinsiyaning shimoli-sharqiy hududlarida moʻl yogʻingarchilik kuzatiladi va ushbu hududlarda yuqori harorati bilan ajralib turadigan subtropik togʻ iqlimi mavjud[2]. Yoz faslida issiq, qishda esa namlik yuqori darajada boʻladi[2]. Sierra del Aconquijaning eng baland choʻqqilari doimiy qor bilan qoplangan boʻladi[2].
Catamarcaning katta qismi va vodiylari qurgʻoqchil iqlimga ega[2][4]:68. Provinsiya poytaxtini ham oʻz ichiga olgan ushbu vodiylarda iqlim oʻta qurgʻoqchilligi, yuqori issiqlik amplitudasi (kun va tun harorati farq qiladi) va kuchli shamollari bilan ajralib turadi[2][4]:68. Shu bilan birga, balandlikdagi farqlar va vodiylarni oʻrab turgan toʻgʻlarning relyefi tufayli turli joylar iqlimi oʻrtasida katta farqlar mavjud[4]:68. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori mintaqaning sharqiy qismlarida 500 millimetrdan 700 millimetrgacha (baʼzi hududlarda 1,000 millimetrdan ortiq), gʻarbiy qismlarida 150 millimetrdan kam miqdorni tashkil etadi[2]. Qurgʻoqchil vodiylarda oʻrtacha 160 millimetr yillik yogʻingarchilik miqdori kuzatiladi. Yozda yogʻingarchilikning katta qismi qisqa, ammo kuchli yomgʻir shaklida kuzatiladi, yilning qolgan qismi quruq boʻladi. Oʻrtacha yillik harorat 16–18°C atrofida boʻladi[4]:68. Yozda oʻrtacha harorat 25 °C dan 45 °C gacha yetadi[2][4]:69. Qishda esa oʻrtacha harorat 10 °C (50 °F) boʻlib, muntazam sovuq havo kuzatiladi[4]:69. Gʻarbiy hududlarda havo harorati −30 °C gacha pasayishi mumkin[2]. Qishda Zonda shamoli sabab vaqti-vaqti bilan chang va boʻronlar kirib keladi, bu holat esa hududda juda quruq iqlim hukm surishiga olib keladi[4]:69.
Provinsiyaning eng gʻarbiy qismida Puna vodiysi joylashgan boʻlib, asosan Antofagasta de la Sierra departamenti hududini qamrab olgan[2][4]:76. Ushbu hududning aksariyat qismi choʻldan iborat boʻlib, yogʻingarchilik juda kam kuzatiladi. Yogʻingarchilikning asosiy qismi yozda kuzatiladi[4]:76. Ushbu holat provinsiyani Tinch okeanidan keladigan nam havodan toʻsib turadigan togʻlar bilan bogʻliq[2]. Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik shimoldan janubga va sharqdan gʻarbga tomon kamayib boradi. Baʼzi hududlarda yillik yogʻingarchilik 50 millimetrni tashkil qiladi. Hududning iqlimi balandda joylashganligi tufayli oʻzining past harorati bilan ajralib turadi. Issiqlik harorati yuqori boʻlib, past namlik va yuqori quyosh radiatsiyasi tufayli 40 °C gacha yetadi.
Tarixi
tahrirIspaniya imperiyasi kelishidan oldin, hozirgi Catamarcaning koʻp qismida Diaguitasning tub aholisi, shu jumladan shafqatsiz Calchaquí qabilasi istiqomat qilgan. 1558-yilda Juan Pérez de Zurita San Juan de la Ribera de Londresga asos solgan, ammo doimiy ravishda mahalliy aholining hujumiga uchraganligi sababli uning aholisi kamligicha qolgan va yangi nomlar bilan yangi manzillarda bir necha marta qayta tashkil etilgan. Provinsiyaga oltinchi marta 1683-yil 5-iyulda Fernando de Mendoza Mate de Luna tomonidan asos solingan va u yangi aholi punktini San Fernando del Valle de Catamarca nomi bilan tashkil qilgan.
