Qodirovahusniyaraxmatovna
TIL – MILLAT KO’ZGUSI
Annotatsiya o’zbek tilida:Ushbu maqolada o’zbek tiliga e’tibor, qadimgi turkiy tildagi ba’zi matnlar tahlili, buyuk shaxslarning fikrlari undagi dolzarb masalalar hamda ularga yechim sifatidagi takliflar keltirilgan. Annotatsiya ingliz tilida: This article focuses on the Uzbek language, the analysis of some texts in the ancient Turkic language, the opinions of great people, current issues and suggestions for future solutions. Annotatsiya rus tilida: Данная статья посвящена узбекскому языку, анализу некоторых текстов на древнетюркском языке, мнениям великих людей, актуальным проблемам и предложениям будущих решений.
Kalit so’zlar o’zbek tilida: o’zbek tili, timsol, qadimgi turkiy til, bobotil.
Kalit so’zlar ingliz tilida:Uzbek language, syombol, ancient turkic language. Kalit so’zlar rus tilida: узбекский язык, символ, древнетюркский язык, боботил
Kirish qism
tahrirInsoniyat yaralibdiki, uning tarixiy tadrijiy taraqqiyoti davomida juda katta ilmiy, iqtisodiy, ma’naviy bilimlar mujassamlashgan. Ajdodlarimiz bularni o’zidan keyingi avlodga yetkazish uchun turli vositalardan: hayvonlarning turli xil suratlari, tosh ustunlar va boshqa shakllar bilan qoldirishga harakat qilishgan. Isonniyatning dastlabki eng katta yutug’i og’zaki tilning, keyinchalik esa yozuvning paydo bo’lganidadir. Ota-bobolarimiz tarixi, milliy va ma'naviy qadriyatlarimiz bizga ona tilimiz yordamida meros bo‘lib qoldi. Xalqlar tarixi – bu ular tilining tarixi. Davlat rivojlanishi bilan davlat tili ham rivojlanadi. Xalq mustaqilligining asosiy belgisi – bu ona tili va milliy madaniyatidir. Til- hayotning boshlanishi sifatida qaralib insoniyatning umri davomida unga hamroh bo’ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o’zbek tiliga bag’ishlangan tantanada “Oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir”mavzusidagi nutqida:” - Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda-kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va taʼsir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”, - deganda juda haqli edi. O’zbek tili turkiy tilli xalqlar orasida eng ko’p tarqalgan tillardan biridir. Bu tilda hozirgi kunda jahon miqyosida oltmish milliondan ortiq aholi gaplashadi. Bu tilda bobo til sifatida qaraladigan qadimgi turkiy til davridan boshlab juda ulkan og’zaki va yozma meros jamlangan. Til tarkibidagi so’zlar davrlar o’tgani sari o’zgaradi, qaysilaridir o’zgacha ma’nolar kasb etadi. Qadimgi Turfon matnlari sifatida qaraladigan quyidagi matnga e’tiborimizni qarataylik: “Tang tangri kalti, Tang tangri o’zi kalti,Tang tangrika o’galim, tang tangrika o’galim”. Ushbu parchada tong tangrisiga murojaat qilinadi, ya’ni quyoshga, zardushtiylik dinida quyosh xudosi Mitraga Tangri, ya’ni tong eri(erkagi) deb murojaat qilingan. Hozirgi kunda biz o’zimiz sig’inadigan, yagona e’tiqodimiz timsoli bo’lgan tushunchani Alloh, Xudo,Tangri nomlari bilan ataymiz. Buyuk Allohni Tangri, ya’ni tong eri tarzida qo’llash aynan yuqoridagi fikrga misol bo’la oladi. Mahmud Qoshg’ariyning “Devon ul-lug’otit turk” asarida badiiy matnlar asar yaratilgan davrdan 5-6 asr ilgariga tegishlidir. Shuningdek “Har bir millatning dunyoda borligin anglatadurg’on oyinayi hayoti uning til va adabiyotidir”, -deganda A.Avloniy ham mutlaqo haq bo’lgan. Til insonning ijtimoiy mavqeyini, uning o’zligini, insoniylik qiyofasini belgilab beruvchi asosiy omildir. Odamning odamiyligi uning tili bilan. Hazrat Navoiy bekorga: “So’z insonni judo ayladi hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yo’q ondin”, -demagan. Ona til-bobolarimiz qo’biz-u chanqovuziga jon bag’ishlagan sehrli-sirli mo’jiza. Barcha turkiy tillarning bobo tili bo’lgan Qadimgi turkiy til. Buyuk ajdodlarimizning nolali ovozi Boysun lolalarining rangini qizartirgandir, qirlarimizda yo’llarini silkitib kishnayotgan tulporlarda qadim bobolarimiz mardonavorligi jo bo’lgandir. Ko’zingizni yumib, yuragingiz qat-qatiga sayohat qiling, unda gupurib turgan qoningizda qadim til merosining sasi jaranglab turibdi:
“Quydi bulut yag’murin, Kerib turar aq to’rin,
Qirg’a qo’ydi ul qarin,
Aqin aqar ingrashur”.
Qut bo’lib quyayotgan yomg’irga o’zining oppoq quchog’ini ochib turgan zaminni, bundan yer qorin qo’yib maysalar gurkirashini, qushlarning quvnoq sayrog’ini qaysi tilda bunchalik jozibali qilib tasvirlash mumkin. Bizning qadimgi turkiy xalqlarimizda ona qadrlangan, e’zozlangan. Hozirda xalqimiz orasida “Mehmon otangday ulug’” deyishadi, ammo bizning ota-bobolarimiz ona so’zi bilan yonma-yon, hattoki birga mehmon so’zini qo’yishgan. Qadimgi turkiylarda onalik Xudosi sifatida Umay ulug’langan, qadrlangan, unga ixlos qilingan. Hosil bo’lmasa ham, podalar yilqidan qolsa ham, rizq nasiba kamaysa ham Umayga sig’inishgan, unga iltijo qilishgan. Hozirgi kunimizda bu so’z o’zgarib “ona” shakliga kelib qoldi, arablarda ona so’zi o’rnida qo’llaniluvchi Umma so’zining berilishi ham tasodif emasdir. “Uma kelsa, qut kelur”, ya’ni “Mehmon kelsa, baraka keladi”, bu bilan “Mehmon onaday ulug’” demoqchi. Butun dunyo iqtisodining asosiy so’zi bo’lgan “tovar” so’zi ham asli qadimgi turkiy tilga mansubdir. Matnga e’tibor qaratsak:”
Qo’shni-qo’ni ag’ishqa,
Qilg’il anga ag’irliq.
Artut alib anulg’il,
Ezgu tovar o’g’urluq”,ya’ni “qo’ni-qo’shningga yaxshilik qil, agar u senga bir narsa bersa, sen undan ko’proq qilib qaytar”.Demak,”tovar” so’zi turkiy tillardan dunyo tillariga o’tib ularning tarkibini boyitgan. O’zbek tilidan boshqa tillarga o’zlashgan so’zlar juda ko’p. Ba’zi o’zbek tili imkoniyatlaridan xabardor bo’lmagan odamlar o’zbek tilini kambag’al deyishgacha borishdi. Abdulla Qodiriy: “O’zbek tilini kambag’al deguvchilarning o’zlari kambag’aldirlar. Bu tilda juda go’zal va nafis asarlar yaratish mumkin”,-deganda tamomila haq bo’lgan. “Karandash, moloko, kolbasa, uryuk, kishmish, kirpich, tayfun, uragan, utyuk” kabi qator so’zlar ham o’zbek tilidan boshqa tillarga o’zlashgan. Qadimgi turkiy tilida qo’llangan ma’lum bir so’z va qo’shimchalar hozirgi kunda qo’llansa ham, ammo ularning mavjud ekanligi sezilmaydi. Masalan, “Bardi eran qo’nuq korub qutqa saqar, Qaldi yavuz uyuq ko’rib evni yiqar”,” Bor edi erlar mehmondo’st, mehmonni Baraka deb bilardi, shunday yovuz to’da qoldiki, mehmonni ko’rganda uyuni yiqitib ketadi”.” Eran” so’zi tarkibidagi –an, hozirda “o’g’lon” so’zi tarkibida bor. “Tashqari, ichkari, so’ngra, ichra” so’zlari tarkibida –ga jo’nalish kelishigining qadimgi shakli –qaru, -karu, -ra mavjud. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Shuncha o’zgarishlarga qaramay ona tilimiz hozirgi davrgacha yashab kelayotganligi taqsinga sazovordir.
Lekin tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi masko’r holatning ham kamchiliklari ko’zga tashlanadi, ya’ni o’zbek tili yillar davomida rivojlanib unda so’zlashuvchilar sonida oshib borayotganligi bilan birga, o‘zbek tilshunosligi oldida turgan, shuningdek, rivojlanishi bilan bog‘liq muammolar anchagina. Shu o‘rinda ana shu muammolarni hal etishga e’tibor berilishi, amal qilinishi lozim bo‘lgan vazifalardan ba’zilari haqida to‘xtalmoqchimiz. Quyida ushbu fikrni bir necha dalillar orqali asoslab o’tamiz.
Muammo va kamchiliklar:
tahrirBirinchisi: Lug’at tizimi: Hozirgi kunda ko‘pchilikning e’tiborini tortayotgan, qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan masalalardan biri o‘zbek adabiy tilining, ayniqsa, lug‘atining rivojlanish yo‘llari va bunda ahamiyatli omillar masalasidir. Bu muammo o‘zbek tilshunosligida hanuz to‘la va to‘g‘ri yechimini topgani yo‘q. Har bir tilning lug‘at tarkibi shu tilning ichki imkoniyatlari asosida va o‘zga tildan so‘z o‘zlashtirish yo‘li bilan boyib, rivojlanib borishi hammaga ma’lum. Lekin ana shu ikki omilning til taraqqiyoti jarayonidagi o‘rni, ahamiyati o‘zbek tilshunosligida hanuz to‘g‘ri va aniq bahosini topmay kelyapti. O‘zbek adabiy tili lug‘at tarkibi asosan o‘z ichki imkoniyatlari asosida boyib rivojlanmoqda. Ya’ni o‘ziga xos so‘z yasash usul va vositalari yordamida yangi-yangi so‘zlar yasash, shevalardan so‘zlar o‘zlashtirish va eskirgan yoki iste’moldan chiqqan so‘zlarni yana ishga solish yo‘llari bilan boyib, rivojlanib kelyapti. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bu imkoniyatlar cheksiz emas, ya’ni hayotda paydo bo‘ladigan yangi-yangi tushunchalarni hamma vaqt ham shu tilning o‘z imkoniyatlari bilan (yangi so‘z yasash, dialektal yoki eskirgan so‘z bilan) ifodalash imkoni bo‘lavermaydi. Ana shunday hollarda yangi tushunchani ifodalaydigan o‘zga tildagi so‘z o‘zlashtiriladi. Lekin har doim ham amalda mavjud bo’lmagan soz’lar o’zlashtrilaverilmaydi va yangi so’zlar asosiz ravishda kirib kelaveradi bu holat esa o’z so’z boyligimizdan to’laqonli foydalanmasligimiz, so’zlarning ahamiyat darajasining pasayishi natijada so’zlarning eskirishiga sabab bo’ladi. Bunday holatlarni adabiyotshunoslarning qilgan tarjima asarlarida ham ko’rish mumkin. Ular o’zbek tilida kerakli so’z mavjud bo’lsa ham chet el versiyasidan foydalanishni afzal ko’rishadi. Bundan tashqari ba’zi holatlarda so’zlardan to’g’ri foydalanmaslik yoki to’laqonli mos bo’lmagan so’zlardan foydalanish holatlari ko’zga tashlanadi. Buni aynan huquqiy hujjat va huquqiy akt tushunchalarida ko’rishimiz mumkin va aynan shu yuzasidan hali ham qarama qarshi fikrlar davom etib kelmoqda. Bunga yechim sifatida esa yagona o’zbek lug’at tizmimni shakllantrish va uni rivoji uchun alohida e’tibor qaratilishi so’ragan bo’lar edik, bundan tashqari tarjimonlik bilan shug’ullanadigan adabiyotchilar faoliaytida tarjimadan chiqayotgan asarlarda lug’at bilan bog’liq bo’lgan tahlilni yo’lga qo’yish ancha samara beradi. Chunki hozirda o’zbek tilidagi ko’plab so’lar tarjima asarlar va malumot orqali kirib kelmoqda.
Ikkinchisi: Adabiyotlarning yetishmasligi. Masko’r holat o’zbek tilidagi eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi jadallik bilan rivojlanib borayotgan dunyoda malumotlarni o’rganish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday holatlarda ko’p marotaba chet el adabiyotlaridan foydalanishga to’g’ri keladi lekin ko’plab adabiyotlar hozirda til biluvchilarlar va tilshunoslar soni keskin oshgan bo’lsa ham hali ham o’zbek tiliga tarjima qilinmagam, aynan shuning uchun ham foydalanuvchilar ko’plab muammolarga duch keladi. Tarjima dasturlardan foydalangada ham bu qo’shimcha ancha vaqtni talab etadi hamda mazmunni to’la qonli yoritib berishda, so’zlarni to’g’ri ishlatishda hatto dasturlarda ham muammolar yuzaga keladi. Bunday holatlar aynan huquq va tibbiyot sohasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunga birgina misol huquq sohasining asosini tashkil etuvchi, unda juda muhim hisoblangan, paydo bo’lganiga ikki yarim ming yil bo’lgan bo’lsa ham, “Rim huquqi” asarining hali ham tarjimasi mavjud emasligidir. Yechim uchun taklifimiz shundan iboratki saviyasi baland, o’zbek tili so’z unsurlari va boyligidan to’la foydalana oladigan, bizda yetarlicha mavjud bo’lgan tilshunoslarni bir joyga to’plagan holda tarjimonlik tizimini tashkil etish va ular uchun yaetarlicha iqtisodiy va boshqa taraflama imkoniyatlar bilan to’laqonli taminlashdir.
