Chillon qaʻlasi
Chillon qalʻasi (talaffuzi: Shillon qalʻasi fransuzcha: Château de Chillon) – Vaud kantonidagi Veytaux shahrining janubida, Jeneva koʻlida joylashgan oʻrta asr qalʻasi. Qal’a koʻlning sharqiy qismida, Montreux va Villeneuve oʻrtasidagi tor qirgʻoqda, Rona daryosining Alp vodiysiga chiqadigan boʻgʻozida joylashgan. Chillon Shveysariya va Yevropada eng koʻp tashrif buyuriladigan qal’alardan biridir[1]. Avval [[:en |Savoy xonadoni]], keyinchalik 1536-yildan 1798-yilgacha Bern kantoni tomonidan bosib olingan, hozirda esa Vaud shtatiga tegishli va Shveysariyaning milliy va madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[2].
Château de Chillon | |
---|---|
Kechqurun Chillon qal'asi, fonda Dents du Midi. | |
Umumiy maʼlumot | |
Meʼmoriy uslubi | Oʻrta asrlar |
Tasnifi | Tarixiy yodgorlik |
Shahar | Veytaux, Vaud |
Mamlakat | Shveysariya |
Koordinatalar | 46°24′51″N 06°55′39″E / 46.41417°N 6.92750°E |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | Jacques de Saint-Georges |
Vebsayt | |
chillon.ch/en | |
Chillon qaʻlasi |
Etimologiya
tahrirShveysariyalik etnolog Albert Samuel Gatschetning soʻzlariga koʻra, Chillon nomi Valdens lahjasidan kelib chiqqan boʻlib, „tekis tosh, taxta, platforma“ degan maʼnoni anglatadi. 1195-yilda tasdiqlangan Castrum Quilonis nomi esa „qoyalar bagʻrida qurilgan qalʻa“ maʼnosini bildiradi[3].
Umumiy
tahrirTarixi
tahrirQadimgi Rim davri
tahrirChillon qaʼlasi Alp togʻlari boʻylab strategik yoʻlni nazorat qiluvchi qadimgi Rim harbiy punkti sifatida paydo boʻlgan[4]. XIX asrda olib borilgan qazishmalar paytida Rim davriga oid ashyolar va bronza davriga oid qoldiqlar ham topilgan. Rimliklar tomonidan X asrda kvadrat shakldagi donjon (qurol-aslaha minorasi) qurilgan. XIII asrdagi manbalar esa Chillon qaʼlasi tarixini Sion episkopligi bilan bogʻlaydi.
Savoy davri
tahrirQalʻaning qurilishi haqida aniq sanalar yoʻq, lekin qalʻaga oid dastlabki yozma manbalar 1005-yillarda paydo boʻlgan[5]. Bu qalʻa Burgundiyadan Buyuk Sankt-Bernard dovonigacha boʻlgan yoʻlni nazorat qilish uchun qurilgan[4]. 1150-yilda graf Umbert III Hautcret qalʻani boshqarayotgan feodal Savoy grafi vassali Gaucher de Blonay boʻlgan holda, sistersiy rohiblariga Chillonga bepul kirish huquqini bergan.
XII asrning oʻrtalaridan boshlab qalʻa Jeneva koʻlidagi kemalar flotini boshqaruvchi Savoy graflarining yozgi qarorgohi boʻlgan[4]. Qalʻa 1248- va 1266-yillarda graf Pyotr II tomonidan yanada kengaytirilgan[6]. Bu davrda qalʻa derazalari usta Sent-Jorj Jeyms tomonidan bezatilib, keyinchalik Uelsdagi Harlech qalʻasida ham deraza ishlarini bajargan deb hisoblanadi[7].
Chillon qamoqxona sifatida
tahrirXVI asrdagi Din urushlari davrida Savoy gersoglari Chillon qal’asidan mahbuslarni saqlash uchun foydalanganlar. Ushbu qal’aning eng mashhur mahbusi, ehtimol, Jenevada avliyo Viktordan oldingi rohib va siyosatchi Fransua de Bonivard boʻlgan. U Jenevada rohib sifatida faoliyat yuritgan va 1530-yilda oʻz vatanini Savoy gersoglariga qarshi himoya qilgani uchun qamoqqa tashlangan[4]. Olti yil davomida Bonivard zanjirlarining yetgan masofasi doirasida qadam tashlab yurgan va uning yoʻli qal’ada saqlanib qolgan.