1776-yilda Río de la Plata vitse-qirolligi tashkil etilgach, Catamarca Salta provinsiyasi qoʻl ostida Subintendencia unvonini olgan. 1821-yilda provinsiya oʻz muxtoriyatiga ega boʻlishni talab qilib chiqdi va Nicolás Avellaneda y Tula (Nicolás Avellanedaning bobosi) provinsiyaning birinchi gubernatori etib saylandi.
Catamarca nomi kechua tilidagi cata „qiyalik“ va marca „qalʼa“ soʻzlari yoki aymara tilidagi catán „kichik“ va marca „shahar“ soʻzlari qoʻshilishidan kelib chiqqan degan fikrlar mavjud.
Catamarca 1888-yilgacha, yaʼni provinsiyada jadallik bilan kengayib borayotgan temir yoʻllar paydo boʻlgunga qadar Argentinaning qolgan qismidan togʻlar sabab ajralib qolgan. Keng, unumdor vodiylari va quruq, qulay ob-havosi bilan muhojirlarni oʻziga jalb qilgan Catamarca tez orada Livan va Erondan kelgan muhojirlar tomonidan xush koʻriladi, ularga Catamarca koʻchib kelgan oʻz uylaridagi kabi unumdor, bogʻlar bilan qoplangan togʻ vodiylarini eslatardi.
Catamarcaga kelgan ana shunday oilalardan biri boʻlgan Saadilar mahalliy savdo va siyosatda (masalan, qoʻshni La Riojadagi suriyalik menemlar kabi) mashhurlikka erishgan. 1949-yilda yangi tayinlangan provinsiyaga Vicente Saadi gubernator etib saylandi. 1988-yilda Saadi vafot etgach, uning oʻrniga oʻgʻli Ramon rahbarlik kursisiga oʻtiradi. 1990-yilda esa Saadilar oilasining yaqin doʻstlari mahalliy aholidan boʻlgan oʻsmir qiz, Maria Soledad Moralesni shafqatsizlarcha oʻldirishda ishtirok etishgan. Shu voqea sabab gubernator Saadining mashhurligi yanada oshdi va bu unga juda qimmatga tushdi. Chunki, 1991-yilda Catamarca aholisi gubernatorlik saylovida birinchi marta Radical Civic Union (UCR) nomzodi boʻlgan Arnoldo Castilloni rahbarlik oʻrnini egallashi uchun ovoz bergan. Biroq, hali ham izdoshlari soni koʻpligi sababli Saadi Senatga saylangan va u bugungi kunda Argentina Prezidenti Cristina Kirchnerning ittifoqchisi hisoblanadi, ammo hanuz gubernator oʻrni UCR nomzodlari rahbarligi qoʻl ostida qolmoqda.
Demografiyasi
tahrir2022-yilgi Argentina aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Catamarca provinsiyasida 429,556 nafar aholi istiqomat qiladi[6]. Provinsiya aholisining yillik oʻsish surʼati 2.35‰, zichligi esa bir kvadrat kilometrga 4.2 kishini tashkil qiladi. Aholi sonida shahar aholisi hissasi 77.14% ga teng (2010).
Iqtisodiyoti
tahrirCatamarca Argentina provinsiyalari ichida eng kichik iqtisodiyot hajmiga ega, ammo u doimiy rivojlanib bormoqda[7]. Provinsiyaning 2006-yildagi iqtisodiyoti yalpi ichki mahsuloti hajmi 1.728 milliard AQSh dollarini yoki aholi jon boshiga 5,284 AQSh dollarini tashkil etgan. Bu koʻrsatkich mamlakatning milliy oʻrtacha koʻrsatkichidan 40 foizga past[8]. Argentinadagi boshqa hududlarnikiga qaraganda kamroq diversifikatsiyalangan qishloq xoʻjaligiga ega Catamarca iqtisodiyotida bu soha hech qachon muhim rol oʻynamagan (ishlab chiqarishga 5% dan kam hissa qoʻshadi). Provinsiya chorvachiligida qariyb 200 ming qoramol, 100 ming qoʻy va 150 ming echki boqiladi. Oyoq va ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarining avj olishi baʼzan ishlab chiqarishni toʻliq salohiyatga erishishiga toʻsqinlik qilgan boʻlsa-da, ushbu hayvonlardan yiliga 7,000 tonna mol goʻshti, 5 tonna qoʻy/qoʻzi goʻshti va 10 tonna choʻchqa goʻshti yetishtiriladi[manba kerak]. Pucara, Tinogasta va Copacabananing beda dalalarida boqilgan katta miqdordagi qoramollar tarixan San-Fransisko dovoni orqali Shimoliy Chiliga haydalgan va 1910-yillarda Boliviya bozori uchun xachirlar yetishtirilgan.
Oʻtmishda provinsiyada togʻ-kon sanoati muhim ahamiyatga ega edi. 1990-yillarning boshlarida bu sohadagi faoliyat pasaydi va bugungi kunda u iqtisodiyotning 20% dan ortigʻini tashkil etmoqda. Catamarcada dunyodagi eng yirik mis-oltin konlaridan biri – Bajo de la Alumbrera joylashgan boʻlib, u yiliga taxminan 600,000 unsiya oltin va 190,000 tonna mis ishlab chiqaradi. Konda 1,000 dan ortiq odam ishlaydi va bu sohada federal hamda provinsiya hukumatlariga yuzlab million dollar soliq va boshqa toʻlovlar toʻlanadi.
Catamarca qishloq xoʻjaligi asosiy eʼtiborni yogʻoch (yongʻoq), uzum, zaytun, sitrus mevalar, paxta va tamaki yetishtirishga qaratadi va ushbu sohalarga hukumat iqtisodiy oʻsishni osonlashtirish uchun soliq imtiyozlarini beradi[manba kerak], lekin hozircha ushbu faoliyat salbiy natijalarga ega va nazoratsiz qoldirilmoqda.
Turizm Catamarca iqtisodiyotiga kamroq hissa qoʻshadi[manba kerak], provinsiyadagi mehmonxonalar va boshqa turdagi turar-joylar 3,465 dan ortiq oʻringa ega. Ushbu sohaga katta umidlar qaratilgan boʻlsa-da, infratuzilmaning yetishmasligi, tadbirkorlikning xizmat koʻrsatishga va oʻqitishga yoʻnaltirilganligi hamda umumiy korrupsiya madaniyati sabab turizm hali ham mahalliy iqtisodiyotning kuchli elementiga aylanmagan. Togʻlar va geologik shakllangan landshaftlar provinsiyaning asosiy diqqatga sazovor joylari boʻlib, u Antofagasta de la Sierra, Balcones del Valle, Aconquijaning qor bilan qoplangan choʻqqilari va San-Fransisko dovoni kabi manzillarni oʻz ichiga oladi. Castillo Administratsiyasi (1991–2003) davrida davlat mablagʻlari evaziga bunyod etilgan San-Fransisko dovoni ustidagi yoʻl rivojlanmagan Tinogasta okrugida savdo va turizm munosabatlarini shakllantira olmadi[manba kerak]. Madaniy diqqatga sazovor joylar qatoriga Catamarca shahri, Las Huellas del Inca arxeologik bogʻi, Ibtidoiy jamiyat davriga oid petrogliflar kiradi, shuningdek, provinsiya mahalliy musiqa, qoʻl ishlari va vinolari bilan ham sayyohlarni jalb etadi.
Transporti
tahrirCatamarcadan San Martingacha 98 km janubga choʻzilgan Ruta 33, Catamarca shimolida San Pedro orqali Tucuman provinsiyasigacha 228 km ga choʻzilgan 38-yoʻl, Córdoba provinsiyasidan shimoli-gʻarbda 577 kilometr masofada joylshgan va La Guardia shimoli-gʻarbidan (qisman La Rioja orqali) Chili davlatigacha Paso de San Francisco (balandligi 4,722 metr) dovoni orqali oʻtadigan 60-yoʻl, La Guardiadan shimolda 38– va 157-yoʻllar boʻylab 103 km masofada joylashgan Friasga oʻtadigan, bu yerda Villa San Martin (Santiago del Estero)dan gʻarbga ketuvchi 89-yoʻl bilan tutashadigan 64-yoʻl hamda San Pedrodagi Tucuman provinsiyasi shimoligacha choʻzilib, Las Cañas yaqinidagi 64-magistral bilan birikadigan 157-yoʻl provinsiyadagi asosiy magistrallar qatoriga kiradi. Catamarcada Coronel Felipe Varela nomidagi xalqaro aeroport ham faoliyat olib boradi.
