Dok-1 Maks — dori vositasi. Ishlab chiqaruvchisi Marion Biotech Pvt. Ltd.[1]. Hindistonda ishlab chiqarilgan. Tarkibi paratsetamol, gvayfenezin, fenilefrin gidroxloridi[2].

Farmakoterapevtik guruhi

tahrir

Analgetik antipiretik guruhga mansub boʻlib xalqaro farmokologik kodi ATX N02BE51[3].

Farmakologik xususiyati

tahrir

Farmakokinetikasi

tahrir

Paratsetamol — oshqozon-ichak traktida(MIT) soʻriladi, qabul qilinganidan 10-60 daqiqadan soʻng plazmada eng yuqori konsentratsiyaga koʻtariladi.

Gvayfenezin — oshqozon-ichak traktida tez soʻriladi (isteʼmol qilingandan 25-30 daqiqa oʻtgach). Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim yemirilish davri 1 soat. U peshob bilan nofaol metabolitlar shaklida chiqadi.

Fenilefrin gidroxlorid — ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin soʻtilish jarayoni sekin kechadi. Ichak devori va jigar orqali oʻtish paytida monoamin oksidaza (MAO) ishtirokida metabollanadi. Qabul qilingan dozaning bir qismi peshob bilan oʻzgarmagan holda chiqadi.

Farmakodinamikasi

tahrir

Dori tarkibidagi paratsetamol oʻrganib qolishni chaqirmaydigan analgetik hisoblanadi. Bundan tashqari paratsetamol antipiretik va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi dori vositasi hamdir. Taʼsir mexanizmi prostaglandin sintezini ingibirlash va markaziy asab tizimidagi siklooksigenaza fermentini (COX-1, COX-2) bloklash bilan bilan bogʻliq boʻlib, termoregulyatsiya markaziga va gipotalamusdagi ogʻriq retseptorlariga taʼsir qiladi. gvayfenezin esa baʼlgʻam koʻchiruvchi vosita hisoblanadi. Balgʻamning sirt tarangligini va yopishqoqlik xususiyatlarini pasaytiradi, bu balgʻamning nafas olish yoʻllaridan evakuatsiya qilinishni osonlashtiradi. Fenilefrin gidroxloridi vazokonstruktiv taʼsirga ega, yuqori nafas yoʻllarining shilliq pardalari va nazal sinuslarning shishishi hamda giperemiyasini kamaytiradi[3].

Qoʻllashga koʻrsatmalar

tahrir

Qabul qilish usuli va dozalari

tahrir

Sirop:

  • 12 yoshdan kattalar 10 mldan kuniga 3-4 marta
  • 6-12 yoshdagilar 5 mldan kuniga 3-4 marta
  • 2-6 yoshdagilar 2.5 mldan kuniga 3-4 marta[4]

Nojoʻya taʼsirlari

tahrir

Koʻp hollarda kuzatiladi

tahrir
  • Bosh ogʻrigʻi
  • Bosh aylanishi
  • Terida toshmalar toshishi
  • Koʻngil aynish
  • Qayd qilish
  • Epigastral sohada ogʻriq

Kamdan-kam kuzatiladi

tahrir

Doza koʻp qoʻllanilsa

tahrir
  • Diareya
  • Oshqozondan qon ketish
  • Psixomotor buzulishlar
  • Gipoglikemik koma
  • Nefrotoksik holatlar[3].

Qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar

tahrir

Dori tabletka va sirop shaklida ishlab chiqarilgan. Shifokor retseptisiz berilgan[2]. 2022-yil 27-dekabr holatida dori vositasi Oʻzbekistondagi barcha dorixonalardagi sotuvdan qaytarib olingan[5].

Dok-1 Maks voqeasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Dok-1 Maks tabletki“. 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 „Dok-1 Maks“. Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Dok-1 Maks (sirop)“ (rus tilida). 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  4. „Dok-1“ (rus tilida). 2022-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-dekabr.
  5. „«Dok-1 Maks» dorisi tarkibida zaharli modda — etilenglikol topildi“ (2022-yil 27-dekabr). Qaraldi: 29-dekabr 2022-yil.