Felicity Ace

yuk tashuvchi kema

37°31′43″N 28°59′08″W / 37.52861°N 28.98560°W / 37.52861; -28.98560

Felicity Ace
Felicity Ace (Rotterdam porti, Niderlandiya).
Tarix
Nomi: Felicity Ace
Egasi:

2005—2011-yillarda Aurora Car Maritime Transport

2011—2022-yillari Snowscape Car Carriers
Operator: Mitsui O.S.K. Lines
Roʻyxatdan oʻtgan porti:  Panama, Panama shahri
Quruvchisi: „Shin Kurushima“ kemasozlik zavodi
Raqami: 5306
Qurish boshlangan: 2004-yil 9-dekabr
Dengizga tushirilishi: 2005-yil 2-iyul
Tugallandi: 2005-yil 5-oktyabr
Identifikatsiya:

Dengiz chaqiriq belgisi: 3ECX4 IMO raqami: 9293911

MMSI raqami: 371427000
Qismati: Yongʻin tufayli choʻkib ketgan
Umumiy tavsif
Sinfi va turi: yuk tashuvchi kema
Turi: trasport vositalarini tashuvchi rolker
Vazni: 60 118 tonna
Suv sigʻimi: 17 738 tonna
Uzunligi: 199,99 metr
Eni: 32,26 metr
Suvga botishi: 9,2 metr
Tezligi: 41 km/soat
Felicity Ace (Atlantika okeani)
Felicity Ace

Felicity Ace — yuk tashuvchi kema (rolker)[1][2]. Kema 2005-yilda „Shin Kurushima“ kemasozlik zavodi tomonidan qurilgan, Panamada roʻyxatdan oʻtkazilgan bu kema Yaponiyaning Mitsui O.S.K Lines kompaniyasi tomonidan boshqarilgan. Kema 2022-yilning fevralida Azor orollari janubida suzayotganida yonib ketib, yongʻin natijasida mart oyi boshida okeanga cho‘kib ketadi[3].

Tavsifi

tahrir

Felicity Ace avtomobillar va yuk mashinalarini maxsus tashishga moʻljallangan rolker. Kemaning uzunligi 199,9 metr[4], eni 32,3 metr, suvga botishi 9,7 metrni tashkil etgan. Kemaning suv sigʻimi 17 738 tonna, vazni esa 60 118 tonnani tashkil qilgan[5]. Kemaga quvvati 15 286 kilovatt boʻlgan bitta dizelli dvigatel oʻrnatilgan. Bu dvigatel orqali kema soatiga 41 km tezlikda suzgan[5]. Kema Yaponiyaning Imabari shahridagi „Shin Kurushima“ kemasozlik zavodining Ōnishi boʻlimida Mitsui O.S.K. Lines kompaniyasi uchun qurilgan[6]. Kema 2004-yil 9-dekabrda qurilishi boshlanadi va 2005-yil 2-iyulda suvga tushiriladi. Kema 2005-yil 5-oktyabrda qurib bitkazilib, Mitsui O.S.K. Lines kompaniyasiga topshirilgan. Kema Panama bayrogʻi ostida suzish huquqi bilan Aurora Car Maritime Transport SA mulki deb roʻyxatdan oʻtkazilgan. 2011-yili kema Mitsui O.S.K. Lines kompaniyasi boshqaruvi ostida Snowscape Car Carriers SA mulki sifatida roʻyxatdan oʻtkazildi.

2022-yildagi falokat

tahrir

2022-yil 10-fevral kuni Felicity Ace kemasi Germaniyaning Emden shahridagi portdan, bortida Volkswagen konserniga tegishli boʻlgan 3965 ta avtomobillar (jumaladan, Volkswagen, Audi, Porsche, Lamborghini, Bentley modelidagi avtomobillar) bilan suzib chiqib ketadi[4][7][8][9][10][11]. Bu avtomobillarning umumiy bahosi 500 mln yevroni tashkil qilgan[12].

Shuningdek, avtomobillar orasida Volkswagen ID.4 va Audi Q8 e-tron elektromobillar, uchta SEAT Ateca krossoveri, 15 ta Lamborghini Aventador LP 780-4 Ultimae (har birining chakana narxi taxminan 500 ming AQSh dollari) bor boʻlgan. Ultimae Lamborghini Aventadorning soʻnggi rusumi boʻlib, falokat paytida bu avtomobilni ishlab chiqarish toʻxtatilgandi[13]. Bundan tashqari, kema bortida turli xil xususiy yengil va yuk avtomobillar, koʻplab traktorlar ham mavjud boʻlgan[14].

