Gʻurumsaroy jangi
Gʻurumsaroy jangi - Toshkent hokimi Yunusxoʻja bilan Qoʻqon xoni Olimxon qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan jang (1801). Yunusxoʻja fargʻonani bosib olish maqsadida harbiy yurish qilgan. U Qoʻqon aholisi va qoʻshinining yordamiga koʻz tikkan edi. Olimxonning buyrugʻiga koʻra, Xoʻjand hokimi Rajab qushbegi oʻz qoʻshini bilan Sirdaryoning oʻng sohi-liga oʻtgan va tunda Samgʻar va Qami-shqoʻrgʻon orqali oʻtib ertasi kuni Gʻurumsaroyga yetib kelgan. Bu yerga Yunusxoʻja qoʻshini dovonni chetlab oʻtib Chodak yoʻli orqali kelgan, ayni vaqtda Sirdaryoning soʻl qirgʻogʻida Gʻurumsaroyning qarshisida Olimxonning ilgʻor harbiy qismi paydo boʻlgan. Rajab qushbegi Qoʻqonning oq yalovini koʻtargan otliq tugʻbegi atrofiga 50 ta oʻqchini joylashtirib, Yunusxoʻja otliqlarining yalovga qilgan hujumini qaytargan. Rajab qushbegi otliqlarining qarshi hujumi raqib qoʻshini saflarini toʻzitib yuborgan, natijada Yunusxoʻja magʻlu-biyatga uchragan. Yunusxoʻja jang may-donini tashlab qochgan. Olimxon katta oʻlja va koʻplab asirlarni qoʻlga kiritgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |