Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Itdasturchi!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Xusinboy Bekchanov (munozara) 18:57, 28 yanvar 2014 (UTC)

Avtobiografiya

tahrir

Salom! Vikipediyaga xush kelibsiz! yaratgan Sodiqjon Karimov maqolasi oʻchirildi. Vikipediyada oʻzi haqida maqola yozish tavsiya qilinmaydi. Bundan tashqari maqolada ishonchli manbalar koʻrsatilishi kerak. Siz yaratgan maqolada siz yozgan maʼlumotni tasdiqlovchi birorta ishonchli manba yoʻq. Ishonchli manbaga kitoblar, yirik gazeta va jurnallar, nufuzli vebsaytlar kiradi. Maqola yozishdan avval maqola yozish qoidalari bilan tanishib chiqing. Nataev munozara 10:28, 12 fevral 2014 (UTC)

  • Salom ! Men boshqa maqolalarni koʻrib chiqdim insonlar biografiya toʻgʻrisida 1 ta ham yaxshi maqola topolmadim hammasi hatto koʻp toʻgʻri va aniq qb yozilgan maqolalarni oʻchrishingiz toʻgʻrimi ? agar siz aytgandek maqola yozish qoidalari bu boʻyicha yozilgan maqolani hali koʻrmadim Uzbek Vikipediyasining hurmatli adminlari iltimos qilaman eʼtiborli boʻlinglar hurmat bilan Sodiqjon

munozara

Oʻzbekcha Vikipediyada kishilar haqida yaxshi maqolalar mavjud. Masalan, Azimjon Asqarov haqidagi maqola. Oʻzingizni koʻklarga koʻtarib yozgan maqolangiz oʻchirilgani uchun Oʻzbekcha Vikipediyada umuman yaxshi maqola yoʻq deb aytishingiz toʻgʻri emas. Maqolangizni „aniq“ deb aytayapsiz. Bu sizning fikringiz. Siz yozgan „aniq“ faktlarni isbotlovchi ishonchli manbalar kerak boʻladi maqola yaratay desangiz. Bundan tashqari maqola mavzusi ahamiyatli boʻlishi kerak. Ha aytgancha, munozarada imzo qoʻyishni oʻrganib oling. Nataev munozara 04:59, 13 fevral 2014 (UTC)

Hurmatli Admin

tahrir
  • Sizni qayerdan bilasiz ? men aniq haqiqatlarni yozgaman Vikiepediyadan foydalanishga kelsak bu borada tajribam yetarli, oʻrgatishingiz shart emas, eʼtiborsiz adminsiz meni ishimni kavlashtrishdan ham boshqa ishlar tiqilib yotibti !

Hurmat bilan Sodiqjon Karimov

„Sizni qayeradn bilasiz ?“ — tushunmadim. Siz aytgan „aniq haqiqatlar“ ishonchli manbalarda oʻz tasdigʻini topmaguncha sizning shaxsiy fikringiz boʻlib qolaveradi. Ruscha Vikipediyada bor yoʻgʻi 84 dona tahrir qilibsiz. Bundan kelib chiqib tajribangiz yetarli demagan boʻlardim. Bundan tashqari Oʻzbekcha Vikipipdiyadagi tahrirlaringiz ham professional Vikipediyachi tahrirlariga uncha oʻxshamaydi. Nataev munozara 11:14, 13 fevral 2014 (UTC)
  • Odamni qandayligini bilmay turib boho berish yaxshi emas ! Oldin men boshqa nik orqali rus Vikipediyasida maqolalar yozardim, uni parolni tiklay olmaganim uchun shu akkaunt bilan kirdim. Agarda siz professional Vikipediyachi bo`lsangiz maqolalarga e'tibor bering. (Itdasturchi (munozara))
Baho berishim shart emas, qilgan tahrirlaringizdan hammasi koʻrinib turibdi. Unutilgan parolni tiklash elementar narsa. Buni eplash uchun professional boʻlish shart emas. Maqolalarga „eʼtibor berishga“ kelsak, qoʻldan kelgancha tahrir qilib turibmiz. Nataev munozara 04:37, 14 fevral 2014 (UTC)
  • Hurmatli Nataev meni qo`poligim uchun kechiring, bundoq o`ylab qarasam o`zim xech nimani tushunmasamda aqillilik qilb bahslashib yotibman, mendan yoshingiz ham ancha katta bo`lsa kerak, ikkiyuzlamachi deb o`yalamang o`zimni fikrimni to`g`ri deb bahslashishga o`rganib qolganman min bor uzr ! Men O`zbek Vikipediyasiga ayb qidirish uchun emas uni boyitish va rivojlantirish uchun keldim, menga bunda yormizngizlarni ayamaysizlar degan umitdaman, yana bir bor uzr. (Itdasturchi (munozara))
Oʻz fikrini bildirish yaxshi narsa, ammo oʻzi bilmagan narsalar haqida bahslashish nooʻrin. Vikipediyada foydali tahrir qilish uchun avval uning qoidalari bilan tanishib chiqish kerak. Nataev munozara