Assalomu alaykum!

tahrir
  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Abbos Jonishev!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Bazarbaeva Eleonora (munozara) 16:23, 22-May 2023 (UTC) Bazarbaeva Eleonora (munozara) 16:23, 22-May 2023 (UTC)

Ogohlantirishingiz mumkin

tahrir

Salom, siz yaratgan yoxud yahrir qilgan maqolalarga maqolaga taluqli bo'lmagan matn qo'shishni bas qilsangiz yo'qsa siz qilgan ishlar, SPAM, maqolaga keraksiz matnni qo‘shib ketish bilan bloklanishingiz yoki ogohlantirish olishingiz mumkin. Masalan, Bu Kompyuter tomografiyasi bundagi ikki marotaba tahriringizni qaytardim. Bu harakatlringizni to'xtatishingizni so'rab qolardim. Yoqimli tahrirlar! MrShaxas #Munozaracha 08:17, 11-Iyun 2023 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib Vikipediyaga hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, balki aslidek yozing. Misol uchun, Albert Eynshteyn emas, Albert Einstein deb yozing. Yillar orasiga chiziqcha qoʻying. Masalan, 2000 yil emas, 2000-yil. Oʻ va Gʻ harflarini yozishda inglizcha apostrofdan (') emas, okinadan (ʻ) foydalaning. Eng osoni, maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi ostidagi Vikifikator tugmasini bosing. Inglizcha Vikipediyadagi External links boʻlimi nomi oʻzbekcha Vikipediyada Tashqi havolalar emas, balki shunchaki Havolalar boʻladi (VP:MBga binoan). Bundan tashqari, maqolani yozib boʻlgandan keyin uni oʻzingiz ham oʻqib koʻrib, maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarni tuzating. Keraksiz joy(lar)da ishlatilgan probellarni olib tashlang. Shuningdek, maqola oxiriga Bu maqola falonchi tomonidan ingliz tilidan tarjima qilindi mazmunidagi gaplarni aslo qoʻshmang. Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan soʻrang.

Malikxan munozara 14:06, 12-Iyun 2023 (UTC)