Dilnozaxon Kattaxonova

Mustaqil tadqiqotchi, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori.

Dilnozaxon Kattaxonova (toʻliq ismi: Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi) – mustaqil tadqiqotchi, siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD). 2020-yildan buyon Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari[1]. „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishoni va „Doʻstlik“ ordeni sohibasi.

Kattaxonova Dilnozaxon Sobir qizi
Yoshlar ishlari agentligi direktori o’rinbosari
Mansab davri
2020-yil
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-iyul 1991-yil (1991-07-02) (32 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari
Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 10-iyul, 2022-yil(2022-07-10) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Hayoti tahrir

1991-yil 2-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan.

2014-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining bakalavriatini bitirgan.

2016-yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining magistraturasini tamomlagan.

2014—2016-yillarda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashining Ijtimoiy-huquqiy loyihalar boʻlimi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan.

2017-yil 5-iyulda Yoshlar masalalari boʻyicha Respublika kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisining oʻrinbosari etib saylangan.

2018—2020-yillari „Kamalak“ bolalar tashkiloti raisi lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi. 2022-yil mart oyida ilmiy ishini himoya qilib, PhD diplomi olgan.

2020-yil 10-iyul kuni yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi[2].

2023-yil boshidan boshlab yana mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilingan.

2023-yil 20-dekabr kuni Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[3].

Mukofotlari tahrir

  • Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan birinchilardan boʻlib taqdirlangan.
  • 2020-yilda Davlat idoralaridagi Top-40 istiqbolli rahbarlar roʻyxati shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar Top-35 taligidan, 2021-yilda esa Top-40 davlat tuzilmalari, muassasalari, yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollar roʻyxatidan oʻrin olgan[4].
  • 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining „Maʼnaviyat aʼlochisi“ hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining „Xalqlar doʻstligi“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[5].
  • 2021-yil 30-iyun „Yoshlar kuni“da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan[6].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir