Denis Lemi Zakaria Lako Lado (talaffuzi: Denis Zakariya; 1996-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Juventusdan ijaraga olingan Premyer-liganing Chelsea klubida va Shveysariya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Denis suit
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Denis L Lako Lado[1]
Tavallud sanasi 20-noyabr 1996-yil (1996-11-20) (27 yosh)[2]
Tavallud joyi Geneva, Switzerland
Boʻyi 1.89 m[3]
Ampluasi Defensive midfielder[2]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
(on loan from Juventus)
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2015 Servette
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2015 Servette 6 (2)
2015-2017 Young Boys 50 (2)
2017-2022 Borussia Mönchengladbach 125 (11)
2022- Juventus 11 (1)
2022-Chelsea (loan) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2014-2015 Switzerland U19 8 (2)
2015-2016 Switzerland U21 8 (0)
2016- Switzerland 45 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

Servet tahrir

Shveysariyaning Jeneva shahrida tugʻilgan Zakaria[4] dastlab mahalliy Servette klubida oʻynay boshlagan[5].

Young Boys tahrir

Zakaria 2015-yilning iyun oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Young Boysga oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6]. Shveysariya Superligasida debyutini 2015-yilning 18-iyulida Zürich klubiga qarshi safarda, 79-daqiqadan so‘ng Alexandr Gerndt o‘rniga maydonga tushib o‘tkazdi[7].

Borussia Mönchengladbach tahrir

2017-yilning iyun oyida Zakaria Borussia Mönchengladbach klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Zakaria uchun „Young Boys“ga toʻlangan transfer narxi 10 million yevroga baholangandi[8]. Borussia Mönchengladbach klubi safida 125 ta o‘yinda jami 11 ta gol urgan[5].

Juventus tahrir

2022-yilning 31-yanvarida, shartnomasi tugashiga olti oy qolganida, Zakaria A Seriyaning Juventus klubiga 4 yarim yillik shartnoma asosida[5][9] 4,5 million yevroga o‘tdi[5]. 6-fevral kuni Zakaria debyutida Hellas Veronaga qarshi oʻyinning 61-daqiqasida gol udi[10].

Chelseaga ijaraga tahrir

2022-yil 1-sentabrda Zakaria Premyer-liganing Chelsea klubiga 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berildi[11]. 2022-yil 2-noyabrda Zakaria „Chelsea“dagi debyutini klubning UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida o‘tkazdi, Zagrebning „Dinamo“ siga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi[12].

Xalqaro faoliyati tahrir

Zakaria turli Shveysariya yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Shveysariyada tugʻilgani va otasi janubiy sudanlik va onasi kongolik boʻlganligi sababli Shveysariya, Janubiy Sudan yoki Kongo terma jamoalarida oʻynashi mumkin edi[13].

Zakaria 2016-yilning 28-mayida Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) Shveysariya terma jamoasi safida debyut qildi[14]. 2016-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoa tarkibiga tanlandi[14]. 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibga kiritilgan edi.

2019-yil may oyida Zakaria 2019-yilgi UEFA Millatlar Ligasi finalida oʻynadi[15]. UEFA Yevro-2020 uchun Shveysariya terma jamoasining 26 kishidan iborat tarkibiga kiritilgan[16]. 2021-yilning 2-iyulida Shveysariyaning Ispaniyaga qarshi chorak final o‘yinida avtogol urdi va jamoasi bilan penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi[17].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klubda tahrir

9-noyabr, 2022-yil[18]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Servette 2014—2015 Shveysariya Challenge Ligasi 6 2 0 0 6 2
Young Boys 2015—2016 Shveysariya Superligasi 27 1 3 0 3 0 33 1
2016—2017 Shveysariya Superligasi 23 1 4 0 7 0 34 1
Jami 50 2 7 0 10 0 67 2
Borussia Mönchengladbach 2017—2018 Bundesliga 30 2 3 0 33 2
2018—2019 Bundesliga 31 4 1 0 32 4
2019—2020 Bundesliga 23 2 2 0 6 0 31 2
2020—2021 Bundesliga 25 1 2 0 5 0 32 1
2021—2022 Bundesliga 16 2 2 0 18 2
Jami 125 11 10 0 11 0 146 11
Juventus 2021—2022 Serie A 9 1 3 0 1 0 13 1
2022—2023 Serie A 2 0 2 0
Jami 11 1 3 0 1 0 15 1
Chelsea (ijara) 2022—2023 Premyer liga 0 0 0 0 1 0 1 1 2 1
Career Jami 191 16 20 0 1 0 23 1 0 0 235 17