Bern davri
tahrir1536-yilda qal’a Jeneva va Bern qoʻshinlari tomonidan bosib olindi va barcha mahbuslar, shu jumladan de Bonivard ozod qilindi. Qal’a 1733-yilda Chillon davlat qamoqxonasiga aylantirilgunga qadar Bern pristavining qarorgohi boʻlib xizmat qildi [4].
Vodois davri
tahrir1798-yilda fransuz tilida soʻzlashadigan Vaud kantoni, nemis tilida soʻzlashadigan Bern hukumatini tarqatib yuborib, Leman respublikasini tuzilganligini eʼlon qildi. Vaudois fransuz qoʻshinlaridan Shveysariya avtonomiyasini saqlab qolish uchun yordam soʻradi. Fransuzlar qal’ani egallab olganlarida, Chillon qal’asi oʻq-dorilar va qurol-yarogʻ ombori sifatida xizmat qilgan [4].
Turizm
tahrirXVII asrning oxiridan boshlab, qal’a butun dunyo boʻylab yozuvchilar va shoirlarni, jumladan Jean-Jacques Rousseau, Victor Hugo, Aleksandr Dyuma, Gustav Flober, Meri Shelli va Lord Bayronni oʻziga jalb qildi. 1939-yilga kelib, qal’aga uning sayyohlik maskaniga aylangan Montreuxga yaqinligi tufayli yiliga 100,000 dan ortiq sayyohlar tashrif buyurdi. 2005-yilga kelib, bu raqam 300 mingga yetdi[8].
Chillon qal’asi sayyohlar uchun ochiq va kirish uchun chipta sotib olinadi. Qal’aning veb-saytida koʻrsatilishicha, ushbu qal’a „Shveysariyaning eng koʻp tashrif buyuriladigan tarixiy yodgorligi“ hisoblanadi[9]. Yaqin atrofda avtoturargohlar va avtobus bekatlari mavjud. Qal’aning ichida katta yotoqxona, zal va doʻkonlar, jumladan, dam olish joylari mavjud. Mehmonlar toʻrtta katta zal, uchta hovli va bir qator yotoq xonalarini, shu jumladan Savoy gersogi tomonidan egallab olingan va 14-asr devoriy rasmlari bilan bezatilgan Kamera dominini koʻrishlari mumkin[10].
Galereya
tahrir-
Chillon qal'asi va avtomobil yo'li
-
Janubdan ko'rinishi
-
Tepadan ko'rinishi
-
Oldi tomoni
-
Chillon qal'asi
-
Grafning katta zali
-
Qasr hovlisi
-
Jorj Gordon Bayronning zindondagi imzosi
-
Chateau du Chillon muallifi Gustave Courbet, 1875-yil
-
Chillon qal'asi, tepadan ko'rinishi
-
Shuningdek qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Mc Currach, Ian. „One Hour From: Geneva“. The Independent (2003-yil 27-aprel). Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
- ↑ „Swiss inventory of cultural property of national and regional significance“. A-Objects. Federal Office for Cultural Protection (BABS) (2018-yil 1-yanvar). 2016-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-sentyabr.
- ↑ Jaccard, Henri. Essai de Toponymie. La Société d'Histoire de la Suisse Romande, 1867. ISBN 978-1-141-93817-9.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 de Fabianis, p. 175.
- ↑ Auguste Guignardning Chillon asariga koʻra (Chillon qalʻasini qayta tiklash uyushmasining sobiq kotibi), ushbu manba Ruckstuhl SA (Renens, Shveysariya) tomonidan 1996-yilda nashr etilgan: „Chillonga oid eng qadimgi tarixiy hujjat 1005-yilda yozilgan boʻlib, unda qalʻa Sion episkoplariga tegishli boʻlganligi va uning boshqaruvi d’Alinge oilasiga ishonib topshirilgani koʻrsatilgan.“
- ↑ Cox 1967.
- ↑ Taylor, Arnold (1985). Studies in Castles and Castle-Building. London. The Hambledon Press.
- ↑ Andoza:HDS
- ↑ „Chillon Website - Main Page“. Chillon.ch. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.
- ↑ „Chillon Website - Rooms“. Chillon.ch. 2008-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-yanvar.