Daniel Ceballos Fernández (1996-yil 7-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, La Liga klubi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasida markaziy hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Dani Ceballos
Dani Ceballos.jpg
Ceballos Real Madrid safida, 2018
Shaxsiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi

Daniel Ceballos Fernández[1]

Tavallud sanasi

(1996-08-07) 7-avgust, 1996[2]

Tavallud joyi

Utrera, Ispaniya

Boʻyi

1.79 m (5 ft 10 in)[3]

Pozitsiyasi

Markaziy yarimhimoyachi / Hujumkor yarimhimoyachi[4]

Klubi haqida maʼlumot
Joriy klubi

Real Madrid

Raqami

19

Yoshlikdagi karyerasi
2004-2009

Sevilla

2009-2011

Utrera

2011-2014

Real Betis

Professional karyerasi*
Yillar

Jamoa

Ishtirok

(Gol)

2014-2017

Real Betis

98

(7)

2014

Real Betis B

4

(0)

2017-

Real Madrid

46

(5)

2019-2021

Arsenal (ijora)

49

(0)

Milliy terma jamoa
2014-2015

Ispaniya U19

13

(0)

2015-2019

Ispaniya U21

29

(8)

2021

Ispaniya Olipmpiya termasi

2

(0)

2018-

Ispaniya milliy terma jamoasi

11

(1)

Sovrinlari
Menʼs football
 Ispaniya safida
Olimpiya oʻyinlari
Silver medal — second place Tokiyo 2020 Jamoa
 Ispaniya safida
UEFA U-21 Yevropa Chempionati
Gʻolib 2019
Finalchi 2017
 Ispaniya safida
UEFA U-19 Yevropa Chempionati
Gʻolib 2015

*Club domestic league appearances and goals, correct as of 22:34, 20 May 2022 (UTC)

‡ National team caps and goals, correct as of 14:20, 22 July 2021 (UTC)

Seballos oʻz faoliyatini Ispaniyaning „Real Betis“ klubida boshlagan va jamoasining Segunda divizionida gʻalaba qozonishga yordam bergan. U 2017-yilda „Real Madrid“ bilan shartnoma imzolab, ikki yildan soʻng Angliya Premyer-ligasining „Arsenal“ klubiga ijaraga berilgan .

Klublardagi karyerasiTahrirlash

Real BetisTahrirlash

 
Seballos „Real Betis“ mashgʻulot maydonida, 2015-yil

Ceballos Andalusiyaning Utrera shahrida tugʻilgan[5]. U 2004-yilda sakkiz yoshida „Sevilya“ning yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi, ammo surunkali bronxit muammosi tufayli 2009-yilda safdan chiqdi[6]. Keyinchalik ona shahri „Utrera“ klubida oʻynadi va 2011-yilda shartnoma imzolaganidan soʻng „Real Betis“ bilan rivojlanishini davrini yakunladi[7]. 2014-yilning 22-fevralida hali yosh boʻlishiga qaramay, „Betis“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi[8].

2015-yilning 15-oktabrida, uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Seballos „Betis“ klubi bilan shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi[9]. U Ispaniya chempionatidagi ilk golini 2017-yil 16-aprelda o‘z uyida „Eibar“ga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan[10].

Real MadridTahrirlash

2017-yilning 14-iyulida Sebalos La Liganing „Real Madrid“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzoladi[11], uning transfer narxi taxminan 18 million yevroni tashkil etgan edi[12]. U 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi-2017 javob uchrashuvining 80-daqiqasida Toni Kroos o‘rniga maydonga tushdi va jamoa o‘z maydonida "Barselona" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi[13]. 23-sentabr kuni „Deportivo Alaves“ ustidan mehmonda 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi[14].

Arsenal (ijara)Tahrirlash

2019-yilning 25-iyulida Seballos Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qo‘shildi[15]. 17-avgust kuni „Arsenal“ safida „Byornli“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyindagi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[16]. 3-oktyabr kuni Sebalos UEFA Yevropa ligasining 2019-20 yilgi mavsumi guruh bosqichida „Standart Liej“ga qarshi uy uchrashuvida 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Arsenal“ libosidagi debyut golini kiritdi[17]. 2020-yilning 28-iyunida u Angliya kubogi 2019-20 chorak finalida 1:2 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda qo‘shib berilgan vaqtda Sheffild Yunayted darvozasiga hal qiluvchi ikkinchi golini urdi[18]. U finalda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, „Arsenal“ "Uembli" stadionida „Chelsi“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi[19].

