Chodak masjidi — Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (XVIII-asr). Xonaqoh va uch tomoni ayvondan iborat.

Masjid
Chodak jome masjidi
Saidjalol-Xo'ja Jomei Masjid
Mamlakat  O'zbekiston
Hudud Namangan
Chodak Pop Tumani
Manzil Chodak
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Loyiha muallifi Saidjalol Xo'ja
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali hom gʻisht
Holati amaldagi

Tuzilishi

tahrir

Masjidning toʻgʻri burchakli ustunli xonasi uch tomonli ayvon bilan mutanosib qurilgan. Qoʻsh sinchli, poydevori toshdan, devori xom gʻishtdan terilgan. Xonaqoh va ayvon serhasham bezatilgan[1]. Masjid (37x11,2m) boʻlib koʻndalang yoyilgan kompozitsiyadan iborat. Ustunli toʻsinli konstruktsiya masjid tomining tekis boʻlishiga xizmat qilgan. Namozxonlarga moʻljallangan bu binoning bezakli pardozi uni mahobatli meʼmorchilikning nodir yodgorliklari qatoriga qoʻyadi. Turli koʻrinishdagi ustunlar, ganchdan oʻymakorlik bilan devorga ishlangan naqshli lavhalar, xona va ayvonning gul solingan 66 shifti katta badiiy qimmatga ega boʻlgan. Fargʻona vodiysiga xos yagona koʻrinishni vujudga keltiradi. Chodak qishlogʻida 1865-yilda katta yer suv egasi boʻlgan Ismatillo Qori oilasida dunyoga kelgan farzandiga Saidjalolxoʻja deb ism qoʻydilar. Saidjalolxoʻja 25 yil Chodak, Gʻurumsaroy, Pungon, Chorkesar qishloqlarida mingboshilik qilgan[2].

Bu shaxs har yili otalaridan qolgan meros va yer suv, ekinlardan olingan daromad hisobiga qishloq aholisining oʻta nachorlariga zakot berib kelgan, yetim-yesirlarning xatna va nikoh toʻylarini oʻtkazgan[3].

Saidjalolxoʻja mingboshi oʻz shaxsiy mablagʻlari hisobidan 1905-yilda Chodak madrasasini qurdirgan. Shuningdek, bu kishi tomonidan 1908 — 1910-yillarda Chorkesar qishlogʻida Imomota mozoridagi masjid, Gʻurumsaroy qishlogʻidagi masjid (1952-yilda buzilib ketgan) va Chust tumani Zuvutqand qishlogʻidagi masjid ham bunyod etilgan. Oktabr toʻntarishidan keyingi uzoq yillarda boy tarixiy meʼmorchilik obidasi boʻlgan, mingboshi qurdirgan Chodakdagi madrasa tazyiqlar natijasida tashlandiq holga kelib, turli tashkilotlar uchun klub, omborxona va boshqa maqsadlarda ishlatildi. Lekin qatagʻon yillarida ham sadoqatli kishilarning say’i harakatlari tufayli ushbu nafis sanʼat obidasi buzilib ketishdan saqlanib, avlodlar uchun katta meʼros boʻlib qoldi. 1975—1977-yillarda yodgorlik qayta taʼmirlandi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Chodak jome masjidi“. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. „Chodak jome masjidi“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.