Doira (cholgʻu asbobi)

(Daffdan yoʻnaltirildi)

Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi. Doira - zarbli cholgʻu asboblar guruhiga kiradi.

Doirachi.1865-1872-yillarda olingan bu suratda oʻrta osiyolik doirachi aftini burishtirib kuy chalayotgani tasvirlangan.

Tarixi

tahrir

Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.

20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.

Tuzilishi

tahrir

Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.

Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.

Chalish usuli

tahrir

Doirani chalishda qoʻllaniladigan ritm birliklari (naqralar) haqida qadimiy manbalarda yozilgan. Doira usuli odatda ikki xil zarbdan iborat. Biri — bak (baka, bako, bakka, bakko). Bak doira gardishiga yaqin joyga urilganda chiqadigan tovushdir. Ikkinchi zarb — bum. Bumni chalish uchun barmoqlarni choʻzib doiraning oʻrtaroq qismiga uriladi.

Havolalar

tahrir