2022-yilgi munozaralar

tahrir

Xush kelibsiz!

tahrir
  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Panpanchik!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Optima D (munozara) 09:37, 2-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 09:37, 2-Avgust 2022 (UTC)

{{Elo chart}} andozasini ishlatishingiz mumkin. Malikxan munozara 21:08, 10-Avgust 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Maqola yaratayotganingizda, shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, unga disambig qoʻshmang. Oʻzbekcha Vikipediyada Irina Turova nomli maqola yoʻq, shu sababli unga shaxmatchi, deb disambig qoʻshishga hojat ham yoʻq. Maqolani „Irina Turova“ga koʻchirdim. Iltimos, asossiz disambig qoʻshilgan avval yaratgan maqolalaringizni koʻchirib chiqsangiz. Yoqimli tahrirlar tilayman. Malikxan munozara 20:04, 11-Avgust 2022 (UTC)

Rahmat Panpanchik (munozara) 20:15, 11-Avgust 2022 (UTC)
  Finik sizga goʻzal va yoqimli atirgul hadya qildi! Yoqimli tahrirlar!

Finikchik (munozara) 08:32, 31-Avgust 2022 (UTC)

„Xizmatlari uchun“ ordeni

tahrir
  Xizmatlaringiz uchun
Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan foydali hissangiz uchun sizni ushbu yulduzcha bilan taqdirlashga qaror qildim! --Mirzoulug'bek (munozara) 17:37, 7-Sentabr 2022 (UTC)
Rahmat, ustoz   PanPanChik (munozara) 03:07, 8-Sentabr 2022 (UTC)

Salom. Oʻzbekcha Vikipediyada Almost There nomli maqola yoʻq. Shunday ekan, disambig qoʻshishga hojat yoʻq. Maqolani Almost Therega koʻchirdim.

Malikxan munozara 16:06, 19-Sentabr 2022 (UTC)

assalomu alaykum! disambig ni bu nomli maqola mavjudligi uchun emas maqolani aniqroq tushunish uchun qoʻshgan edim. Tahriringiz uchun rahmat PanPanChik (munozara) 14:11, 20-Sentabr 2022 (UTC)
Shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang.
Malikxan munozara 15:20, 20-Sentabr 2022 (UTC)
hop tushunarli rahmat) PanPanChik (munozara) 15:29, 20-Sentabr 2022 (UTC)

Salom. Avvalambor, koʻngilli boʻlib hissa qoʻshayotganingiz uchun tashakkur. Iltimos, turkum yaratganda, uni boshqa tillarga ulashni yoddan chiqarmang.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 18:31, 24-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu alaykum, turkumlarni ham boshqa tilga ulash mumkinmi??? Qanaqa oddiy maqola singari ishorat qoʻshiladimi? PanPanChik #yozish 14:31, 25-Sentabr 2022 (UTC)
Xuddi maqola kabi.
Malikxan munozara 14:55, 29-Sentabr 2022 (UTC)
  Lotus
Salom, Panpanchik! Sizga gul hadya qilaman va yoqimli tahrirlar tilayman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:55, 1-Oktabr 2022 (UTC).
Rahmat Lotus — nilufar gul uchun  Sizgayam yoqimli tahrir tilayman! PanPanChik #yozish 05:11, 2-Oktabr 2022 (UTC)

Munozara

tahrir

Rahmat! Yana bitta savolim bor edi joy nomlarini yozish toʻgʻrisida asliyatidek yoziladimi yoki translitdami? Xolnazarov Sarvar (munozara) 14:36, 2-Oktabr 2022 (UTC)

Salom, joy nomlari odatda oʻz holicha qoldiriladi ularni ruwikidagi singari translit qilish qoidasi bizda mavjud emas. Maqola nomida kelsa ham yoki maqolada shunchaki aytib oʻtilsa ham uni asl holatida yozishga odatlaning. Yoqimli tahrir tilayman PanPanChik #yozish 18:16, 4-Oktabr 2022 (UTC)
Rahmat!@Panpanchik Xolnazarov Sarvar (munozara) 18:26, 4-Oktabr 2022 (UTC)

