Donishmandiya davlati - Kappadokiya viloyati hududida boʻlgan qad. davlat (10711165). PoytaxtiSivas sh. D. d.ga turkman amirlaridan biri — Gʻozi Ahmad ibn Ali ibn Nasr Donishmand (7—1106) asos solgan boʻlib, abbosiy xalifa Al-Qoim Biamrilloh (103175) unga oʻzi Rumda fath qilgan yerlar (Malotiya yoki Melitena, Sivas) ni inʼom etgan. Keyin, u oʻz davlati hududini Qastamuniy sh.ga qadar kengaytirganda, Niksor (Niksar) ni qamal qilayotganda shahid boʻlgan. Uning avlodlari (Gʻozi Muhammad ibn Donishmand, Yogʻiy Bason Abulmuzaffar Nizomuddin ibn Muhammad, Gʻozi Jamoluddin ibn Nizomuddin, Ibrohim ibn Muhammad ibn Donishmand, Abulfido Ismoil ibn Ibrohim) Amosiya (Pont), Anqira (Anqara), Korum va b. bir qancha shaharlarni fath etib, D. d. hududini yanada kengaytirganlar, vizantiyaliklar va salibchilarga qarshi muvaffaqiyatli urush olib borganlar, Malotiya ostonasida franklarnn tor-mor keltirganlar. D. d. 1165 y. saljuqiylar tomonidan tugatilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil