Xush kelibsiz tahrir

  Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Sakinabonu!
  Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

 
Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
  Maqolalarni nomlash
  Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
  Qoida va koʻrsatmalar
  Tasvirlar bilan bezash
  Mualliflik huquqlari
  Glossariy

Optima D (munozara) 10:23, 1-Avgust 2022 (UTC) Optima D (munozara) 10:23, 1-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

Salom.

Maqolani Maximiliano Moralezga koʻchirgandim. Siz esa qaytib Maximilano Nicolás „Maxi“ Moralesga koʻchirib qoʻyibsiz. Oʻzbekcha Vikipediyada kishilar haqidagi maqolalar Ism Familiya formatida nomlanadi. Bundan tashqari, boshqa tillarga qarasangiz, hammasida Maximilano Morales, deb nomlangan. Maqolani Maximiliano Moralezga koʻchirib qoʻying. Shuningdek, maqolangizdagi kamchiliklarni bartaraf etishingiz kerak. Masalan, Argentinalik futbolchi emas, balki kichik harf bilan argentinalik futbolchi boʻladi. Klub nomlarini buzib yozmang, balki aslidek yozing. „Nyu-York City“ emas, „New York City“, masalan.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 11:22, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu aleykum, hop katta rahmat. Sakinabonu (munozara) 11:27, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Mana bu tahririmga qarang. William Kristofer Bruin emas, William Christopher Bruin boʻladi. {{Talaffuz}} andozasidan foydalanib, talaffuzini keltirishingiz mumkin. Masalan: William Christopher Bruin (talaffuzi: Uilyam Kristofer Bryuin) — amerikalik futbolchi.
Malikxan munozara 14:20, 1-Sentabr 2022 (UTC)
Siz haqsiz, boshqa maqolalarimda shunaqa yozgan edim, unday yozilmaydi deya olib tashlashimni soʻrashdi, shu sababli keyingi maqolalarimda bu joylarini olib tashladim, ochigʻi kimga quloq solishimni ham bilmay qoldim. Sakinabonu (munozara) 14:39, 1-Sentabr 2022 (UTC)

Salom.

Oʻzbekchani tushunasizmi? Yuqorida bu haqda yozgandim, nega amal qilmayabsiz? Buni ogohlantirish oʻlaroq qabul qiling. Maqolani Román Martínezga koʻchirdim. Qolgan maqolalaringizni ham koʻchirib chiqishingiz lozim. Keyin, nega futbolchi, deb disambig qoʻshyapsiz? Maqola yaratayotganingizda, shunday nomli maqola mavjud boʻlsagina, disambig qoʻshasiz.

Malikxan munozara 14:41, 3-Sentabr 2022 (UTC)

Assalomu aleykum, chuntirishlaringizga amal qilgan edim, ammo chat guruhimizda xatolik deyishdi aynan hozirgi koʻrinishda yozishimni aytishib boshqa masalalarda ham ancha muhokamalar boʻldi.
Ochigʻi hamma har xil gapirvotti qaysi biringizga quloq solishni bilmiy qoldim.
Qoʻlimdan kelgancha harakat qilyapman, xatolarni oʻrganib koʻrib tahlil qilyapman, bilmaganimni guruhdagilardan soʻrab oʻrganmoqdaman. Jaxliz chiqmasin endi oʻrganvoman kelgusida bundanam zoʻr boʻlishiga astoydil harakat qilaman. Sakinabonu (munozara) 20:24, 3-Sentabr 2022 (UTC)

Salom. Maqola yaratayotgangizda, shunday nomli maqola mavjud boʻlmasa, disambig qoʻshmang. Masalan, uzwikida Paul Graham nomli maqola yoʻq. Shunday ekan, unga fotograf, deb disambig qoʻshishga hojat ham yoʻq. Maqola mazmuniga eʼtiborli boʻling. Yaratgan maqolangizni oʻzingiz ham oʻqib koʻring. Evropa emas, Yevropa, deb yozing. Keyin, boʻlar-boʻlmasga edini qoʻshmang. Masalan, Falonchi — oʻzbek fotosuratchisi edi emas, Falonchi — oʻzbek fotosuratchisi.

Yoqimli tahrirlar tilayman.

Malikxan munozara 20:27, 1-Oktabr 2022 (UTC)

Assalomu aleykum, rahmat kottakon, chuntirib eʼtibor berib, qoʻllaganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha adminlar sizdek xato-kamchiliklarni chuntirib berishsa kelgusi tarjimalarda hech ham xato qilmagan boʻlardik. Sakinabonu (munozara) 09:24, 2-Oktabr 2022 (UTC)

Maqolani Mixail Katkovga koʻchiring. Hadeb u, edini ishlatmang. Maqola boshida shaxsiyatning tugʻilgan va vafot sanasini qavs ichida yozing. Masalan: Falonchi (2-yanvar 1850-yil — 5-iyul 1940-yil) — olmon matematigi. Vafot etmagan boʻlsa: Falonchi (2-yanvar 1950-yilda tugʻilgan) — olmon matematigi. Maqolani yozib boʻlgandan keyin tahrir oynasi tagidagi Vikifikator tugmasini bosing.

Malikxan munozara 20:12, 9-Oktabr 2022 (UTC)

User page tahrir

Salom @Sakinabonu. Foydalanuvchi sahifangizni ataylab shunaqa betartib userboxlar bilan bezaganmisiz? Agar toʻgʻirlay olmasangiz oʻrgatishim mumkin

Muzaffar Murodovichmunozaramga yozish 10:46, 16-Oktabr 2022 (UTC)

Assomu aleykum, asabiylashganimdan alamimni shundan olgan edim, qarshiligim yoʻq, hoz faqat maqolalar tahrirlash bilan bandman, eʼtibor uchun rahmat! Sakinabonu (munozara) 10:52, 16-Oktabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish! tahrir

Assalomu alaykum! Sizning Fujinomiya, Shizuoka hamda Ranzan, Saitama maqolalaringiz juda xarob ahvolda! ularni qayta tahrirlab chiqing! bilgiquti va andozalar bilan ishlashda eʼtiborli boʻling! Joy nomlarini translit qilishda ichki wikilinklar qoʻyishda bunday xatolar qilmang. Maqola nomini Fujinomiya, Shizuoka deb emas Fujinomiya (Shizuoka) ga koʻchirib qoʻying. Turkumlar qoʻllang! yordam sifatida Andoza:Gunma, Andoza:Niigata navboxlaridagi shaharchalarni oʻrganib chiqingizni tavsiya qilaman. Iltimos ortiq bunday hatoliklarga yoʻl qoʻymang!!!!!!! Yoqimli tahrirlar tilagan holda, PanPanChik #yozish 05:03, 16-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Yangi maqolalarni yangi fountainga joylang! tahrir

eski maqolalarni yangi fountainga joylamang, aks holda barcha yangi maqolalaringizga 0 ball beriladi! Alpasli (munozara) 21:13, 20-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum Alpasli. Nima sababdan bunday deb aytyapsiz, yangi nizom chiqdimi? Nima sababdan hamma narsani oʻzgartiryapsizlar? Bir qoida asosida ishlash mumkin emasmi? Bu maqolalarim baholanmaganlari ham bor, bundan tashqari oʻzim tarjima qilgan maqolamni ham koʻrmagansiz, nimani joylasam hammasiga 0 qoʻyib chiqyapsiz. Manda qastdingiz bormi? Savol bersam toʻliq javob bera olmayapsiz, nima boʻlayotganini umuman anglay olmayapman, admin degan shu ishga loyiq va eʼtiborli tarzda har bir mehnatni hisobga olib baholaydi, siz kabi koʻr-koʻrona 0 qoʻyib chiqmaydi. Iltimos boshqa mening maqolalarimni baholamang. Sakinabonu (munozara) 07:51, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Eski fountaindagi maqolalarni yangi fountainga qayta joylagan foydalanuvchilar jazolanadi! Bloklanish taklifi berilgan edi avvaliga, keyinchalik esa barcha adashishi hisobga olinib yangi fountainga avvalgi maqolalar joylanishi oqibatida ularga 0 qoʻyilishiga kelishib olindi. Iddaoyizga ortiqcha. Agar User:Alpaslini tajribasizlikda ayblayotgan boʻlsangiz maqolalaringizni User:Jamshid Nurqulga havola qiling. Ular bundan ortiq baho qoʻymaydilar va boshqa barcha adminlar yuqoridagi hatolik va ayniqsa AT uchun past baholashi tabiiy holat. PanPanChik #yozish 16:09, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum. Panpanchik Siz kimsiz? Men kabi oddiy ishtirokchisiz, namuncha ichi qora boʻlmasangiz, yordam berish, koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash va xatolar ustida birga ishlash oʻrniga buncha yerga urasiz, men savolni adminlarga berganman sizga emas, yoki ular bilan biron bogʻliqlik joyingiz bormi? Hamma oʻz ishini qilgani yaxshi, siz meni ortimdan koʻvlamay, joylayotgan maqolalaringizni toʻgʻri yozing va xatolaringizni ustidan ishlang. Oʻzingizni osmon deb bilmang! Meni muhokama qilish vakolati sizga berilmagan, bunga yoʻl qoʻymayman. Sakinabonu (munozara) 12:48, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Juda yaxshi-da salomga yarasha alik boʻladi endi. ortingizdan kovlamadim. Lekin sizga telegramdan koʻp ogohlantirish berdim. Avvaliga oʻrgataman deganimda shunchaki nazar pisand qilmay xatolar qilaverdingiz. Yuqoridagi holatda kelsak, adminlar ham meni qoʻllab quvvatlashi tayin va bu xabarni Jamshid aka ha ham koʻrsatib fikrlarini soʻraganman. Illo xato va norin ayblash niyatim ham yoʻq. Maqoladagi xatolarim haqida aytganingiz uchun rahmat) siz ham bilib xato va ahlat maqolalaringiz ustida ishlasangiz xursand boʻlardim. Wikipediya sizga ahlatxona emas. U men uchun qadrli joy. Oʻylaymanki toʻgʻri tushundingiz. Yoqimli tahrirlar tilayman PanPanChik #yozish 16:10, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum. Panpanchik men sizga chin koʻnglimdan salom berdim, siz qanday salomga yarasha alik deb aytyapsiz? Gapingizga umuman chunmadim. Mendan ololmayotgan qanday qasddingiz bor? Nima uchun menga aralashyapsiz? Yoki sof oʻzbekcha gapga chunmaysizmi? Kim sizga vakolat berdi? Yoki atayin uyushtirilyaptimi bu? Qachon va qaysi guruhda ogohlantirish berdingiz telegramdan deb aytibsiz? Gapirayotgan gapingizni chunyapsizmi? Aqlingiz zaif emasmi? Nima uchun siz menga telegramdan ogohlantirish berasiz? Siz ogohlantirish beradigan adminmisiz? Kimsiz menga? Siz kimningdir buyrugʻini bajaryapsizmi? Nimaga atayin mening shaxsiyatimga tegyapsiz? Bu rolni kimningdir buyrugʻi asosida tashkillashtirilyapdimi? Qachon bas qilasiz? Oddiy muomala qilishni bilmayapsiz? Nimani oʻrgatmoqchi edingiz? Men sizdan hech narsani oʻrganmoqchimasman aynan sizga oʻxshaganlardan. Xaromlik oʻrgatmoqchi boʻlsangiz kechirib qoʻyibsiz. Oʻzingizni aqilli deb hisoblamang. Maqolamni qoʻshamanmi qoʻshmaymanmi sizga nima? Sizga xalaqit qilyapmanmi? Shunda siz nima uchun mening maqolalarimni tanqid qilib adminlarga koʻrsatib yuribsiz, aynan Jamshid Nurqul akaga deb aytyapsiz? Imlo xato va norin ayblashga sizning haqqingiz ham yoʻq. Vikipedia axlatxona emas degan gapingiz bilan nima demoqchisiz? Sunda siz mening barcha maqolalarimni Vikipediada axlat hisoblab siz Vikipediani goʻyoki shaxsan oʻzingizniki deb hisoblayapsizmi? Shunda menga sen noloyiqsan degan maʼnoda aytyapsizmi? U men uchun qadrli joy degan gapingiz nimadan iborat? U sening maqolang axlat sen bularga noloyiqsan deb hisoblayapsizmi? Siz bu bilan mening shaxsiyatimga tegib, shuncha qilgan mehnatlarimni bunday baholashga kim huquq berdi? Men sizga maslahatim agar gʻirt bekorchi boʻlsangiz koʻzgu yaʼni oynaga qarab oʻzingizni toʻgʻirlashingiz mumkin avval oʻzingizga baho berib koʻz qoʻyasizmi qosh chiqarasizmi, pardoz andoz qilasizmi u sizning shaxsiy ishingiz, lekin siz meni qosh qoʻyib, koʻz boʻyab oʻzgartirishingizga yoʻl qoʻymayman. Men qanday boʻlsam taʼbiy shundayligimcha boʻlishni hohlayman. Yana qayta-qayta takrorlayman koʻzguga yaxshilab qarang, koʻrdingizmi? Allohim sizni shunday dunyoga keltirib shunday yaratib qoʻygan boʻlsa menda nima ayb? Sakinabonu (munozara) 13:12, 23-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Salom, Sakinabonu eski fountain yopilishi siz kabilar maqolalari bilan yangi fountainni tõldirishi uchun emas, balki texnik imkoniyatlar sabab qilindi. Fountainimiz foydalanuvchilarimiz kabi tezkor emas. Borgan sari mulohazakor bõlib bormoqda. Shuning uchun õzingizga Amerika ochib, u yerda velosiped ixtiro qilmasdan qoida bõyicha harakat qilishingizni sõraymiz. Eski fountaindagi hamma maqolalar baholanadi. Xavotir olmang. Lazizbek  munozara 17:31, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
vaalaykum assalom, @Sakinabonu. ochigʻi hayron boʻldim dastavval, bu qiz kosmosdan tushganmi deya. sababini aytishdi, wikichat guruhidan haydalgan ekansiz. va bu mening aybim emas. biz yangi qoidalarni va kim jazolanayotgani borasidagi yangilik hamda ogohlantirishlarni doimiy eʼlon qilib bormoqdamiz. sizning xabar topmaganingiz bizning aybimiz emas. Alpasli (munozara) 17:44, 21-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish
Assalomu alaykum Alpasli, siz aytgan savol-javob guruhida avval bor edim, birgina savol berganim uchun guruhdan chiqarib yuborishgan, kosmosdan tushgan emasman afsuski, chiqarib yuborishgani uchun adminlardan izoh soʻrang, birovni ayblashdan avval, sizga bergan vakolatga koʻra yana bir bor takrorlayman joylagan maqolalarimni oʻzingiz aytgandek qayta va qayta koʻrib chiqishingizni men maslahat beraman. Yangi maqolalarni joylaganimga ana shundagina amin boʻlasiz degan umiddaman. Sakinabonu (munozara) 13:07, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Avtomat tarjimondan qolgan izlarni toʻgʻirlash kerak! tahrir

