Georgiy Zabirov (1974-yil 1-iyun; Chirchiq,[1] Oʻzbekiston) — oʻzbek futbolchisi, darvozabon. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasini eng koʻp o'yin o'tkazgan posbonlaridan biri (204 ta oʻyin).

Georgiy Zabirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Georgiy Zabirov
Tavallud sanasi 1-iyun 1974-yil (1974-06-01) (50 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Chirchiq Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 184 cm (6 ft 12 in)
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Sovet Ittifoqi Chirchiq 1 (0)
1992—1994 Oʻzbekiston MHSK 28 (-39)
1995 Oʻzbekiston Chirchiq 27 (-41)
1996—2004 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 204 (-171)
2005 Oʻzbekiston Navbahor 18 (-20)
2006 Oʻzbekiston Andijon 2 (-9)
2006 Oʻzbekiston Navbahor 8 (-5)
Milliy terma jamoa
2000—2002 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

Professional faoliyatini 1991-yilda Chirchiq jamoasi tarkibida boshlagan. 1992—1994-yillarda Toshkentning „MHSK“ jamoasi safida toʻp surgangan. 1995-yilgi mavsumda yana „Chirchiq“ safida oʻynagan. 1996-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtadi. Georgiy Zabirov 2004-yilgacha „Neftchilar“ tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida Zabirov jamoa yetakchilaridan biriga aylandi va 2000-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga 2000-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun chaqirildi. U Oʻzbekiston terma jamoasi safida oltita oʻyin oʻtkazgan. Zabirov „Neftchi“ safida 204 ta oʻyinda maydonga tushgan. Zabirov bu koʻrsatkich bilan fargʻonaliklarning eng yaxshi posbonlaridan biri hisoblanadi. 2005—2006-yillarda Namanganning „Navbahor“ va „Andijon“ jamoalarida toʻp surgan. 2006-yilda Georgiy Zabirov professional faoliyatini yakunladi.

Yutuqlari

tahrir
  • Oʻzbekiston chempioni: 2001
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1996
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1997,1998, 2001, 2002

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Profil na sayte FootballFacts.ru