 
Felicity Ace kemasi

2022-yil 16-fevralda AQShning Rod-Aylend shtatidagi Davisville (talaffuzi: Deyvisvill) ga qarab, Shimoliy Atlantikada suzib ketayotgan kemada yongʻin chiqadi[3][15][16][17]. Bu vaqtda kema Azor orollaridagi Terceira (talaffuzi: Terseyra) orolidan 320 km uzoqlikda suzayotgandi[18]. Kema kapitanining Reuters axborot agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, kemadagi yongʻin elektromobillarning biridagi litiy-ionli akkumulyatorning yonishidan kelib chiqqan va uni faqat maxsus abob-uskunalar bilan oʻchirish mumkin boʻlgan[15][19]. OAVdagi maʼlumotlardan farqli ravishda, yongʻinga elektromobil sababchi boʻlgani mavhumdir. Kema ekipajlarning 22 aʼzosi Portugaliya harbiy dengiz kuchlari tomonidan qutqarib qolinadi[3][4][16][20][21]. Kema Portugaliya harbiy dengiz kuchlariga tegishli boʻlgan, Azor orollarining janubi-gʻarbida taxminan 170 km uzoqlikda suzayotgan NRP Setúbal patrul kemasi tomonidan kuzatilgan boʻlib, ular yongʻinning oʻchishini va kemani qirgʻoqga chiqishini kutishayotgandi[22]. 18-fevralda kemani qutqarish uchun Niderlandiyadagi Smit International kompaniyasi bilan shartnoma tuziladi[15][23]. Yongʻinni oʻchirish uchun Gibraltardan oʻt oʻchirish uskunlari bilan jihozlangan ikkita yirik buksirga (shatakchi kema) buyurtma beriladi. Shuningdek, 23-fevral yoki 24-fevralda Rotterdamdan oʻt oʻchirish uskunlari bilan jihozlangan qutqaruv kemasi ham yetib kelishi kerak edi[24]. Portugaliya harbiy dengiz kuchlari vakili soʻzlariga asosan Felicity Ace kemasini oʻlchami kattaligi sababli Azor orollaridagi portga olib kelinishi dargumon boʻlgan[25]. Kema bir haftda davomida nazoratsiz holda yonib suzishda davom etgan. Smit International kompaniyasining qutqaruv guruhi kemaga chiqishga muvaffaq boʻlishadi, kemadagi yongʻin oʻchirilib, kemani buksirga ulash imkoniyati vujudga keladi[26].

 
Felicity Ace kemasi

2022-yil 1-martda kema agʻdarilib, choʻkib ketadi[16][27]. Mitsui O.S.K. Lines kompaniyasi vakili xabariga koʻra, kema oʻng bortdan 45° ga egila boshlab, kutilmaganda mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9 da, Azor orollaridan 350 km uzoqlikda boʻronli dengizga agʻdariladi. Dengiz neft bilan ifloslanganligi haqidagi maʼlumotni Mitsui O.S.K. Lines kompaniyasi tasdiqlay olmaydi. Portugaliya harbiy deniz kuchlari maʼlumotiga koʻra, dengizning yuza qismida kema parchalari va neft qoldiqlari koʻringan, kema choʻkkan hududning chuqurligi 3 ming metrni tashkil qilgan.

Yongʻin tufayli Porsche 1117 ta[28], Audi 1944 ta, Bentley 189 ta[4], Lamborghini 85 ta, Volkswagen 561 ta avtomobillaridan ayriladilar[29][30]. Russell Group kompaniyasi zarar yetgan avtomobillar bahosi kamida 155 mln AQSh dollari ekanligini maʼlum qlishdi[15]. Tahlilchilar esa avtomobillarga yetkazilgan zarar 334 mln AQSh dollaridan 401 mln AQSh dollarigacha boʻlgan deb hisoblashadi[31][32].

