Gulnora Rahmon- 1957-yilda Samarqand viloyati, Xatirchi tumanida tavallud topgan. U rassom va yozuvchi.

Gulnora Rahmon
Tavalludi 15-mart 1957-yil (1957-03-15) (67 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent Davlat Teatr va rassomchilik sanʻati instituti hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomchilik va Dizayn instituti
Kasbi rassom, yozuvchi
Millati oʻzbek

Hayoti va ijodi tahrir

Gulnora Rahmon- Toshkent Davlat Teatr sanʻati va Rassomchilik institutining ( hozirgi Kamoliddin Behzod nomidagi Oʻzbekiston Milliy Rassomchilik va Dizayn) rangtasvir boʻlimini yakunlagan. Ijod yoʻnalishi portret va manzara janri. Oʻzbek adabiyotining Erkin Aʻzam, Abdulla Oripov, Usmon Aʻzim, Ibrohim Gʻafurov, Ahmad Aʻzam, Farogʻat Kamolova, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Halima Xudoyberdiyeva, Dilbar Saidova kabi ijodkorlariga ishlangan portretlari mavjud. 1997-yildan beri Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi Rassomlar uyushmasi aʻzosi sifatida faoliyat yuritadi [1]. 1990-yillarda vaqtli matbuotda hikoya va qissalari eʻlon qilingan. 2008-yilda „Marvarid shodasi“ nomli qissasi, 2011-yilda „Yurak devoridagi suratlar“ nomli hikoyalar toʻplami „Sharq nashriyoti“ tomonidan chop etilgan. 2022-yilda „Umrning uch fasli“ nomli qissasi „Gʻafur Gʻulom“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. „Sipohiylar xonadoni“ nomli dramatik asari turk adabiyotshunoslari tomonidan tarjima qilinib Turkiya Universitetlari uchun moʻljallangan „Mustaqillik yillari oʻzbek adabiyoti“ oʻquv qoʻllanmasiga kiritilgan. Shuningdek,ingliz adibasi Dafna dyu Morening „Rebekka“ hamda „Reychel“ nomli asarlarining (ixchamlashtirilgan variantining) tarjimoni hisoblanadi. Bu ikki asar aynan shu yili „Yangi Asr avlodi“ nashriyoti tarafidan chop etilgan. 2023-yilda ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan „Romeo va Julietta“ hamda „Xatolar komediyasi“ asarlarini ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Shuningdek proza janrida ham ijod qiladi. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʻzosi [2].


Havolalar tahrir

]]

Manbalar tahrir