Héctor Moreno
Héctor Alfredo Moreno Herrera (1988-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — meksikalik professional futbolchi, Liga MX chempionatida Monterrey klubi va Meksika terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Héctor Alfredo Moreno Herrera[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-yanvar 1988-yil | ||
Tavallud joyi | Culiacán, Sinaloa, Meksika | ||
Boʻyi | 1.82 m[2] | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Monterrey | ||
Raqami | 15 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003–2006 | UNAM | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006–2007 | UNAM | 44 | (2) |
2008–2011 | AZ | 80 | (6) |
2011–2015 | Espanyol | 118 | (7) |
2015–2017 | PSV | 61 | (11) |
2017–2018 | Roma | 5 | (0) |
2018–2019 | Real Sociedad | 33 | (2) |
2019–2021 | Al-Gharafa | 34 | (1) |
2021– | Monterrey | 41 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2005 | Meksika U17 | 6 | (2) |
2007 | Meksika U20 | 4 | (1) |
2007– | Meksika | 130 | (5) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 20-oktyabr uchun) |
Dastlab Moreno "Universidad Nacional" klubining yoshlar jamoasi tarkibida toʻpsurgan, ushbu klubda 2006-yilda 18-yoshida debyut qilgan. U bir yildan soʻng xorijga koʻchib ketadi va Gollandiyaning "AZ Alkmaar" jamoasiga qoʻshiladi va u bilan birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritadi. U 2011-yilda Ispaniyaning “Espanyol” jamoasiga kelib qo‘shildi va “PSV Eyndxoven” bilan Gollandiyaga qaytgunga qadar bu jamoada to‘rt yil o‘ynadi. 2017-yilda Moreno "Roma"da qisqa vaqt davomida toʻp surdi va "Real Sosedad" jamoasi bilan shartnoma tuzgan holatda Ispaniyaga qaytdi.
Moreno 2005-yilda Peruda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Meksikaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi a'zosi edi. U Meksikani 2010, 2014, 2018 va 2022-yillardagi FIFA Jahon chempionatida, shuningdek, 2011 va 2019-yillardagi CONCACAF Oltin kubogi, Kopa Amerika kubogi hamda 2013 va 2017-yillardagi FIFA Konfederatsiyalar kubogida himoya qilgan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrirUniversidad Nacional klubi
tahrirEktor Moreno "Universidad Nacional" klubining yoshlar jamoasiga 2003-yilda 15 yoshida qoʻshilgan va 2005-yilda Meksika bilan FIFA U-17 Jahon chempionatida gʻolib chiqqanidan keyin asosiy jamoaga oʻtgan.
Moreno oʻzining professional debyutini Klausura 2006 turnirida oʻtkazdi va shu yili 22-yanvar kuni "Santos Laguna" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Xerardo Galindoning oʻrniga 88-daqiqada maydonga tushadi[3]. U oʻzining birinchi toʻliq 90 daqiqasini 12-fevral kuni Verakrus ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabaga erishgan oʻyinda oʻtkazdi[4] va keyingi haftada Kruz Azulga 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi golini kiritdi[5].
AZ klubi
tahrir2007-yil 13-dekabrda Moreno Gollandiyaning AZ klubiga 4,5 mln. AQSh dollari evaziga transfer qilinganini e'lon qiladi[6][7]. U Erediviziyadagi debyutini 2008-yilning 1-mart sanasida Roda JKga qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda oʻtkazdi va ushbu baxsda toʻliq 90 daqiqatoʻp suradi[8]. 2009-yil aprel oyida Moreno AZ klubi bilan birinchi Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritadi[9]. 22-aprelda Moreno AZ klubi bilan shartnomani 2014-yilga qadar uzaytirgani haqida xabar e'lon qilinadi[10].
25-iyul kuni AZ finalda Xerenvesenni 5:1 hisobida magʻlub etib, Yoxan Kroyff Shildni qoʻlga kiritadi . Moreno UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini 16-sentyabr kuni "Olimpiakos" ga qarshi bahsda oʻtkazadi va ushbu baxsda jamoasi 0:1 hisobida magʻlub boʻladi[11]. 2010-yilning 7-fevralida AZ klubi “Feyenoord”klubiga qarshi bahsda Moreno 87-daqiqada burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab goʻl uradi va jamoasini 2:1 hisobida g‘alaba qozonishiga koʻmak beradi[12]. U 2010-yil 13-mart kuni RKC Waalwijk ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumdagi uchinchi golini kiritadi. U oʻzining toʻrtinchi golini 18-aprel kuni Villem II ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabada kiritadi[13].
