Gender tengligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklarni teng huquqliligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Ushbu prinsipni amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklarga taʼlim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun ragʻbatlanishda va xizmat yuzasidan koʻtarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yaratilgan.

Milliy qonunchilikda tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi bilan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida tengligi prinsipining Konstitutsiyaning 46-moddasi bilan nisbati koʻplab bahs-munozaralarga sabab boʻlgan, deyish mumkin[1].

Aynan ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish doktrinasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining[2] 46-moddasi va uni amalga oshirish uchun qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni[3], Oʻzbekiston Respublikasining „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida“gi Qonunining[4] 2-moddasi, Mehnat kodeksi[5] 6-moddasining birinchi qismi, Oila kodeksining[6] 2-moddasi alohida ahamiyatga ega.

Ayollarning siyosiy huquqlarini taʼminlashda yangi qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksida[7] siyosiy partiyalar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahaliy Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar taʼminlashi nazarda tutilgan. Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga muvofiq ayollarning soni siyosiy partiyadan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 % ni tashkil etishi kerakligi belgilangan.


2019-yil 2-sentabrda „Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish toʻgʻrisida“gi[8] va „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi[8] qonunlar, 2018-yil 2-fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni[9], 2018-yil 2-iyuldagi „Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tabirlari toʻgʻrisida“gi, 2019-yil 7-martdagi „Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi qarorlari[10] mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari himoyasi borasida ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar bilan jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida erkaklar va ayollarning huquqlari hamda erkinliklarin kamaytirishga yoki tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash jinsi boʻyicha bevosita kamsitish, sirtdan xolis boʻlib tuyiladigan, biroq bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qoʻyadigan vaziyatlar, holatlar, mezonlar yoki amaliyotlar esa jinsi boʻyicha bilvosita kamsitish sifatida qabul qilinishi belgilab oʻtilgan.

Ayollarning buzilgan huquqlari bilan shugʻullanuvchi tashkilot va muassasalar tahrir

Oʻzbekistonda zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitasiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari faoliyati davlat rahbarining 2018-yil 2 iyuldagi qarori asosida yoʻlga qoʻyilgan. Hozirgi paytda mamlakatda 197 ta shunday markaz faoliyat yuritmoqda. Respublika markazi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning dekabr oyigacha 21 mingdan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan[11]. Shundan 986 nafari erkak, 788 nafari bola va 19784 nafari ayol. Gender komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, 2020-yil1-dekabr holatiga qadar ichki ishlar organlariga himoya orderi soʻrab 404 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shulardan 375 holatda xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilib berilgan. Hududlar kesimida himoya orderi soʻrab qilingan murojaatlarning eng koʻpi Toshkent viloyatida (58 ta), eng kam murojaat Qoraqalpogʻiston Respublikasida (3 ta) qayd etilgan. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining 119 tasi ruhiy, 177 tasi jismoniy, 10 tasi tazyiq, 6 tasi iqtisodiy, 2 tasi jinsiy zoʻravonlikdan iborat boʻlgan[12].

Statistika tahrir

Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi aholisining qariyib 50 % ni xotin-qizlar tashkil qiladi. 2016-yilda oliy taʼlim muassalariga jami 61 ming yoshlar oʻqishga qabul qilingan, shundan xotin-qizlarning soni 23 mingni yoki 37 % ni tashkil etgan. 2017-yilgi koʻrsatkichlarga koʻra, mamlakatda kasb-hunar bilim yurtlarida va oliy taʼlimlarda axborot texnologiyalari, arxitektura va qurilish sohasida oʻqiyotgan talabalarning mos ravishda 43 % va 17 % qismini xotin-qizlar tashkil etadi[13]. Soʻnggi yillarda qizlarning sifatli taʼlim olishi, kasb egallab, ishli boʻlishi uchun boʻlishi uchun katta imkoniyatlar yaratilgan. Talabalarning 48 % ni xotin-qizlar tashkil etmoqda. 2020-yilda yoʻlga qoʻyilgan tizimga muvofiq, 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qiz oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan. Qizlar uchun maxsus stipendiya 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab davlat granti yoki toʻlov kontrakt asosida „Aʼlo“ baholarga oʻqiyotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarga oyma-oy toʻlashni rejalashtirilyotgani ham ushbu sohada soʻnggi yillarda sezilarli oʻzgarishlarni amalga oshirishga kirishilyotganligini bildiradi.

Manbalar tahrir

  1. K.P. Aliyeva. O'zbekiston Respublikasida gender tengligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari (o'zbek). Toshkent: "Leson Press" MCHJ nashriyoti, 2022 — 169 bet. 
  2. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI“ (o'zbek) (doc) (1992-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  3. „"Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonun“ (o'zbek) (doc) (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  4. „O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi Qonun“ (o'zbek) (dooc) (2014-yil 22-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  5. „Mehnat kodeksi“ (o'zbek) (doc) (1996-yil 1-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  6. „Oila kodeksi“ (o'zbek) (doc) (1998-yil 1-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  7. „Saylov kodeksi“ (o'zbek) (doc) (2019-yil 26-iyun). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  8. 8,0 8,1 „"Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish to'g'risida"gi qonun“ (o'zbek) (doc) (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  9. „Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son.“ (o'zbek) (doc) (2018-yil 3-fevral).
  10. „Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4235-son“ (o'zbek) (doc) (2019-yil 9-mart). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  11. „Gender masalalari bo'yicha aniq statistika yuritiladi.“ (o'zbek) (2020-yil 30-avgust). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  12. „O'zbekiston gender komissiyasi“ (o'zbek). 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  13. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga SHARH“ (o'zbek) (2018-yil 28-may). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.

Havolalar tahrir