Uka-akalar
Imamov Javoxir Fayozovich
tahrirImamov Javoxir Fayozovich 2004-yilning 26-noyabrida Samarqand viloyati Samarqand shahrida oilasida tug‘ilgan. J.Imamov 2021-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 56-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktabni oltin medal bilan tamomlagan va 2021-yil sentabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakultetiga to‘lov-shartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan.
U o‘zining mehnatsevarligi, tashabbuskorligi va har bir ishga mas’uliyatli yondashishi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi.
J.Imamov maktab vaqtlarida ko‘plab fan olimpiada va bilimlar bellashuvida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. U nafaqat ilmiy, balki jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, o‘z guruhida faol sardorlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan fakultet yoshlaridan biri. U tengdoshlaridan nafaqat faollik, balki keng dunyo qarashi bilan ham ajralib turadi.
J.Imamov 2021-yil 12-sentabr sanasida “Global Leaders Conference” (Xalqaro Sardorlar konferensiyasi)da va 2021-yil 9-oktabr sanasida Xalqaro “Global Education Conference” (Xalqaro ta’lim konferensiyasi)da o‘z faol liderlik pozitsiyasi bilan ishtirok etganligi munosabati bilan diplom hamda sertifikat bilan taqdirlangan.
U muntazam ravishda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib keladi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoni ijrosini tengdoshlari orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘plab tizimli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. U yaxshi o‘qishi, ijtimoiy faolligi, tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishi, Samarqand viloyatining faol yoshlaridan bo‘lganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligida faol tarjimon-volontyor hisoblanadi. Xususan, 2022-yilning 2-3-iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti Yosh liderlar forumida hamda 10-11-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Yoshlar Kengashining 15-yig‘ilishi davomida o‘zining bilim va ko‘nikmalarini to‘la namoyon etgan.
Imamov Javoxir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 9-martdagi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish” bo‘yicha 5 muhim tashabbusini talabalar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida qator loyihalarni ham tashkil etmoqda. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Besh muhim tashabbus” markazining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yuritish bilan bir qatorda, JIDU “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida til to‘garaklari hamda sport bo‘yicha chempionatlar tashkil etilishida faol ishtirok etmoqda.
J.Imamov hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetda tashkil etilgan “UWED Life” talabalar gazetasining tahririyati hay’ati a’zosi sifatida gazeta faoliyatida samarali ish olib bormoqda.
Imamov Javoxir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti stipendiyasi sohibi hisoblanadi.