Xalqaro tahrir

6-dekabr, 2022-yil [19]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Shveysariya 2016-yil 3 0
2017-yil 6 0
2018-yil 9 1
2019-yil 10 2
2020-yil 0 0
2021-yil 12 0
2022-yil 5 0
Jami 45 3
Ballar va natijalar roʻyxati birinchi boʻlib Shveysariyaning gollari soni, ballar ustuni Zakarianing har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Denis Zakaria tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/r Sana Joy Kep Raqib Hisob Natija Musobaqa Manba
1 2018-yil 8-sentyabr Kybunpark, Sankt-Gallen, Shveysariya 13   Islandiya 2-0 6-0 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi A [20]
2 2019-yil 23-mart Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya 19   Gruziya 2-0 2-0 UEFA Yevro-2020 saralashi [21]
3 2019-yil 8-sentyabr Turbillon stadioni, Sion, Shveysariya 24   Gibraltar 1-0 4-0 [22]

Yutuqlari tahrir

Individual

  • Shveysariya Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2016—2017[23]
  • Shveysariya Superligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2016—2017

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Switzerland“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „Denis Zakaria“ (german). borussia.de. Borussia Mönchengladbach. 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
  3. „FIFA World Cup Qatar 2022: List of players: Switherland“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  4. Wuillemin, Dominic. „Zackig“ (de). Berner Zeitung (2015-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „OFFICIAL | Zakaria joins Juventus!“ (en). Juventus.com (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-yanvar.
  6. „U19-Nationalspieler Zakaria zu den Young Boys“ (de). Berner Zeitung (2015-yil 26-iyun). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  7. „FC Zürich vs. BSC Young Boys - 18 July 2015 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2015-yil 29-avgust.
  8. „Bis 2022: Zakaria unterschreibt in Gladbach“ (de). kicker Online (2017-yil 9-iyun). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  9. Borussia Mönchengladbach (2022-yil 31-yanvar). „DENIS ZAKARIA MOVES TO JUVENTUS“. Press-reliz.
  10. „Vlahovic and Zakaria score on Juventus debuts in Verona win“ (en). CNA. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-fevral.
  11. „Zakaria goes on loan to Chelsea from Juventus“. Chelsea F.C. (2022-yil 2-sentyabr).
  12. „Chelsea 2–1 Dinamo Zagreb“. BBC Sport (2022-yil 2-noyabr).
  13. „Zackig“. Berner Zeitung.
  14. 14,0 14,1 „Switzerland include three teenagers in final squad for Euro 2016“. ESPN FC (2016-yil 30-may). Qaraldi: 2017-yil 9-iyun.
  15. „Pickford the hero in England shootout win“. BBC Sport.
  16. The Athletic Staff. „Switzerland's full 26-man Euro 2020 squad“. The Athletic. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  17. „Watch video: Zakaria's own goal gifts Spain early lead in Euro 2020 QF against Switzerland“. Free Press Journal. Qaraldi: 2021-yil 2-iyul.
  18. „Denis Zakaria“. SofaScore. Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
  19. „Denis Zakaria“. EU-Football.info (2018-yil 25-iyun).
  20. „Switzerland-Iceland - UEFA Nations League“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2018-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  21. „Georgia-Switzerland - European Qualifiers“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2019-yil 23-mart). Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  22. „Switzerland-Gibraltar - European Qualifiers“. UEFA.com. Union of European Football Associations (2019-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 12-aprel.
  23. „SAFP Golden 11 2016“ (en-US). Golden11 (2017-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.