Espanyol
tahrir2011-yil 22-iyun kuni Moreno ma'lum miqdordagi toʻlov evaziga besh yillik shartnoma asosida Ispaniya La Ligasining "Espanyol" klubiga oʻtishi e'lon qilindi[14]. 28-avgust kuni u La Ligada "Malyorka"ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 26-sentabr kuni u oʻzining birinchi golini "Levante"ga 1:3 hisobida yutqazgan oʻyinida kiritdi[15]. 3-dekabr kuni u "Valensiya"ga 1:2 hisobida magʻlub boʻlganida ikkinchi liga golini urdi[16]. Moreno oʻzining mavsumdagi uchinchi golini "Rasing de Santander"ga qarshi oʻz uyida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda urdi[17].
2012-yil 4-oktabrda Moreno "Espanyol"ning 2011-12-yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi, u oʻzining debyut mavsumida, ligada 35 ta oʻyin oʻtkazadi (jami 3295 daqiqa oʻynadi) va bitta golli uzatma bilan uchta gol uradi[18].
2014-2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Moreno 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida Meksika terma jamoasi safida oʻynaganida jarohat olgan chap oyoq suyagi singanligi sababli olti oygacha safdan chiqishi e'lon qilingan edi[19]. Ushbu olagn jarohati yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga oʻtishga toʻsqinlik qilgan[20]. Moreno toʻrt oydan soʻng 14-noyabr kuni Marselga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida futbolga qaytdi va 68-daqiqada Felipe Kaysedoning oʻrniga maydonga tushadi, ushbu oʻyinda jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonadi[21].
PSV
tahrir2015-yilning 15-avgustida PSV Eyndxoven Moreno bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Eredivizionga qaytib kelgach, Moreno 5 mln yevro evaziga ushbu klub bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[22].
Moreno oʻzining debyutida asosiy tarkibdan joy oldi va 12-sentyabr kuni Camburuga qarshi oʻyinda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi va 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uch kundan soʻng, PSVning 2015-16 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi oʻyinida Moreno Lyuk Shouning ikki oyogʻi bilan bergan kuchli zarbasidan soʻng oyogʻi sinadi[23]. Jiddiy jarohat olganiga qaramasdan Moreno oʻyinda "Manchester Yunayted"ni 2:1 hisobida magʻlubiyatga uchratishga yordam bergan boʻladi va PSV uchun 47-daqiqada gol uradi. Keyinchalik u UEFAning eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[24].
Roma
tahrir2017-yilning 13-iyunida Moreno Italiyaning “Roma” klubiga 4 yillik shartnoma asosida o‘tadi[25]. U A Seriyadagi debyutini 16-sentabr kuni “Roma”ning “Hellas Veron” klubiga qarshi o‘yinida (3:0) o‘tkazadi va uni 73-daqiqada Kostas Manolasga almashtirishadi[26].
Real Sosedad
tahrir2018-yilning 31-yanvarida Ispaniyaning “Real Sosedad” klubi Morenoni “Roma”dan 6 million yevro evaziga transfer qilganini e’lon qiladi va klub Moreno bilan 2021-yilgacha shartnoma imzoladi[27]. 15-fevral kuni u "La Real" safida Yevropa ligasida "Red Bull Zalsburg"ga qarshi bahsda debyut qildi va jamoaning 2:2 hisobidagi durang oʻyinida 76 daqiqa davomida oʻynadi. Hafta oʻrtasidagi mashgʻulotlar paytida Moreno ichki obturatoridan 1-darajali jarohat oladi, natijada u noma'lum muddatga safdan chiqadi[28].
Al-Gharafa
tahrirU 2019-yil iyul oyida “Al-Gharafa”klubiga o‘tdi va bu uni Qatar Yulduzlar ligasida o‘ynagan ilk meksikalik futbolchiga aylantirdi[29]. Keyingi oyning 22-avgust kuni u Al-Shahaniya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan holda debyut qildi[30]. 9-noyabr kuni u Umm Salal SC ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jamoa uchun birinchi golini urdi[31].
Monterrey
tahrir2021-yilning 7-iyunida Moreno Monterreyga erkin agent sifatida qoʻshildi[32].
oʻyin uslubi
tahrirMoreno chap oyoqli himoyachi boʻlib, u zamonaviy markaz himoyachisini xarakterlovchi ajoyib paslar bilan hujumlarni himoyadan boshlashga qodir oʻyinchi hisoblanadi[33]. Bleacher Report uchun maqola yozgan Allan Jiang uni "noqulay vaziyatlarda paydo boʻlish va tezda reaksiyaga kirishish" qobiliyatiga ega oʻyinchi deya ta'riflaydi. U Morenoning oʻyin uslubini himoyadagi ustun pozitsiyani saqlab qolish, jokey qilish va raqib oʻyinchisini xato qilishga majburlash qobilyatlariga ega kuchli himoyachi deb ham ta'riflaydi[34].
Karyera statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubikli musobaqa | Kontinental | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | O'yinlar | Gollar | ||
UNAM | 2005–06 | Primera División | 6 | 1 | — | 4 | 0 | — | 10 | 1 | ||
2006–07 | 16 | 0 | — | — | — | 16 | 0 | |||||
2007–08 | 22 | 1 | — | — | — | 22 | 1 | |||||
Umumiy | 44 | 2 | — | 4 | 0 | — | 48 | 2 | ||||
AZ | 2007–08 | Eredivisie | 8 | 1 | — | — | — | 8 | 1 | |||
2008–09 | 15 | 0 | 1 | 1 | — | — | 16 | 1 | ||||
2009–10 | 30 | 4 | 1 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 38 | 4 | ||
2010–11 | 27 | 1 | — | 8 | 0 | — | 35 | 1 | ||||
Umumiy | 80 | 6 | 2 | 1 | 14 | 0 | 1 | 0 | 97 | 7 | ||
Espanyol | 2011–12 | La Liga | 35 | 3 | 4 | 0 | — | — | 39 | 3 | ||
2012–13 | 32 | 2 | 1 | 0 | — | — | 33 | 2 | ||||
2013–14 | 32 | 1 | 5 | 0 | — | — | 37 | 1 | ||||
2014–15 | 19 | 1 | 10 | 0 | — | — | 29 | 1 | ||||
Umumiy | 118 | 7 | 20 | 0 | — | — | 138 | 7 | ||||
PSV | 2015–16 | Eredivisie | 29 | 4 | 4 | 1 | 8 | 1 | — | 41 | 6 | |
2016–17 | 32 | 7 | 1 | 0 | 6 | 0 | — | 39 | 7 | |||
Umumiy | 61 | 11 | 5 | 1 | 14 | 1 | — | 80 | 13 | |||
Roma | 2017–18 | Serie A | 5 | 0 | 1 | 0 | — | — | 6 | 0 | ||
Real Sociedad | 2017–18 | La Liga | 8 | 1 | — | 1 | 0 | — | 9 | 1 | ||
2018–19 | 25 | 1 | 4 | 0 | — | — | 29 | 1 | ||||
Umumiy | 33 | 2 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 38 | 2 | |||
Al-Gharafa | 2019–20 | Qatar yulduzlar ligasi | 21 | 1 | 1 | 0 | — | — | 22 | 1 | ||
2020–21 | 13 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 15 | 0 | |||
Umumiy | 34 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 37 | 1 | |||
Monterrey | 2020–21 | Liga MX | — | — | 2 | 0 | — | 2 | 0 | |||
2021–22 | 23 | 0 | — | — | 2 | 0 | 25 | 0 | ||||
2022–23 | 18 | 1 | — | — | — | 18 | 1 | |||||
Umumiy | 41 | 1 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 45 | 1 | |||
Umumiy karyerasi | 416 | 30 | 35 | 2 | 36 | 1 | 3 | 0 | 490 | 33 |
Xalqaro
tahrirMilliy terma jamoa | Yil | Sovrinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Meksika | 2007 yil | 1 | 0 |
2008 yil | 1 | 0 | |
2009 yil | 1 | 0 | |
2010 yil | 11 | 0 | |
2011 yil | 14 | 0 | |
2012 yil | 9 | 1 | |
2013 yil | 11 | 0 | |
2014 yil | 8 | 0 | |
2015 yil | 7 | 0 | |
2016 yil | 10 | 1 | |
2017 yil | 15 | 1 | |
2018 | 6 | 0 | |
2019 | 9 | 1 | |
2020 | 4 | 0 | |
2021 yil | 11 | 1 | |
2022 | 11 | 0 | |
Jami | 130 | 5 |
- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Meksikaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ball ustuni Morenoning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yoʻq. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2012-yil 12-iyun | Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador | El Salvador | 2–1 | 2–1 | 2014 yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
