Estelle Getty

amerikalik aktrisa va komik

Estelle Gettleman (qizlik familyasi: Scher; 1923-yil 25-iyul, New York — 2008-yil 22-iyul, California), professional sifatida Estelle Getty nomi bilan tanilgan, amerikalik aktrisa va komik. The Golden Girls (1985—1992) sitkomidagi Sophia Petrillo obrazi bilan tanilgan. "Eng yaxshi ayol rol egasi" nominatsiyasida Oltin globus mukofotini qoʻlga kiritgan. Televizion seriallar, musiqiy yoki komedik serialdagi eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotiga sazovor boʻlgan. Aktrisa Empty Nest (1993—1995), The Golden Palace (1992—1993), Blossom (1990—1995) hamda Nurses (1991—1994) kabi teleseriallarda ham bir qancha rollarni ijro etgan[2][3][4].

Estelle Getty
Tavalludi
Estelle Scher

25-iyul 1923-yil
Vafoti 22-iyul 2008-yil(2008-07-22)
(84 yoshda)
Los Angeles, California, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa, komik
Faoliyat yillari tax. 1940-2001-yillar[1]
Turmush oʻrtogʻi
Arthur Gettleman
(turm. 1947; vaf. 2004)
Bolalari 2 nafar

Faoliyati tahrir

1982-yilda 60 yoshga kirganda Broadwaydagi Torch Song Trilogy kinofilmida dramaturg Harvey Fierstein tasvirlagan rolga ega chiqishga muvaffaq boʻladi[5][6]. Aktrisa spektakldagi roli uchun keng maqtovga sazovor boʻlgan. Jumladan, Drama Desk mukofotini ham qoʻlga kiritgan[7]. 1985-yilda tarixdagi muvaffaqiyatli rollari aktrisaga NBCning yangi The Golden Girls sitkomida Sophia Petrillo roliga tayinlanishga katta taʼsir koʻrsatdi[8].

The Golden Girls sitkomidagi faoliyati davomida Getty oʻzining If I Knew Then, What I Know Now… So What? nomli avtobiografik asarini yozgan. Ushbu kitob 1988-yilda Steve Delsohn yordami bilan Contemporary Books tomonidan nashr etilgan[9]. Shuningdek, u 1993-yilda keksa fuqarolar uchun bajariladigan mashqlar videotoʻplani ham chiqargan[10].

Shaxsiy hayoti tahrir

Getty va Arthur Gettleman bir ziyofatda tanishib qolishadi. Toʻqqiz oy oʻtgach esa, 1947-yil 21-dekabr sanasida turmush qurishgan. Er-xotin Carl Gettleman va Barry Gettlemanlarning ona-otalari boʻlishgan. Aktrisa turmush oʻrtoʻgi bilan uning vafotiga — 2004-yil 24-sentabrda, 85 yoshida vafot etguniga qadar birga turmush qurib kelgan[11].

Oʻlimi tahrir

Getty 2008-yilning 22-iyul sanasida erta tongda Los Angelesdagi uyida vafot etdi. Oilasi soʻzlariga koʻra, uning oʻlimi „Lewy dementia“ kasalligi natijasi natijasida sodir boʻlgan. Ushbu voqea uning 85 yoshga toʻlishiga uch kun qolganda sodir boʻlgan. Aktrisa Hollywood abadiy qabristoniga dafn qilingan hamda qabr toshiga „With Love and Laughter — Sevgi va kulgi bilan“ soʻzlari va yahudiy sifatida vafot egani uchun Dovud yulduzi aks ettirilgan[12][13].

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1978 Team-Mates Oʻqituvchi
1982 Tootsie Oʻrta yoshli ayol
1983 Deadly Force Gussie
1984 No Manʼs Land Eurol Miller televizion film
1984 Victims for Victims: The Theresa Saldana Story televizion film
1985 Mask Evelyn Steinberg
1985 Copacabana Bella Stern televizion film
1987 Mannequin xonim Claire Timkin
1992 Stop! Or My Mom Will Shoot xonim Tutti Bomowski
1997 A Match Made in Heaven Betty Weston televizion film
1999 The Sissy Duckling xonim Hennypecker Ovozli, televizion film
1999 Stuart Little Estelle buvi filmdagi oxirgi rol

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol
1981 Nurse Sadie Mandler
1982 Baker’s Dozen xonim Locasale
1984 Fantasy Island Money Lady (obraz)
1984 Cagney & Lacey xonim Rosenmeyer
1984 Hotel Roberta Abrams
1985 Newhart Miriam the Librarian
1985-1992 The Golden Girls Sophia Petrillo
1987 Roomies Mama
1990 City Helen Rutledge
1990 The Earth Day Special Sophia Petrillo
1991 The Fanelli Boys Doktor Newman
1991 Blossom Sophia Petrillo
1992-1993 The Golden Palace Sophia Petrillo
1993 Nurses Sophia Petrillo
1993-1995 Empty Nest Sophia Petrillo
1996 Touched by an Angel Dottie
1996 Brotherly Love Myrna Burwell
1997 Mad About You Paulning Ida xolasi
1997 Duckman Jane xola
1998 The Nanny Oʻzi
2000 Ladies Man Sophia Gates
2001 Intimate Portrait Oʻzi
2001 Itʼs Like, You Know… Oʻzi

Manbalar tahrir

  1. „Goodbye Golden Girl: Comic actress Estelle Getty dies at 84“ (23-iyul 2008-yil). Qaraldi: 3-fevral 2021-yil. „the diminutive actress who spent 40 years struggling for success before landing a role of a lifetime in 1985“.
  2. „Estelle Getty: Matriarch of 'The Golden Girls'“ (inglizcha). The Independent (24-iyul 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2019-yil.
  3. Carlson, Michael. „Obituary: Estelle Getty“. The Guardian (24-iyul 2008-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2013-yil.
  4. Estelle Getty of 'Golden Girls' Dies at 84 (inglizcha), qaraldi: 2019-09-30
  5. Gussow, Mel. „Theatre Review: Fierstein's 'Torch Song'“. The New York Times (1-noyabr 1981-yil). Qaraldi: 24-iyun 2008-yil.
  6. Simonson, Robery. „Estelle Getty, Star of "Golden Girls, " Dies at 84“. Playbill (22-iyul 2008-yil). 13-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2013-yil.
  7. „Estelle Getty“ (inglizcha). Playbill. Qaraldi: 26-iyun 2021-yil.
  8. „Rue McClanahan on the casting of 'The Golden Girls'“. EmmyTVLegends.org. 2020-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2020-yil.
  9. „Estelle Getty Biography (1923—2008)“. FilmReference.com. Qaraldi: 13-oktabr 2013-yil.
  10. Glenn Haas, Jane. „Estelle Getty leads a workout for seniors“. The Baltimore Sun (31-dekabr 1993-yil). 14-oktabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2013-yil.
  11. „Arthur Gettleman Obituary“. Miami Herald (27-sentabr 2004-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2019-yil.
  12. Estelle Getty of 'Golden Girls' Dies at 84 (inglizcha), YouTube, qaraldi: 30–sentabr 2019–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  13. Weber, Bruce. „Estelle Getty, 'Golden Girls' Matriarch, Dies at 84“. The New York Times (23-iyul 2008-yil). Qaraldi: 30-sentabr 2019-yil.

Havolalar tahrir