Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, John0811!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy


O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi“ maqolasi tezda oʻchirish mezonlariga („U10: Reklama“) binoan oʻchirildi. Agar maqolani qoidalarga mos keladi, deb oʻylasangiz, mana bu sahifada soʻrov qoldirishingiz yoki munozara sahifamda xabar qoldirishingiz mumkin. Rahmat. Kagansky munozara 18:50, 2024-yil 22-noyabr (UTC)Javob berish

@Kagansky assalomu alaykum men yangi edim bu yerda maqolamda nima momo borligini ayta olasi
zmi John0811 (munozara) 02:31, 2024-yil 23-noyabr (UTC)Javob berish
Salom! Maqola mavzusining ensiklopedik ahamiyati ochib berilmagan. Masalan, oʻquv muassasasiga nisbatan nufuzli manbalarda qanday taʼrif beriladi? Umuman u haqida nufuzli manbalarda biror taʼrif bormi? Maqolada birorta ham manba koʻrsatilmagan. Maqola matni ensiklopedik ohangda yozilmagan. VP:IVGga amal qilinmagan. Hatto maqolaning nomi xato yozilgan. — Kagansky munozara 12:19, 2024-yil 23-noyabr (UTC)Javob berish
@Kagansky
ishonchali manba deganingizga O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasining rasmiy saytidagi malumotlar ham bo'ladimi.
Menimcha maqolamning nomi tog'ri yozilgan. Xato yozgan bo'lsam to'g'ri yozilishi qanday bo'lishing aytsangiz mamnun bo'lard edim.
Ensklapedik ohangda Deb nimani nazarda tutganingizni tushuna olmadim. Shu haqida ham malumot bersangiz hursand bo'lard edim.
VA maqolamni Yana bir bor ko'zdan kechirib chiqdim menimcha Unda imloviy xatolarga yo'l qo'ymaganman. John0811 (munozara) 13:18, 2024-yil 23-noyabr (UTC)Javob berish
„ishonchali manba“, „bo'lishing aytsangiz“, „Ensklapedik“ deb yozarkansiz. oʻ, gʻ, ʼ belgisini enda gapirmasayam boʻladi. Men sizga yordam berolmas ekanman. — Kagansky munozara 02:24, 2024-yil 27-noyabr (UTC)Javob berish

„O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

tahrir
 

Siz tomoningizdan yaratilgan „O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („VP:TOʻM#U4 va VP:TOʻM#U10“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! Komilhuja 06:37, 2024-yil 26-noyabr (UTC)Javob berish

@Komilkhuja nega ozi mukammal maqola qanday boladi. John0811 (munozara) 10:13, 2024-yil 26-noyabr (UTC)Javob berish
Salom John0811!
Siz yaratgan maqolangiz bir marotaba o‘chirilgan ekan. Nega o‘chirilgani bilan qiziqib ko‘rdingizmi? Bu xaqda ogohlantirish ham berilgan ekan[1].
Ushbu maqoladagi xatolarni sanab o‘taman:
  1. Maqolani nomlanishi ham xato. Bu haqda Kagansky ham aytgan ekan[2]. Aslida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi deb nomlanishi kerak edi. Farqini sezdingizmi? Maqoladagi barcha o‘, g‘ harflarini o' va g' shaklida olgansiz. Aslida o‘ va g‘ning belgisi 6 raqamiga o‘xshash bo‘ladi sodda qilib aytganda.
  2. Manbalarni ichki havola sifatida qo‘llagansiz[3].
  3. Litsey haqida nufuzli manbalar keltirilmagan. Darhaqiqat, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rasmiy sayti nufuzli manba bo‘la olmaydi.
  4. Maqola matni ensiklopedik ohangda yozilmagan. Reklama qilish uchun yaratilgan maqola bo‘lib qolgan.
  5. Qabul va Qoshimcha malumotlar bo‘limini olib tashlab, maqoladagi kamchiliklarni tuzatish orqali saqlab qolishingiz mumkin.
Komilkhuja 10:33, 2024-yil 26-noyabr (UTC)Javob berish
@Komilkhuja o'chirmay turingsizlar shu hafta togirlayman . John0811 (munozara) 10:47, 2024-yil 26-noyabr (UTC)Javob berish