Help-browser.svg Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Masofa321!
Crystal Clear app ktip.svg Birinchi qadam Vikipediya ishtirokchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Muhokama sahifalarida shunday imzo qoʻyish mumkin
Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda belgisi bilan (~~~~) yoki unsurlar darchasidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda taxallusni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Ishtirokchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi! Batafsil koʻring — Vikipediya:Mualliflik huquqlari.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa ishtirokchilarni xabardor qilish uchun matn boshiga {{subst:L}} soʻzini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{helpme}} soʻzini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Umarxon III (munozara) 15:48, 5-May 2022 (UTC)

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Crystal128-kanagram.svg Maqolalarni nomlash
View-refresh.svg Maqola qanday yoziladi?
Accessories-text-editor.svg Qoida va koʻrsatmalar
Crystal Clear app lphoto.png Tasvirlar bilan bezash
Green copyright.svg Mualliflik huquqlari
Nuvola apps bookcase.svg Glossariy

Sifatsiz maqolalarTahrirlash

Salom! Siz mashina tarjimasi yordamida koʻplab oʻta sifatsiz maqolalarni yaratyapsiz. Iltimos aksariyat yaratgan maqolalaringizni yaxshi holatga keltiring. Aks holda ularni tezda oʻchirishga majbur boʻlamiz. — Kagansky (munozara) 18:04, 7-May 2022 (UTC)

DisambigTahrirlash

Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz! Iltimos, maqola yaratganingizda shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Misol uchun, Penal (buyum) emas, Penal deb nomlashning oʻzi kifoya. Malikxan munozara 14:52, 12-May 2022 (UTC)

Kishi ismlariTahrirlash

Salom. Oʻzbekcha Vikipediyada kishi haqidagi maqolalarni „Ism Familiya“ formatida nomlashingiz kerak. Misol uchun, Falonchi Falonchiyev (eʼtibor bering, Falonchiyev, Falonchi emas). Yoqimli tahrirlar tilayman! Malikxan munozara 15:03, 6-Iyun 2022 (UTC)

Asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini translit qilmasligingiz kerak (qarang: VP:NOMLASH). Shunday ekan, maqolangizni Rik Dalton emas, Rick Dalton, deb nomlang. Faqatgina maqola nomini emas, balki uning ichidagi barcha asli lotin yozuvida yoziladigan kishi ismlarini aslidek qilib yozishingiz kerak. Malikxan munozara 15:08, 6-Iyun 2022 (UTC)

Bongo musiqiy asbobTahrirlash

Maqolani shunchaki Bongo, deb nomlang. Bongo nomli maqola mavjud boʻlganda edi, Bongo (musiqiy asbob), deb nomlasangiz boʻlar edi. Yoqimli tahrirlar tilayman! Malikxan munozara 18:17, 8-Iyun 2022 (UTC)