Dura-yevroposFurot daryosining oʻrta oqimi boʻyida joylashgan qad. shahar harobasi (mil. av. 300mil. 256-yil). Podshoh Salavk I tomonidan bunyod etilgan. Mil. av. 2-asrning 2-yarmidan Parfiya podsholigi, mil. 165-yildan Rim imperiyasi tarkibida. 256-yil Eron bilan boʻlgan urushdan keyin sosoniylar qoʻshini tomonidan vayron qilingan. Shaharning ijtimoiy-iqtisodiy tarixiga oid papirus va pergamentga bitilgan bizgacha saqlanib qolgan koʻpgina hujjatlar, salavkiylar davridan qalʼa, agora (xalq majlisi oʻtka-ziladigan maydon), ibodatxonalar qoldiklari, parfyanlar davridan esa saroy, devoriy naqsh solingan koʻplab ibodatxonalar harobalari, Rim davridan boʻlsa istehkomlar, termalar (hammomlar), cherkov, sinagoga va Mitra ibodatxonasi harobalari saqlangan. D.-Ye. Suriya bilan Eron oʻrtasidagi karvon savdosining yirik markazi hamda mamlakat chegarasidagi muhim qalʼa vazi-fasini oʻtagan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil