Ezoza Aktamova
O'zbek tili
tahrirTarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
tahrirOʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VI—VII asrlar) shu tilda yaratilgan.
XI—XIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qoʻllangan til eski oʻzbek adabiy tili deb nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
O'zbek hukmdori Muhammad Shayboniy (1451-1501) oʻzbek tilida gʻazal, ruboiylar ham bitgan. Uning ana shu gʻazal, ruboiylaridan ayrimlari va „Baxrul xudo“ nomli dostoni, oʻgʻli Muhammad Temur sultonga atab yozgan pand-nasihatlardan iborat kitobi (yagona nusxasi Turkiyada saqlanadi) bizgacha yetib kelgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.
Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi. Ezoza Aktamova (munozara) 06:04, 28-Sentabr 2022 (UTC)