Chimqoʻrgʻon suv ombori
Chimqoʻrgʻon suv ombori — Qashqadaryoning oʻrta oqimida qurilgan gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyati hududida, Qarshi shahridan 60 km sharqda. Chimqoʻrgʻon suv ombori qurilishi 1958-yilda boshlangan. 1960-yildan doimiy foydalanishga topshirildi. Toʻla sigʻimi 500 mln. m³, foydali sigʻimi 450 mln. m³. Suvi yuzasi sathi 49,2 km², suv ombori oʻzan tipida. Uzunligi 17,5 km, maksimal chuqurligi 30 metr, oʻrtacha chuqurligi 17,2 metr. Qashqadaryo oqimini mavsumiy tartibga solish uchun moʻljallangan. Qashqadaryo viloyatining Qamashi, Qarshi, Gʻuzor va Koson tumanlaridagi 188 ming ga (gektar) yerni sugʻoradi. Chimqoʻrgʻon suv ombori tarkibiga tuproqli toʻgʻon, minorali suv chiqargich, quyi byefda joylashgan chap sohil (27 m³/s) va oʻng sohil (22 m³/s) bosh taqsimlagichlari kiradi. Toʻgʻon balandligi 33 metr. Minorali suv chiqargich sugʻorish uchun suv berish va ayni vaqtda ortiqcha suvni chiqarib tashlash uchun moʻljallangan (suv oʻtkazish imkoniyati 350 m³/s).[1]
Chegaralari
tahrir- Shimoliy chegarasi — Qoratepa, Durmon qishloqlari.
- Gʻarbiy chegarasi — Birdoli, Tuqboy, Gʻishtli qishloqlari.
- Sharqiy chegarasi — Chimqoʻrgʻon, Paxtaobod qishloqlari.
- Janubiy chegarasi — Balandchayla, Kulyomgʻir qishloqlari.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |