Ar-Rashid billoh
arabcha: الراشد بالله
Xalifa<brAmir al-Moʻminin
Bagʻdod xalifaligining 30-xalifasi
Bagʻdodda Bagʻdod xalifaligi
Saltanat 1135-yil 29-avgust – 1136-yil 17-avgust
Oʻtmishdoshi Al-Mustarshid
Davomchisi Al-Muqtafiy
Tugʻilishi 1109
Bagʻdod, Bagʻdod xalifaligi
Vafoti

1138-yil 6-iyun (29 yoshda)

Isfahon, Eron
Farzandlari Jaʼfar
Toʻliq nomi
Abu Jaʼfar Mansur ibn al-Fadl al-Mustarshid ar-Rashid billoh
Era nomi va maʼlumotlar
Soʻnggi Abbosiylar davri: XII asr
Sulola Abbosiylar
Otasi Al-Mustarshid
Onasi Xushf
Dini Islom, sunniylik

Abu Ja'far al-Mansur ibn al-Fadl al-Mustarshid billoh (arabcha: أبو جعفر المنصور بن الفضل المسترشد بالله), ar-Rashid billoh (arabcha: الراشد بالله) shoh nomi bilan mashhur (1109–1138-yil 6-iyun), 1135–1136-yillarda Bagʻdodda hukmronlik qilgan Abbosiylar xalifasi. 1135-yilda otasi al-Mustarshidning o‘rniga xalifalik taxtiga o‘tirgan. 1135-yildan to 1136-yil 17-avgust sanasida Bagʻdod aholisi unga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan vaqtga qadar 1 yil davomida hukmronlik qilgan.

Hayoti

tahrir

Ar-Rashid billoh xalifa al-Mustarshid va uning iroqlik[1] Xushf ismli kanizaklaridan birining o'g'li bo'lgan. Toʻliq ismi Mansur ibn al-Fajl al-Mustarshid, kunyasi Abu Jaʼfar. Otasi al-Mustarshid tomonidan xalifalik taxtiga merosxo'r etib tayinlangan. Shahzoda sifatida ar-Rashid umrini muhtasham Bag‘dod shahrida o‘tkazgan. Uning nomi Bag‘dod tangalarida, shuningdek, xalifa bilan birga saljuqiylar tangalarida ham zarb qilingan. 1135-yilda otasi sirli ravishda o'ldirilganidan keyin taxtga o'tirgan.

 
Ar-Rashidning otasi al-Mustarshid billohning vafoti. Xalifa 1135-yilda oʻldirilgan.

Otasi al-Mustarshid singari, ar-Rashid ham saljuqiy turklardan (harbiy jihatdan) mustaqillikka erishish uchun navbatdagi muvaffaqiyatsiz urinishdi. U otasining o‘limi uchun qasos olish maqsadida sulton G‘iyoddin Mas’udning elchisini haqorat qilgan, undan katta boylik talab qilgan va olomonni sultonning saroyini talon-taroj qilishga undagan. Bu ishlarda uni Imomuddin Zangiy qo‘llab-quvvatlab turgan. Elchisi Dubay ibn Sadaqaning o'ldirilganini eshitgan sulton Mas'ud shoshilinch tarzda poytaxtga borib, shaharni qamal qilgan. Daryo va kanallar orqali yaxshi himoyaga ega bo'lgan Bag'dod hujumga qarshilik ko'rsatgan, biroq keyinchalik keskin vaziyatdan umidsizlikka tushgan xalifa va Zangiy Mosulga qochib ketgan. Sulton hokimiyati qayta tiklanib, kengash oʻtkazilgan, xalifa taxtdan olingan va uning amakisi al-Muqtafiy yangi xalifa etib tayinlangan.

O'limi

tahrir

Ar-Rashid Isfaxonga qochib ketgan va u yerda 1138-yilning iyun oyida 4 ta Nizoriy ismoiliy qotillar tomonidan o'ldirilgan. Uning o'limi Alamutda 1 hafta davomida nishonlangan[2].


Manbalar

tahrir
  1. الدكتور, عبد القادر بوباية ،الأستاذ. الاكتفاء في اخبار الخلفاء 1-2 ج2. Dar Al Kotob Al Ilmiyah دار الكتب العلمية, 2009 — 489-bet. 
  2. Daftary, Farhad. The Isma'ilis: Their History and Doctrines (en). Cambridge University Press, 1992 — 384-bet. ISBN 978-0-521-42974-0. 
Oblakulova/Ar-Rashid billoh
Banu Hoshim Cadet branch
Tavalludi: 1109 Vafoti: 1138-yil 6-iyun
Sunniylik unvonlari
Oldingisi Musulmon xalifalar
Abbosiy xalifalar

1135-yil 29-avgust – 1136
Keyingisi

[[Turkum:Abbosiy xalifalarning oʻgʻillari]] [[Turkum:Taxtdan tushirilgan monarxlar]] [[Turkum:XII asr Abbosiy xalifalari]] [[Turkum:1138-yilda vafot etganlar]] [[Turkum:1109-yilda tugʻilganlar]]