"Real Madrid"ga qaytishTahrirlash

2022-yilning 28-mayida Sebalos 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida 90-daqiqada Luka Modrich o‘rniga maydonga tushdi, bu o‘yinda „Real Madrid“ "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi[20].

Xalqaro maydonda…Tahrirlash

 
Sebalos Ispaniya terma jamoasi libosida, 2019

2014-yil 5-noyabrda Sebalos Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi[21] va Germaniya, Fransiya[22] hamda Gretsiyaga qarshi oʻyinlarda terma jamoa sharafini himoya qildi[23]. 2015-yilning 26-martida 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi safida debyut oʻyinini o‘tkazdi, Kartagenada Norvegiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda Samu Castillejoning o‘rniga maydonga tushdi[24]; toʻrt kundan soʻng, Leonda u Belarus ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi startini amalga oshirdi[25].

Seballos 2018-yilning 11-sentabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya ustidan 6:0 hisobida g‘alaba qozonilgan bahsda kattalar jamoasidagi ilk o‘yinini oʻtkazdi[26]. Mamlakat terma jamoasi libosidagi ilk golini 15-noyabr kuni Zagrebda ayni raqibga qarshi va ayni oʻsha musobaqa doirasidagi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[27].

Karyera statistikasiTahrirlash

2022-yil 10-avgust holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalardagi ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga Kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Real Betis 2013-14[28] La Liga 1 0 0 0 1 0
2014-15[29] Segunda División 33 5 2 0 35 5
2015-16[30] La Liga 34 0 4 0 38 0
2016-17[31] La Liga 30 2 1 0 31 2
Jami 98 7 7 0 105 7
Real Betis B 2014-15[29] Segunda División B 4 0 4 0
Real Madrid 2017-18[32] La Liga 12 2 5 0 4 0 1 0 22 2
2018-19[33] La Liga 23 3 6 0 3 0 2 0 34 3
2021-22 La Liga 11 0 2 0 5 0 0 0 18 0
2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 46 5 13 0 12 0 4 0 75 5
Arsenal (ijara) 2019-20 Premier League 24 0 5 1 2 0 6 1 37 2
2020-21 Premier League 25 0 0 0 3 0 12 0 40 0
Jami 49 0 5 1 5 0 18 1 77 2
Karyera boʻyicha jami 197 12 25 1 5 0 30 1 4 0 261 14

XalqaroTahrirlash

2020-yil 13-oktyabr holatiga ko'ra[34]
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlardagi ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ispaniya 2018 5 1
2019 4 0
2020 2 0
Jami 11 1

SovrinlarTahrirlash

Real Betis

  • Segunda divizioni: 2014-15[35]

Real Madrid

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2019-20[44]

Ispaniya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015[45]

Ispaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019-yil[46]; ikkinchi oʻrin: 2017[47]

Ispaniya Olimpiya jamoasi

Individual

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2017[49]
  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017[50]