Uchinchisi: Darsliklardagi xatoliklar. O‘zbek tilshunosligidagi asosiy nuqsonlardan biri — til hodisalarini bevosita faktlardan kelib chiqib baholamaslikdir. O‘zbek tili hodisalarini yoritish va ta’riflashda bevosita shu til asosidagi tahlildan kelib chiqmay, rus tiliga oid ilmiy adabiyotlar, grammatikalardan nusxa olib, o‘zbek tilidan ularga misol keltirish yo‘li bilan ish olib borilyapti. Bunday yo‘l bilan ishlash o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la va to‘g‘ri yoritishga imkon bermaydi. Chunki o‘zbek va rus tillari butunlay boshqa-boshqa turkumga oid tillar bo‘lib, tuzilish jihatidan o‘ziga xosliklarga ega. Binobarin, rus tiliga oid adabiyotlarda, masalan, kelishikning olti turi qayd etilar ekan, o‘zbek tilida ham oltita kelishik bor demasdan, uning nechta ekani va har bir kelishikning mohiyati shu til dalillarining tahlili asosida belgilanishi lozim. Til hodisalarining mohiyatini yoritishda, jumladan, o‘zbek milliy adabiy tilining rivojlanishi, me’yorlarining shakllanishi, boshqa tillar bilan munosabati va boshqa masalalarni yoritishda tilning taraqqiyot qonuniyatlaridan kelib chiqib, shu qonuniyatlar asosida ishlash va xulosa chiqarish kerak bo‘ladi. Aks holda to‘g‘ri xulosalarga kelish mumkin bo‘lmaydi. Bundan tashqari hozirda amalda mavjud bo’lgan darsliklarlarning aksar qismlarida ham ko’plab faktik xatolarga duch kelish mumkin. Misol uchun maktab o’quvchilari uchun ishlangan darslik qoidasida ham buyruq gapdan so’ng undov belgisi qo’yilishi takidlangan aslida esa buyruq gaplardan so’ng nuqta ishlatilishi talab etiladi. Yoki boshqa misolni oladigan bo’lsak, litsey o’quvchilari uchun ishlab chiqilgan qo’llanmada ham oddiygina v harfini hosil bo’lish o’rniga ko’ra noto’g’ri talqin qilingani ko’rishimiz mumkin. Bu holatlarni tuzatish uchun esa o’zbek tilidagi darsliklarni boshqa tillardan oddiygina nusxalamasdan o’zidan kelib chiqqan holda amalga oshirish, ularni bir biriga bog’liq va hatosiz ekanligini shuningdek yuqori sinfga o’tganda foydalaniladigan darsliklar avvalgilarini to’ldirib borishi va tizimli holda tashkil etilishi nazorat qilish kerak bo’ladi. Lekin bu jarayonga kelish uchun hozirda mavjud bo’lgan darsliklarni to’laqonlib almashtrishga to’g’ri keladi. Chunki hozirgi holat shungacha yetib kelgan.
To’rtinchisi: Ommaviy axborot vositalarida va omma oldidagi nutqlarda til resurslaridan noto’g’ri foydalanish. 1)ko’chalardagi peshlavhalardagi yozuvlar, e’lon va boshqa ko’rgazmalar yo o’zga tilda, yoki o’z tilimizda bo’lsa ham xato yozilgan. Ushbu omilning salbiy tomoni shundaki, o’z tilimizga hurmatsizligimiz orqasidan o’zbek tilida yozilgan ko’rgazmalarga e’tibor ham bermaymiz. 2)televideniye va radiodagina faqat rasmiy yoki jiddiy mavzularda olib boriladigan ko’rsatuv va eshittirishlardagina to’liq adabiy tilda gapiriladi. Aksariyat ko’ngilochar dasturlarda ona tilimiz ochiqdan ochiq masxara qilinadi yoki buzib qo’llaniladi. Chunonchi,har bir viloyatning o’z talaffuzi va sheva xususiyatlari mavjud, ma’lum darajada farq qiladi, xuddi shu farqlarni ko’ngilochar dasturlarda ko’rsatib, tomoshabinlarga kulgu ulashishadi, bu bilan hatto faxrlanishadi ham, axir bu aslida katta fojia-ku! Ma’lum bir tadbirlarda ma’lum bir millatdoshimizga sheva asosida gapirma desangiz, u buni hurmatsizlikka yoyadi, aslida butun millat to’liq va to’g’ri tushunadigan tilda gapirish butun boshli bir xalqqa hurmat emasmi?! 3)millat yoshlariga tilni singdirishning eng qulay va samarali yo’li bu -qo’shiqchilik san’atidir. Ammo ming afsuski, ba’zi qo’shiqchilarning qo’shiqlari tarkibidagi so’zlar ma’no yukiga ega emas, yoki buzib, yoki o’zga tildagi so’zlar qo’llanadi, yoki ma’lum bir sheva unsurlaridangina iborat. . Bundan oldinroq ijod qilgan qo’shiqchilar(ma’lum birlar hozir ham ijod qilishmoqda), Bobomurod Hamdamov, Ortiq Otajonov kabilar xorazmlik, Ahmadjon Shukurov buxorolik, Ma’murjon Uzoqov kabi qator buyuk san’atkorlar vodiylik, ammo qaysi birini ko’rganmizki, mazkur joy shevasida qo’shiq aytganini!?
Beshinchisi: tilni o‘rganish va o‘rgatish bilan bog‘liq barcha ishlarning uzoq yillarga mo‘ljallangan yaxlit rejasini, ko‘p jihatli programmasini ishlab chiqishdir. Shu vaqtga qadar ilmiy-tekshirish ishlarining, shuningdek, tilni o‘rganish-o‘rgatish bilan bog‘liq ishlarning yagona programma asosida olib borilmaganligi boy berilgan imkoniyatlarning, yo‘l qo‘yilgan xato va nuqsonlarning asosiy sababidir. Masalan,: Respublikamizda o‘zbek tilshunosligining barcha sohalari bo‘yicha muhim muammolarni hal eta oladigan kadrlarga egamiz. Biroq, afsuski, o‘zbek tilshunosligining ishlanishi kerak bo‘lgan muhim masalalari yaxlit holda rejalashtirilib, unga respublikadagi barcha ilmiy kuch to‘la jalb etilmayapti, aniqrog‘i, jalb etib bo‘lmayapti. Buning asosiy sababi — shu vaqtga qadar ilmiy ishlarni va o‘zbek tilini o‘rganish-o‘rgatish bilan bog‘liq barcha ishlarni tashkil etish va uni nazorat qilishda yagona boshqaruvning yo‘qligidir. tildagi muammolar masala va kamchiliklarni hal qilish uchun to’laqonli yagona tizimning mavjud emasligi. To‘g‘ri, bu sohadagi ishlarni respublika Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlari bilan oliy o‘quv yurtidagi olimlarning hamkorligida bajarish haqida juda ko‘p gapirildi, rasmiy hujjatlarda takror-takror qayd etildi va maxsus qarorlar ham qabul qilindi. Amalda esa deyarli hech narsa bo‘layotgani yo‘q. Sababi, aytilganidek, yagona boshqaruvning yo‘qligi, ya’ni bu ishlarni bajarishda Fanlar akademiyasi oliy o‘quv yurtlaridagi ishlarni boshqarish, uning ustidan nazorat o‘rnatish kabi huquqlarga ega bo‘lmaganidek, Xalq ta’limi ministrligi ham yuridik jihatdan Akademiyadagi ishlarni boshqarish, nazorat qilish, bu ishlar yuzasidan tadbirlar ko‘rish huquqiga ega emas. Ko‘rinib turibdiki, ilmiy ishlarni, shuningdek, o‘zbek tilini o‘rganish-o‘rgatish bilan bog‘liq barcha ishlarni bajarishning yagona boshqaruvi yo‘qligi tufayli, avvalo, qilinadigan ishlar to‘la holda kun tartibiga qo‘yilmayapti. Shuningdek, kun tartibiga qo‘yilgan ishlarning o‘ziga ham tegishli ilmiy muassasalar to‘la jalb etilmayapti. Bunday holatda hozirgi kun talablariga javob beradigan ishlarni amalga oshirish mutlaqo mumkin emas. Demak, til sohasidagi ishlarning tarqoqligiga, o‘zicha rejalashtirish va ishlashga qat’iy chek qo‘yish, bu sohada bajariladigan ishlarning uzoq muddatga mo‘ljallangan programmasini ishlab chiqish va shu programma asosida ish olib borish, bu ishlarning barchasida yagona boshqaruv va nazoratni amalga oshirish qayta qurish borasidagi eng asosiy vazifalardan bo‘lishi lozim. Muammoli vaziyatlarni tahlil etishda davom etish va ularga ancha chuqurroq yondashish mumkin. Lekin bizdagi kategoriyadagi cheklov bunga biroz to’sqinlik qiladi.