Salom, hurmatli foydalanuvchi. Siz tarjima qilayotgan maqolalarning oʻqishga arzigulik qismlari juda kamdir. Jumladan, Seunghee maqolangizda: U 2012-yilda Brave Entertainment stajyoriga aylandi, lekin ikki yildan so‘ng WM Entertainmentga o‘tdi. Bu qanaqa gap? Oddiy oʻzbek inson bunga umuman tushunmaydi. Shuningdek, bu faqat birinchi emas. Agarda siz tarjima qilgan maqolalardan avtomat tarjima qismlarni topish kerak boʻlsa, men desertatsiya yoqlab yuborsam kerak. 561ta maqolangizdagi jumlalarning aksar qismi {{AT}}. Iltimos, Vikipediya uchun foydali hissa qoʻshishga harakat qiling. MaxiMillian (talk) 16:34, 22-Noyabr 2022 (UTC)Javob berish

Vikifikator tahrir

Salom. Syntax highlighting funksiyasi yoniq boʻlsa, Vikifikator ishlamaydi. Uni oʻchirish uchun tahrir oynasi tepasidagi asboblar qutisida joylashgan   ikonkasi ustiga bir marta bosish kifoya. Vikifikator shundan keyin ham ishlamasa yoki Syntax highlighting avvaldan oʻchiq boʻlsa, boshqa brauzerdan foydalanib koʻrishingizni maslahat beraman.

Malikxan munozara 02:11, 2-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Assalomu alaykum. Rahmat kottakon, hoziroq bajaraman. Sakinabonu (munozara) 08:29, 2-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

Oxirgi ogohlantirish tahrir

Salom, yaratayotgan maqolalaringizni hammasi avtomat tarjimadan iborat. Boshqa foydalanuvchilar bilan tortishgandan ko'ra, vaqtingizni tarjimalarni tuzatishga, maqolani mazmundor qilishga sarf qilsangiz yaxshiroq. Umarjon Rahimov (munozara) 11:59, 5-Dekabr 2022 (UTC).Javob berish

Maqolalarni nomlash boʻyicha tahrir

Salom, Sakinabonu. Maqolalarni nomlashda eʼtiborli boʻlishingizni soʻragan boʻlardim. Siz yaratgan Toj Mahal saroyi maqolasi saroy haqida emas, balki mehmonxona haqida. Shuningdek maqolaning nomi ham ingliz tilida Taj Mahal Palace Hotel deb nomlangan ekan. Hurmat bilan Lazizbek  munozara 06:31, 15-Dekabr 2022 (UTC)Javob berish

 

You have been a medical translators within Wikipedia. We have recently relaunched our efforts and invite you to join the new process. Let me know if you have questions. Best Doc James (talk · contribs · email) 12:34, 13 August 2023 (UTC)