Fyodor Filippovich Akimov (ruscha: Фёдор Филиппович Акимов; 8 (21)-may 1915-yil – 1965-yil 27-aprel) – Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Markaziy frontning 60-armiyasida 121-miltiq Rylskaya diviziyasining 705-oʻqotar polkining ogʻir pulemyotlar qoʻmondoni, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1943-yil 17-oktyabr).

Fyodor Akimov
Asl ismi ruscha: Фёдор Филиппович Акимов
Tavalludi 15-may 1915-yil
Aqtoʻbe, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 27-aprel 1965-yil(1965-04-27)
(49 yoshda)
Qibray, Toshkent viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1941-1945-yillar
Unvoni Katta serjant (1943)
Harbiy  qism 705-oʻqchilari polki, 121-oʻqchilar diviziyasi
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari
||

Biografiya

tahrir

1915-yilda Qozogʻiston Respublikasi Aqtoʻbe viloyatining hozirgi maʼmuriy markazi Oqtoʻba shahrida hizmatchi, rus oilasida tugʻilgan. Toʻliq boʻlmagan oʻrta taʼlim olgan. Oʻzbekiston SSR (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi) Toshkent viloyatining Orjonikidze tumanida yashab, mexnat faoliyatini olib borgan.

1941-yil yanvaridan Qizil Armiya tarkibida Ulugʻ vatan urishi uchun safarbar etilgan. Xuddi shu yilni oʻzida frontga joʻnatilgan. 1943-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi hisoblanadi.

1943-yil sentyabr oyida 705-oʻqotar polkining pulemyotlar boʻlimi komandiri (121-oʻqchilar diviziyasi, 60-armiya, Markaziy front), katta serjant Fyodor Akimov pulemyot ekipaji bilan jang maydonlarida oldinlab Ukraina poytaxti Kiyevdan shimolda birinchilardan boʻlib urushning chegara qismini kesib oʻtgan, ammo dushman hujumi ostida Dnepr daryosining chap qirgʻogʻiga chekinishga majbur boʻlgan.

Keyinchalik katta serjant Akimov yana Dnepr daryosini kesib oʻtgan va Glebovka iskalasi yaqinida daryoni kesib oʻtgan bir guruh askarlarni pulemyotdan oʻqqa tutgan. Bu oʻzining boʻlinmalariga daryoni kesib oʻtishga va Ukrainaning Kiyev viloyati Vishgorodskiy tumani, Kozarovichi qishlogʻiga bostirib kirishga imkon bergan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 17-oktyabrdagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda bir vaqtning oʻzida koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun katta serjant Fyodor Filippovich Akimov Sovet Qahramoni unvoni va shuningdek Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medallari bilan bilan taqdirlangan (№ 1880)[1].

Urushdan keyin Fyodor Akimov demobilizatsiya qilindi. Oʻzbekiston SSR (hozirgi Oʻzbekiston Respublikasi) Toshkent viloyati, Orjonikidze tumani, Qibray shaharida yashab, oʻz mehnat faoliyatini olib bordi. 1965-yilda vafot etgan. Toshkentda dafn etilgan (Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv massivining sharqida Shoʻrtepa qabristoniga dafn etilgan).

Mukofotlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

„Fyodor Akimov“ (ru). Герои страны. (Manba sanasi: 2010-yil 2-fevral)