Hukumati va siyosati
tahrirProvinsiya hukumati odatdagi uch tarmoqqa boʻlinadi: xalq tomonidan saylangan va Vazirlar Mahkamasini tayinlaydigan gubernator boshchiligidagi ijro etuvchi hokimiyat, qonun chiqaruvchi hokimiyat hamda Oliy sud rahbarligidagi va bir nechta quyi sudlardan iborat boʻlgan sud hokimiyati.
Provinsiyaning rasmiy qonunlari Catamarca provinsiyasi konstitutsiyasida jamlangan.
Argentinada qonun ustuvorligini Argentina federal politsiyasi taʼminlaydi, biroq qoʻshimcha ravishda Catamarca provinsial politsiyasi tomonidan ham faoliyat yuritadi.
1991-yilda Radical Civic Unionning Catamarcadagi boʻlimi va kichik mahalliy partiyalar tomonidan tashkil etilgan Civic and Social Front of Catamarca siyosiy partiyasi mamlakat siyosatida oʻziga xos oʻringa ega. Catamarca gubernatorligi oʻrniga Radical Civic Uniondan nomzod qilib koʻrsatilgan Arnoldo Castillo (1991–1999), keyinchalik uning oʻgʻli Oscar Castillo (1999–2003) va hozirda Eduardo Brizuela del Moral egalik qilib kelishgan.
Siyosiy boʻlinishi
tahrirProvinsiya 16 ta departamentga (ispancha: departamentos) boʻlinadi.
Departamentlar:
- Ambato departamenti (La Puerta)
- Ancasti departamenti (Ancasti)
- Andalgalá departamenti (Andalgalá)
- Antofagasta de la Sierra departamenti (Antofagasta de la Sierra)
- Belén departamenti (Belén)
- Capayán departamenti (Huillapima)
- Capital departamenti (San Fernando del Valle de Catamarca)
- El Alto departamenti (El Alto)
- Fray Mamerto Esquiú departamenti (San José)
- La Paz departamenti (Recreo)
- Paclín departamenti (La Merced)
- Pomán departamenti (Saujil)
- Santa María departamenti (Santa María)
- Santa Rosa departamenti (Bañado de Ovanta)
- Tinogasta departamenti (Tinogasta)
- Valle Viejo departamenti (San Isidro)
Taniqli shaxslari
tahrir- Calu Rivero – Catamarca televideniyesida ishlagan ilk model va jurnalist
- Emilio Caraffa – postimpressionist rassom
- Daniel Díaz – futbolchi
- Mamerto Esquiú – ruhoniy
- Vicente Saadi – Justicialist Party siyosatchisi
Manbalar
tahrir- ↑ „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 „Weather and Geography“ (es). Gobierno de Catamarca. 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Clima“ (es). Gobierno de Catamarca. 2016-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 4,8 Paoli, Héctor; Bianchi, Alberto; Yanez, Carlos; Volante, José; Fernández, Daniel „Recursos Hídricos de la Puna, Valles y Bolsones Áridos del Noroeste Argentino“ (es). Instituto Nacional de Tecnología Agropecuaria (2002-yil sentyabr). 2017-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-noyabr.
- ↑ „Censo 2022“. Instituto Nacional de Estadística y Censos, República Argentina. INDEC. Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
- ↑ „Nuevos datos provisorios del Censo 2022: Argentina tiene 46.044.703 habitantes“. Infobae (2023-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
- ↑ „TelluBase—Argentina Fact Sheet (Tellusant Public Service Series)“. Tellusant. Qaraldi: 2024-yil 11-yanvar.
- ↑ „El déficit consolidado de las provincias rondará los 221.500 millones este año“ (es). Instituto Argentino para el Desarrollo de las Economías Regionales. 2015-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
Havolalar
tahrir- Rasmiy veb-sayti (ispancha)
- Tarixi (ispancha)
- Muhim tarixiy maʼlumotlar (ispancha)
- CatamarcaWeb portali (ispancha)