Boshqa soha bilan bog'lik.
tahrirMaqolaning davomiy qismi sifatida timizning o’rni haqida so’z yuritadigan bo’lsak hozirgi kunda tilimiz har bir sohada o’z o’rni va tasiriga ega misol tariqasida aynan huquq sohasini keltrishimiz mumkin. Uning kattagina qismida til ma’lum vazifalarni bajaradi shuningdek huquq sohasi ham tilning rivojlanib shakllanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, uzoq davrlardan boshlab tilning huquqqa tasiri va undagi ahamiyati ko’plab marifatparvarlar tomonidan o’rganilgan. Masalan: angliyalik Jeremiy Bentam, Italiyalining mashhur analitik huquq falsafasida nufuzli nazariyotchi Neberto Bobbilar o’z hissalarini qo’shishganlarini aytib o’tishimiz mumkin. Tildan foydalanish har qanday huquq tizimi, shuningdek, siyosat uchun ham muhim va har ikkalasi uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tildan qonunlarni kodlashda, sud jarayonlarini huquqiy holatlarini amalga oshirishda foydalaniladi. Tilni amalda tatbiq etish har qanday umumiy qonunlar to’plami uchun zarurdir. Yana bir ajralib turadigan jihat bu Qonunlar qabul qilish jarayonida tilning o’rnidir. Qonunlar hayotimizning deyarli barcha jabhasiga daxldor bo’lib, ular jamiyatda nima qila olishimiz va qila olmasligimizni tartibga solib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda huquq va burchlarimizni belgilab beradi. Qonun qabul qilishda uni ijod qilish jarayonlarida til me’yorlariga alohida etibor qaratiladi. Bunday holatlar qonunchiligimizda ham aniq keltrib o’tilgan. Qonu ijodkorligida, umuman qonunchilikda tilning ahamiyati aniq belgilab berilgan. Chunonchi, 20-moddada: Qonun loyihasi lo‘nda, aniq, oddiy va ravon tilda, normalarni turlicha izohlashni istisno etadigan tarzda yuridik atamashunoslikka rioya qilingan holda bayon qilinadi. Eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi”. 21-moddada esa Qonun loyihasi matnida tushunchalar va atamalardan foydalanish haqida quyidagicha fikrlar keltiriladi:”Qonun loyihasida foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi”. Qonunchilikda atamalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega, chunki ijtimoiy borliqda turli soha odamlari yashashadi, har birini qamrab olish, ularni Qonun doirasida aniq ifodalash uchun atamalarning ahamiyati beqiyosdir. Zarur bo‘lgan hollarda, qonunlar loyihalarida yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Qonun ijodkorligi jarayonlarida tilga bu darajada e’tibor berilisi, albatta, arzirli holat, chunki tilning huquqiy holatlarga ta’siri shu darajada yuqoriki, buni birgina tilni sharhlash jarayonlari orqali isbotlab o’tishimiz mumkin. Huquq normalarini sharhlash bu huquq manosini aniqlash va tushunish jarayonlaridir. Qonun normalarini sharhlash ularda noaniqlik jarayonlari topilganda u amaliyotga notog’ri talqin etilganda yoki ziddiyatli holatlarni keltirib chiqarganda amalga oshirilishi ta’kidlab o’tilgan, Vaholanki, aynan yuqoridagi holatlar Qonun qabul qilish va ijodkorlik jarayonidagi tilda mavjud bo’lgan so’zlardan notog’ri foydalanish yoki so’zlarning mazmun mohiyati oxirigacha anglab yetmasdan turib qo’llanilganligi va qonunlarning iste’molchilar tomonidan amalga notog’ri tatbiq etilishi natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari yana shuni takidlab o’tishimiz mumkinki, aynan tilga chuqur e’tibor berish maqsadida sharhlash usullaridan biri grammatik sharhlash hisoblanadi va unda til qoidalari bilan bog’liq bo’lgan barcha jarayonlar muhokama qilinadi va yoritilib kerakli tushunchalar beriladi. Tilning huquqiy jarayonlarga muhim ta’siridan yana biri bu undagi punktuatsiya bo’limidir. Bu nafaqat o’zbek tilidagi huquq sohasi, balki butun dunyo huquqiy faoliyat jarayonlarida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tildagi tinish belgilarning to’gri yoki noo’rin qo’lanishi orqali insonlar taqdirini ijobiy yoki salbiy tarafga o’zgartirib yuborish mumkin, bunday holatlatlar sud qarorlarida, yangi qonun, farmon, qarorlarni qabul qilish jarayonlarida, meros masalalarida, shuningdek, xalqaro miqyosdagi hujjat jarayonlarida yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Tilning huquq sohasida sezilarli o’rni bo’lgani kabi huquqning ham tilni himoyalash, uni asrab avaylash, yillar o’tgani sayin shakllantrib, jahon tillariga aylantrish borasidagi o’rni beqiyosdir. Maskur masala yuzasidan hozirda dunyoning aksar mamlakatlari turli sohalarda ko’plab ishlarni amalga oshirishgan ushbu jarayonlarni nafaqat davlatlar misolida, balki xalqaro tashkilotlar miqyosida ham ko’rishimiz mumkin. Bunday tashkilotlar sifatida turkiy davlatlar tashkiloti, YUNESKO, yevropa ittifoqi va yana bir qanchasini sanab o’tishimiz mumkin. Birgina Yevropa Ittifoqiga to’xtaladigan bo’lsak, uning asosiy qadriyatlaridan biri tilning xilma-xilligini saqlash, ularni asrash sifatida belgilangan. Yevropa Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma, Yevropa Ittifoqining faoliyati to’g’risidagi shartnomaning bir qancha moddalarida ham bu aynan belgilab qo’yilgan. 2000-yilda qabul qilingan, Lissabon shartnomasi bilan qonuniy kuchga ega bo'lgan Yevropa Ittifoqining Asosiy Huquqlar Xartiyasi tilga ko'ra kamsitishni taqiqlaydi (21-modda) va Ittifoqqa til xilma-xilligini hurmat qilish majburiyatini yuklaydi (22-modda). 2013-yilda parlament yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan Yevropa tillari va Yevropa Ittifoqidagi tillar xilma-xilligi toʻgʻrisida rezolyutsiya qabul qilib, aʼzo davlatlarni yoʻqolib borayotgan Yevropa tillariga koʻproq eʼtiborli boʻlishga va Yevropa Ittifoqining til va madaniy merosi xilma-xilligini himoya qilish va ragʻbatlantirish majburiyatini olishga chaqirdi. 2016-yil 23-noyabrda parlament imo-ishora tillari va professional surdo-tarjimonlar to‘g‘risida qaror qabul qildi. Maqsad, kar, kar-ko'r va eshitish qobiliyati zaif Yevropa Ittifoqi aholisi o'z tengdoshlari kabi imo-ishora tilini tarjima qilish, subtitrlash, nutqdan matnga va/yoki muqobil ravishda bir xil ma'lumot va aloqaga ega bo'lishlari kerakligini ta'kidlash edi. Shuningdek, 2018-yil 7-fevralda parlament Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarda ozchiliklarni himoya qilish va kamsitmaslik toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani maʼqulladi. Ushbu rezolyutsiya aʼzo davlatlarni ozchiliklar tilidan foydalanish huquqini taʼminlashga va Yevropa Ittifoqida til xilma-xilligini himoya qilishga undaydi. U bir nechta rasmiy tillar mavjud bo'lgan jamoalarda til huquqlarini hurmat qilishni yoqlaydi va Komissiyani mintaqaviy va ozchiliklar tillarini o'qitish va ulardan foydalanishni rag'batlantirishni kuchaytirishga chaqiradi. Parlament 2020- yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasida til ozchiliklarini himoya qilishni yaxshilashga intilayotgan Yevropa fuqarolari tashabbusi – Minority SafePackni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Endi esa O’zbekiston Respublikasi tomonidan o’zbek tilini sharaflash, huquqiy jihatdan himoya qilish va hozirgi kunda Yer yuzida 7 mingdan ziyod tillar bo’la turib, ularning faqat 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega tillar qatorida asrash yuzasidan qilayotgan ishlariga to’xtaladigan bo’lsak, birinchi navbatda 1989-yilning 21-oktabr sanasini eslamasdan iloji yo’q. ushbu sana o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi munosabati bilan o’zbek tilining yuksalishiga tamal toshi qo’yilgan kun sifatida tarix zarvaraqlarida va o’zbeklar xotirasida muxrlandi. Aynan shundan keyin bu sohada k’plab ishlar amalga oshirilgan bo’lib, ulardan eng asosiylaridan biri O’zbekiston Respubliksining bosh qomusi hisoblangan Konstitutsiyamizning 4-moddasida rad etib bo’lmas holatda O’zbekiston respublikasining davlat tili sifatida o’zbek tilining belgilanishi bo’ldi.
Mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi. Hozirgi kunda o‘zbek tili davlat tili sifatida siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda faol qo‘llanmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. Diplomatik va yuridik masalalarni to’g’ri yo’lga qo’yish uni xalqaro miqyosda huquqlar ko’lamini kengaytirish natijasida o‘zbek tili Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston kabi davlatlarning 60 ga yaqin universitetlari va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan chet ellik olim va tadqiqotchilar soni yil sayin ko‘paymoqda. Shu borada mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari qoshida «O‘zbek tilining do‘stlari» klublari tashkil etilayotganini taqsinga sazovordir. Sizlarga yaxshi ma’lum, yaqinda O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga, balki turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining xalqaro maqomini yuksaltirishga xizmat qiladi.O‘zbek tili siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanib, xalqaro minbarlarda baralla yangramoqda. Xorijiy mamlakatlarda tilimizga e’tibor va uni o‘rganishga qiziqish kuchaymoqda. O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash, O‘zbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida o‘zbek tilini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalish va vazifalarini hamda istiqboldagi bosqichlarini belgilash maqsadida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda bunga birgina misol O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son qarori qabul qilinganligidir.
Xulosa: “Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma’rifatli dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat va xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulkidir”, -deydi Prezedentimiz Sh.M.Mirziyoyev. Bertels:”Til-millat ruhi”,Abdulla Avloniy:”Har bir millatning dunyoda borligin anglatadurg’on oinayi hayoti uning til va adabiyotidir”,-degan fikrlari haqligini ko’rish mumkin. Haqiqatan ham shunday tili yashab qolmagan hech bir millatning o’zi ham yashab qololmaydi. So’zimizni muxtasar qilib ushbu o’z qalamimizga mansub she’r bilan fikrimizni yakunlamoqchimiz: Sahar turib salom quyosh, ey tong dedim, Yorug’likdan yorisharkan bu ong dedim, Bu ona til tiriklikka bir bong dedim,
tahrirOnajonim anglatgan jon ona tilim. Bulbul dedim,ey gul dedim, gulbog’ dedim, Bu buyuk xalq ko’krak kergan zo’r tog’ dedim,
Ona tilni sevmaslik bu bir dog’ dedim,
Yurt mehrini anglatgan jon ona tilim. Yog’iy bosdi, kesdi sening ming-ming qo’ling, Qul bo’l dedi, o’ksib qoldi sening diling,
Masih kabi jon berdi-yu bu jon tiling,
Doim qadri sarbaland bu ona tilim. Qay bir tilda so’zlaganim goh bilmadim, G’am bor dilda bo’zlaganim goh bilmadim,
Yangroq sozim sozlaganim goh bilmadim,
Dilim sozga jo’r etgan bu ona tilim. Tamaddunlar eskiradi yuzlab ming bor,
Eskirmaydi ona buyuk , u betakror, Vatan-ona, Ona-Vatan qiyos dushvor,
Vatan qadrin anglatgan jon ona tilim. Bulbul kuyi sening kuying bir jolasi,
Dunyo tili aro o’zbek gul lolasi, O’zbekman deb seni sevsa yurt bolasi,
Uni jondan ortiq sevar bu jon tilim.
Ey jon tilim, sevdim ko’rar ko’zimdan ko’p, So’zlar bo’lsam sevdim so’zlar so’zimdan ko’p, Seni sevdim, sevdim hatto o’zimdan ko’p,
Dunyo tursa turgin buyuk ona tilim.
Ona desam, zahar til ham chin bol bo’lar,
Bolakayning tafakkuri bir chol bo’lar,
Ta’rifingdan mingta olam ming lol bo’lar, Ta’riflarga sig’mas buyuk,bu jon tilim.
Adabiyotlar
tahrir1. Мирзиёев Ш. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Ўзбекистонда Ислом маданиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида. Қарор. // Халқ сўзи. – Тошкент, 2017. 24 июнь. 2. Рустамова С. Маҳмуд Кошғарий луғатининг лексикографик хусусиятлари. Филол. фан. номз. … дисс. – Тошкент, 1998; 3. www.ziyonet.uz