Gʻazalkent — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shahar (1964-yildan), tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Chirchiq daryosining chap sohilida, Toshkent shahridan 58 km shim.-sharqda, Oqsoqotasoyining Chirchiq daryosiga quyilish joyida, oʻrtacha 700 m balandlikda, seysmik zonada joylashgan (8—9 ball). Aholisi 20,7 ming kishi (2004). Gʻ. toponimi prof. H. Hasanovning fikricha, gʻizol (ohu) soʻzidan tarkib topgan. Shahar 1932-yilda Chirchiq GESlar kaskadi bosh inshooti quruvchilarining shaharchasi sifatida bunyod etilgan. Gʻ.da qandolatchilik f-kasi, meva-konserva, meva sharbati va h.k. ishlab chiqaruvchi „Gʻazalkent“ oziqovqat korxonasi, vino kombinati, sut-yogʻ, oynashisha zavodlari, yoʻl-qurilish va sozlash korxonalari, metallsozlik, qurilish materiallari, toshga ishlov berish kombinatlari, avtokorxona, dehqon bozori bor. „Konmit“ va „Konvin“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, kasb-hunar kolleji, akademik litsey, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, „Yoshlar markazi“, stadion va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, tugʻ-ruqxona, poliklinika, sil kasalliklari dispanseri va boshqa tibbiy muassa-salar, bolalar va kattalar sanatoriylari, dam olish uylari aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻ. dan Toshkent, Chirchiq shaharlariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Toshkent — Chorvoq elektrlashtirilgan temir yoʻl shahar yonidan oʻtadi.

Gʻazalkent
shahar
41°33′45″N 69°46′30″E / 41.56250°N 69.77500°E / 41.56250; 69.77500 G OKoordinatalari: 41°33′45″N 69°46′30″E / 41.56250°N 69.77500°E / 41.56250; 69.77500 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Boʻstonliq tumani
Aholisi
20 700
Vaqt mintaqasi UTC+5
Gʻazalkent xaritada
Gʻazalkent xaritada