Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy

Abdusalom Dehotiy Pirmuhammadzoda (1911.14.3, Samarqand yaqinidagi Bogʻi Maydon qishlogʻi1962.30.1, Dushanbe) — tojik shoiri, dramaturg . Asarlarida "Pirmuhammadzoda", "Navqalam", "Hardamxayol", "Dehotiy" taxalluslarini qoʻllagan. Oʻzbekiston pedagogika akademiyasida tahsil koʻrgan (1930—31). Faoliyatini "Haqiqati Oʻzbekiston" gazetasi (1931—34)da boshlagan. Tojikiston davlat nashriyotining Samarqand boʻlimida ishlagan (1934—35). Ilk hikoyasi — "Baxtiqaro Hamida" (1929). "Uch manzara" (1932), "Mehnat qoʻshiqlari" (1934), "Sheʼrlar va hikoyalar" (1940), "Tanlangan sheʼrlar" (1949) toʻplamlari bor. "Vose qoʻzgʻoloni" operasining librettosi (M. Tursunzoda bilan hamkorlikda, 1938), "Togʻdagi nur" (1947) hamda "Komde va Mudan" (195153) dramalarini yozgan. Dehotiy tojik xalq ogʻzaki ijodiga oid "Tojik xalq yumori" (1938) kitobi hamda oʻzbek shoirlari haqidagi maqolalar ("Junaydulla Maxdum Hoziq", 1940; "Buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy", 1948) muallifi. Abdulla Qahhornnng "Shohi soʻzana" (1953), B. Rahmonovning "Yurak sirlari" dramalarini, Muqimiy, H. Olimjon, N. Hikmat sheʼrlarini tojik tiliga tarjima qilgan.

Abdusalom Dehotiy
Tavalludi 14-mart 1911-yil
Vafoti 30-yanvar 1962-yil(1962-01-30)
(50 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Kasbi adabiyot
Ijod qilgan tillari Tojik tili
Fuqaroligi Tojikiston

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil