Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Flinn Elizabet Gerli

Elizabeth Gurley Flyn
AQSh Kommunistik partiyasi Milliy qo'mitasi raisi
Mansab davri
31-yanvar 1961-yil – 5-sentyabr 1964-yil
Oʻtmishdoshi Eugene Dennis
Vorisi Henry Winston
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-avgust 1890-yil
Concord, New Hampshire, AQSh
Vafoti 5-sentyabr 1964-yil(1964-09-05)
(74 yoshda)
Moskva, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Amerikalik
Siyosiy partiyasi AQSh Kommunistik partiyasi

Elizabethh Gurley Flyn (ruscha: Элизабет Герли Флинн; 1890-yil 7-avgust — 1964-yil 5-sentyabr) — amerikalik kommunist, sufragist va feminist. Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining asoschilaridan biri hisoblanadi. U sindikalistik Kasaba uyushmasining aʼzosi. 1961-1964-yillarda AQSh Kommunistik partiyasining raisi[1].

Hayoti

tahrir

Elizabeth Flyn 1890-yilda Nyu-Xempshir shtatining Concord shahrida tugʻilgan[2]. 1900-yilda u oilasi bilan Nyu-Yorkka koʻchib oʻtdi va u yerda Morris oʻrta maktabida tahsil oldi. Uning ota-onasi unga bolaligidan sotsialistik qarashlarni singdirgan va 16 yoshida Elizabeth Garlemdagi Sotsialistik klubda „Ayollar uchun sotsializm nima qiladi“ maʼruzasini oʻqigan. Elizabeth ijtimoiy faoliyatga shunchalik qiziqib qolganki, u maktabni tugatmasdan maktabni tark etadi. Ammo, u keyinchalik, bundan afsuslangan[3].

1907-yilda Elizabeth oʻzidan oʻn olti yosh katta boʻlgan „Jahon sanoat ishchilari“ tashkilotining mahalliy funksioneri D. Jons bilan tanishdi va 1908-yilda unga uylandi. Ularning ikki oʻgʻli boʻladi. Ammo, ular (Jon Vinsent va Fred Flyn) tugʻilgandan bir necha kun oʻtgach vafot etgan (1910-1940)[4].

1907-yilda Flyn Jahon sanoat ishchilarining toʻliq aʼzosi boʻldi va oʻsha yilning sentyabr oyida boʻlib oʻtgan birinchi IWW konvensiyasida qatnashdi[5]. Keyingi bir necha yil davomida u Pennsilvaniyadagi tikuvchilar, Nyu-Jersidagi toʻquvchilar, Nyu-Yorkdagi restoran ishchilari, Minnesota, Montana, Vashington shtatidagi konchilar va Massachusetsdagi toʻquvchilar orasida ishladi. Yozuvchi Teodor Drayzer uning faolligi uchun unga „Sharqiy tomondan Janna d' Ark“ laqabini berdi. Bu vaqt ichida Flyn oʻn marta hibsga olingan, ammo hech qachon qamoqqa hukm qilinmagan. 1916-yilda rahbariyat bilan kelishmovchiliklar tufayli IWW Jo Ettor guruhi bilan birga tashkilotdan chiqarib yuborildi[6].

1920-yilda Flyn Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqining asoschisi boʻlgan. Shuningdek, u Sakko va Vanzettining sudlanishiga qarshi kampaniyada faol ishtirok etgan. Flyn ishchilar huquqlari uchun kurash bilan bir qatorda, ayollar huquqlari, jumladan, tugʻishni nazorat qilish va ayollarning saylov huquqi uchun kurashni boshqargan. Flyn Kasaba uyushmalari rahbariyatini erkaklar hukmronligi va shuning uchun, ayollar manfaatlarini aks ettirmasligini tanqid qildi[7].

1926-yildan 1936-yilgacha Elizabeth Flyn Portlendning janubi-gʻarbiy qismida sufragist va anarxist Meri Akki bilan birga yashagan. Sogʻligʻi yomon boʻlishiga qaramay, Flyn jamiyatda faol boʻlishni davom ettirgan. Elizabeth 1934-yilda Gʻarbiy Sohildagi dokerlarning ish tashlashida faol ishtirok etdi. 1936-yilda Flyn Amerika Kommunistik partiyasiga qoʻshildi va partiyaning Daily Worker gazetasi uchun feministik maqola yozdi. Ikki yil oʻtgach, u Qoʻshma Shtatlar Kommunistik partiyasi Milliy qoʻmitasiga saylandi[8]. 1940-yilda Flyning Kommunistik partiyaga mansubligi uning Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi boshqaruvidan chiqarilishiga olib keldi.

 
Flyn qamoqqa olingan Alderson federal qamoqxonasining darvozalari.

Ikkinchi jahon urushi davrida Flyn ayollar uchun teng iqtisodiy imkoniyatlar (jumladan, teng ish haqi) va ishlaydigan onalar uchun kunduzgi parvarish markazlarini yaratish boʻyicha kampaniyada faol ishtirok etdi. 1942-yilgi Kongress saylovlarida u Nyu-York okrugida 50 000 ovoz bilan qatnashgan, ammo saylanmagan. 1948-yil iyul oyida AQSh Kommunistik partiyasining 11 nafar yetakchisi, jumladan, uning raisi Uilyam Foster va bosh kotibi Yevgeniy Dennis hibsga olindi. Ular Smit qonunini buzganlikda, yaʼni ular "Kommunistik partiya sifatida marksizm-leninizm tamoyillarini targʻib qilish, oʻrgatish uchun „til biriktirganlik“, „marksizm tamoyillarini targʻib qiluvchi kitoblar, maqolalar, jurnallar, gazetalarni nashr etish va tarqatish“da ayblangan[9][10]. Sud jarayoni natijasida, 10 nafar ayblanuvchi besh yilga ozodlikdan mahrum qilindi va 10 ming dollar jarimaga tortildi. Robert Tompson esa uch yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Flyn ayblanuvchilarni ozod qilish uchun tashviqotni boshladi, ammo 1951-yilda hibsga olishlarning ikkinchi toʻlqini paytida uning oʻzi hibsga olindi va toʻqqiz oylik suddan soʻng Smit qonunini buzganlikda aybdor deb topildi. Flyn ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Keyinchalik, u qamoqqa olingani haqida "Alderson hikoyasi: mening hayotim siyosiy mahbus" kitobini yozdi (ruscha tarjimada: „Alderson qamoqxonasida. Siyosiy mahbusning eslatmalari“)[11].

 
Elizabethh Gurley Flynning qabri

Qamoqdan chiqqanidan soʻng, Flyn soʻllar va kommunistik tashkilotlardagi faoliyatini davom ettirdi. Elizabeth Flyn 1961-yilda AQSh Kommunistik partiyasining raisi boʻldi. Umrining soʻnggi yillarida u SSSRga bir necha bor tashrif buyurgan. Elizabeth Flyn Rossiyada 1964-yil 5-sentyabrda 74 yoshida vafot etgan. Uning soʻnggi vasiyatiga koʻra, Flynning hoki Chikagodagi Valdxaym qabristoniga, Evgeniy Dennis, Bill Xeyvud va 1886-yilgi Haymarket qoʻzgʻoloni qurbonlari qabrlari yoniga dafn qilish uchun Qoʻshma Shtatlarga olib ketildi.

Manbalar

tahrir
  1. „Revolt, They Said“. Andrea Geyer. Qaraldi: 2017-yil 11-iyun.
  2. „Elizabeth Gurley Flynn Facts“. 2019-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-noyabr.
  3. Flynn, Elizabeth Gurley. I Speak My Own Piece. New York: Masses & Mainstream, Inc, 1955 — 52—53-bet. 
  4. Flynn, Elizabeth Gurley. I Speak My Own Piece. New York: Masses & Mainstream, Inc, 1955 — 52–53-bet. 
  5. Paul Frederick Brissenden, The I. W. W. A Study of American Syndicalism, Columbia University, 1919, pages 180—181
  6. „Elizabeth Gurley Flynn“. Archives of Women's Political Communication. Iowa State University.
  7. „Library Guides: Industrial Workers of the World Photograph Collection: Elizabeth Gurley Flynn“.
  8. Flynn, Elizabeth „Story of My Arrest and Imprisonment“. Marxists Internet Archive. Seattle, Washington: Industrial Worker (1909-yil 15-dekabr). 2014-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  9. "March 4, 1910 (Page 6 of 34)." Spokane Daily Chronicle (1890-1982), March 4, 1910, p. 6. ProQuest. Web. January 18, 2021
  10. "March 4, 1910 (Page 11 of 22)." The Spokesman-Review (1894-2009), March 4, 1910, p. 11. ProQuest. Web. January 18, 2021
  11. Trasciatti, Mary Anne (2016). "Elizabeth Gurley Flynn, the Sacco-Vanzetti Case, and the Rise and Fall of the Liberal-Radical Alliance, 1920-1940". American Communist History 15 (2): 191–216. doi:10.1080/14743892.2016.1232263. 

Adabiyotlar

tahrir
  • Flin, Elizabeth Gerli // Fider — Furerizm. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1956. — S. 243. — (Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 51 t.] / gl. red. B. A. Vvedenskiy ; 1949—1958, t. 45).

Havolalar

tahrir