ManbalarTahrirlash

  1. „Acta del Partido celebrado el 30 August 2014, en Sevilla“ [Minutes of the Match held on 30 August 2014, in Seville] (in Spanish). Royal Spanish Football Federation. Retrieved 15 June 2019.
  2. Page Module:Citation/CS1/styles.css has no content.„FIFA Club World Cup UAE 2017: List of Players: Real Madrid CF“ (PDF).
  3. Page Module:Citation/CS1/styles.css has no content.„Dani Ceballos: Overview“.
  4. Page Module:Citation/CS1/styles.css has no content.„Dani Ceballos: Profile“. worldfootball.net.
  5. „Ceballos turns 22“. Real Madrid CF (7-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  6. Aguado. „'Dani Nike', la perla que brilla en el Betis y dejó escapar el Sevilla“ (es). El Desmarque (4-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  7. González, M.. „Dani Ceballos, las lágrimas de una madre por un sueño“ (es). ABC (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 26-may 2014-yil.
  8. „El Betis ata a una joya con alma de entrenador“ (es). Cuenta con la Cantera (22-fevral 2014-yil). 7-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-may 2014-yil.
  9. „El bético Dani Ceballos renueva hasta 2020“ (es). Mundo Deportivo (15-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2016-yil.
  10. Espina, José A.. „Joaquín, Adán y Ceballos salvan al Betis y también a Víctor“ (es). Diario AS (16-aprel 2017-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  11. „Comunicado oficial: Dani Ceballos“ (es). Real Madrid CF (14-iyul 2017-yil). Qaraldi: 14-iyul 2017-yil.
  12. „Ceballos rejects Barcelona to agree six-year Real Madrid contract“. Marca (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2017-yil.
  13. Bull, JJ. „Real Madrid 2 Barcelona 0 (5–1 on aggregate): Woeful Barca dismissed as Zinedine Zidane's unstoppable side win Super Cup“. The Daily Telegraph (16-avgust 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2017-yil.
  14. Sánchez, Jesús. „Tomen nota de Ceballos“ (es). Marca (23-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  15. „Dani Ceballos and William Saliba sign for Arsenal“. BBC Sport (25-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  16. Aarons, Ed. „Lacazette and Aubameyang give Arsenal the edge over sturdy Burnley“. The Observer (17-avgust 2019-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
  17. Doyle, Tom. „Arsenal vs Standard Liege highlights: Watch Europa League goals – Martinelli, Willock, Ceballos“. London Evening Standard (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 19-iyul 2020-yil.
  18. „FA Cup: Arsenal's Dani Ceballos scores late winner against Sheffield United“. BBC Sport (28-iyun 2020-yil). Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  19. Hytner, David. „Aubameyang at the double as Arsenal turn tables on Chelsea to win FA Cup“. The Guardian (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  20. „Liverpool 0–1 Real Madrid“. UEFA (28-may 2022-yil).
  21. González, N.. „Dani Ceballos tampoco estará en el duelo del Betis en Zaragoza“ (es). Marca (5-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  22. „Dani Ceballos, titular en el triunfo de España sub 19“ (es). ABC (15-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  23. „Dani Ceballos participa en otra victoria de España sub 19“ (es). ABC (17-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  24. Muñoz. „REPORT – Spain beats Norway and strengthens the team (2–0)“. Royal Spanish Football Federation (26-mart 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  25. „España 4–0 Bielorrusia: Bienvenidos al show de Gerard Deulofeu“ (es). Goal.com. Perform Group (30-mart 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  26. Dunne, Robbie. „Spain – Croatia match report: UEFA Nations League“. Diario AS (11-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2018-yil.
  27. „Croatia 3–2 Spain“. UEFA (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
  28. „Dani Ceballos: Matches: 2013–14“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  29. 29,0 29,1 „Dani Ceballos: Matches: 2014–15“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  30. „Dani Ceballos: Matches: 2015–16“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  31. „Dani Ceballos: Matches: 2016–17“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  32. „Dani Ceballos: Matches: 2017–18“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  33. „Dani Ceballos: Matches: 2018–19“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  34. „Ceballos, Dani“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmerman. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  35. Pineda, Rafael. „Las siete claves del ascenso del Betis“ (es). El País (25-may 2015-yil). Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  36. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  37. „Acta del Partido celebrado el 13 de agosto de 2017, en Barcelona“ (es). Royal Spanish Football Federation. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  38. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  39. „Dani Ceballos“. Real Madrid.
  40. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  41. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  42. „Match report: Real Madrid Club de Fútbol – Grêmio Foot-Ball Porto Alegrense“. FIFA. 18-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi.
  43. „Club World Cup 2018: Final: Real Madrid – Al Ain FC 4:1: Match details“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  44. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  45. „Final: Spain 2–0 Russia: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  46. „Final: Spain 2–1 Germany: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  47. „Final: Germany 1–0 Spain: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  48. „Tokyo Olympics: Brazil defend gold medal, down Spain in extra time of men's soccer final“. cbssports.com (7-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  49. „Spain's Dani Ceballos named Player of the Tournament“. UEFA (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
  50. „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (1-iyul 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.