Manbalar

tahrir
  1. „Felicity Ace“ (ingliz tilida). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  2. „Felicity Ace“ (ingliz tilida). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 „To‘rt mingta qimmatbaho mashina ortilgan kema Atlantikada cho‘kib ketdi“ (2022-yil 2-mart). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Bortida taxminan 4 mingta qimmatbaho avtomobillar bo‘lgan yuk kemasi yonib ketdi“ (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  5. 5,0 5,1 „Felicity Ace“ (ingliz tilida). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  6. „Felicity Ace (IMO 9293911) - Vehicles Carrier“ (ingliz tilida). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  7. Max Hägler. „Führerlos im Atlantik: 3965 VW-Autos“ (nemis tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  8. „Burning Ship Drifts In Atlantic With Lamborghinis, Porsches, Audis Aboard“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  9. „Felicity Ace: Portuguese ship carrying Porsche & Volkswagen cars catches fire in Atlantic Ocean“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  10. Kumkum Sharma. „Luxury Supercars worth ₹11.8 Billion of VW Group burnt and drowned in the Ocean of Atlanta“ (ingliz tilida) (2022-yil 17-mart). 2022-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  11. Mattijn Nederend. „Dit waren alle auto’s op de gezonken Felicity Ace, inclusief een paar bijzondere exemplaren“ (nemis tilida) (2022-yil 5-aprel). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  12. Thomas Stölzel. „4000 Autos in Brand auf „Felicity Ace“: Das passiert jetzt mit dem brennenden Autofrachter“ (nemis tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  13. Joey Capparella. „Lamborghini Finally Delivered the Final Aventador“ (ingliz tilida) (13-oktyabr 2022-yil). 2022-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  14. Sebastian Blano. „Lamborghini, VW, Audi Cars in 'Felicity Ace' Ship Fire to Be Replaced“ (ingliz tilida) (2022-yil 17-mart). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  15. 15,0 15,1 15,2 15,3 „To‘rt mingta mashina ortilgan kema bir haftadan buyon yonmoqda“ (2022-yil 22-fevral). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Azor orollari yaqinida 4000 ta qimatbaho mashina bo‘lgan kema cho‘kib ketdi“ (2022-yil 2-mart). 2022-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
  17. Jennifer Korn. „A cargo ship full of luxury cars is on fire and adrift in the middle of the Atlantic“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  18. Vimal Patel. „Ship Carrying 1,100 Porsches and Other Luxury Cars Is Burning and Adrift“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  19. „Golem.de: IT-News für Profis“ (nemis tilida). 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  20. „Helicóptero da Força Aérea resgata 22 tripulantes de navio após incêndio a bordo“ (ingliz tilida) (2022-yil 17-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  21. Vimal Patel. „Ship Carrying 1,100 Porsches and Other Luxury Cars Is Burning and Adrift“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  22. „4000 VW-Fahrzeuge geladen: Autofrachter brennt im Atlantik – Mannschaft gerettet“ (nemis tilida) (2022-yil 18-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  23. Anna Driftschröer, Sina Osterholt. „Dieses Unternehmen soll den brennenden Autofrachter löschen“ (nemis tilida) (2022-yil 21-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  24. „Felicity Ace car carrier sank“ (ingliz tilida) (2022-yil 16-fevral). 2022-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  25. Jonathan Franklin. „A burning cargo ship full of Porsches and VWs is adrift in the mid-Atlantic“ (ingliz tilida) (2022-yil 17-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  26. „VW-Frachter brennt nicht mehr und ist durch Schlepper gesichert“ (nemis tilida) (2022-yil 25-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  27. Eric Haun. „Burnt Car Carrier Felicity Ace Sinks“ (ingliz tilida) (2022-yil 1-mart). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  28. Felix Page. „Porsche CEO: "up to us" to replace 1000 cars lost in ship fire“ (ingliz tilida) (2022-yil 18-mart). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  29. Sebastian Cenizo. „These Are The Amazing Cars That Were Destroyed In The Atlantic Ocean“ (ingliz tilida) (2022-yil 6-aprel). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  30. Sebastian Bell. „Here’s The Entire Manifest Of Cars Aboard Sunken Felicity Ace Cargo Ship“ (ingliz tilida) (2022-yil 5-aprel). 2022-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  31. Monica Raymunt. „Burnt-Out Ship Carrying Porsches and Lamborghinis Sinks in Rough Seas“ (ingliz tilida) (2022-yil 1-mart). 2022-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.
  32. Monica Raymunt. „VW fears most of its cars on burning ship are beyond salvage“ (ingliz tilida) (2022-yil 25-fevral). 2022-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-dekabr.