Turkum

tahrir

Hayli kech @Panpanchik. Turkum nomlariga apostrof emas, okina qoʻyishni hamda ishorat qoʻshishni maslahat beraman :)

Maroqli tahrirlar

Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 18:08, 4-Oktabr 2022 (UTC)

Salom yaxshimisiz? Ha bundan habarim bor. Bir safar ' apostrof bilan emas okina ʼ qoʻyib chop qilganimda turkum maqolalarni tanimay qoldi. Odatda maqolamda okina bilan yozishga harakat qilaman lekin AT taklif qiladigan apostrofli turkumlar ham baʼzan qolib ketadi va ulardagi maqolalarning hammasini tahrirlab chiiqshga afsuski yetarli vaqt resursiga ega emasman. Fikrimni goʻzal bayon eta oldim degan umiddaman. Yoqimli tahrir tilayman. PanPanChik #yozish 18:12, 4-Oktabr 2022 (UTC)
endi koʻribman  . Oʻsha paytlari uncha yaxshi tanishmas edik
Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 09:54, 3-Dekabr 2022 (UTC)
balki uchrasharmiz yuz yildan keyin osmonlardaaaaa…..)))) PanPanChik #yozish 04:50, 4-Dekabr 2022 (UTC)
  Ayiq ordeni
Salom, Panpanchik! Ayiqlar va ularga yondosh turlar haqidagi sifatli maqolalar yaratayotganingiz, shuningdek, Quyosh ayigʻi maqolangiz "Yaxshi maqola" statusini olgani sababli ushbu orden bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 17:13, 13-Oktabr 2022 (UTC)


Vay rahmat) PanPanChik #yozish 18:07, 13-Oktabr 2022 (UTC)

Forumda ishtirok eting!

tahrir

Salom, Panpanchik! Vikipediyada faol va tajribali foydalanuvchilardan biri boʻlganingiz uchun sizni ushbu forumda ishtirok etishingizni soʻrab qolaman! MaxiMillian (talk) 10:43, 14-Oktabr 2022 (UTC)

ha albatta fikr bildirdim. Eʼtibor uchun rahmat(PanPanChik #yozish 14:10, 14-Oktabr 2022 (UTC)

Yulduz

tahrir
  Portalchilar“ yulduzi
Hurmatli, Panpanchik sizni „Portalchilar“ jamoasiga aʼzo boʻlganingiz uchun tabriklagan holda, ushbu yulduzni sizga sovgʻa qilmoqchiman. Biz bilan birga boʻlishni tanlaganingiz uchun tashakkurlar! Hurmat bilan, MaxiMillian (talk) 06:19, 5-Dekabr 2022 (UTC)
Naqadar oliy himmat insonsiz! Rahmat eʼtibor va eʼtirof uchun. Boshlangan ishimiz goʻzal natijaga erishsin! PanPanChik #yozish 07:05, 5-Dekabr 2022 (UTC)

XM nomzodligiga

tahrir

Salom!Chaldiron jangi maqolasini Xushsifat maqola nomzodligiga qoʻygan edim. Ovoz berishda faol boʻlishingizni soʻrab qolaman. Narzullayev Elbek (munozara) 13:33, 11-Dekabr 2022 (UTC)

Yangi yil bilan

tahrir
 

Yangi yil bilan!

Salom, Panpanchik! Sizni kirib kelayotgan 2023-yil bilan tabriklayman! Vikipediyaga qoʻshgan hissangiz uchun tashakkur aytgan holda, kelayotgan yilda ham hozirgidek faol boʻlishingizni tilab qolaman! Yangi yil bilan! Muxriddin Azimov (munozara) 13:57, 31-Dekabr 2022 (UTC)
Assalomu alaykum
Rahmat))) PanPanChik #yozish 15:55, 31-Dekabr 2022 (UTC)
„Panpanchik/2022“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.