2 | 2016-yil 2-sentyabr | Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador | El Salvador | 1–1 | 3–1 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
3 | 2017-yil 18-iyun | Qozon Arena, Qozon, Rossiya | Portugaliya | 2–2 | 2–2 | 2017 FIFA Konfederatsiyalar kubogi |
4 | 2019-yil 22-mart | SDCCU stadioni, San-Diego, AQSH | Chili | 2–0 | 3–1 | oʻrtoqlik uchrashuvi |
5 | 2021-yil 13-oktyabr | Estadio Cuscatlan, San Salvador, El Salvador | El Salvador | 1–0 | 2–0 | 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi |
Yutuqlar
tahrir- Eredivizion : 2008–09
- Yoxan Kroyff qalqoni : 2009
- Eredivizion : 2015–16
- Yoxan Kroyff qalqoni : 2016
Monterrey
- CONCACAF Chempionlar Ligasi : 2021
Meksika U17
- FIFA U-17 Jahon chempionati : 2005
- CONCACAF Oltin kubogi : 2011, 2019
- CONCACAF kubogi : 2015
Individual
Manbalar:
tahrir- ↑ „FIFA U-20 World Cup Canada 2007 – List of Players“. FIFA (2007-yil 5-iyul). 2013-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „2018 FIFA World Cup: List of players“. FIFA (2018-yil 30-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Pumas 1-0 Santos Laguna“ (es). Medio Tiempo. 2009-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 22-yanvar.
- ↑ „Pumas 2-0 Veracruz“ (es). Medio Tiempo. 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 12-fevral.
- ↑ „Cruz Azul 3-1 Pumas“ (es). Medio Tiempo. 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 18-fevral.
- ↑ „Héctor Moreno, al Az Alkmaar de Holanda“ (es). La Jornada. Qaraldi: 2007-yil 13-dekabr.
- ↑ „Firma el holandés Az Alkmaar al juvenil defensa de Pumas, Héctor Moreno“ (es). Proceso. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 13-dekabr.
- ↑ „Debuta Héctor Moreno con el AZ Alkmaar“ (es). esmas. 2008-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 1-mart.
- ↑ „Se corona el AZ Alkmaar, donde juega Héctor Moreno“ (es). La Jornada. Qaraldi: 2009-yil 11-may.
- ↑ „Mercado : El central mexicano Héctor Moreno renueva contrato con el AZ“ (es). Goal.com. Qaraldi: 2009-yil 22-aprel.
- ↑ „Debuta mexicano Héctor Moreno en la "Champions" con el AZ Alkmaar“ (es). metrolatinousa.com. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Anota Héctor Moreno y da triunfo al AZ Alkmaar“ (es). Terra Networks. Qaraldi: 2010-yil 7-fevral.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Héctor Moreno anotó en el AZ Alkmaar“ (es). La Jornada. Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
- ↑ „Hector Moreno completes switch to Espanyol“. Goal.com. Qaraldi: 2011-yil 22-iyun.
- ↑ „Héctor Moreno hace primer gol“ (es). El Universal. 2014-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Valencia 2-Espanyol 1... Gol sin gloria de Héctor Moreno“ (es). Medio Tiempo. 2014-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-dekabr.
- ↑ "Liga – Espanyol react to down 10-man Racing" (Wayback Machine saytida 2020-03-02 sanasida arxivlangan).
- ↑ „Moreno, el mejor jugador del Espanyol del curso 2011/12“ (es). Liga BBVA official website. 2014-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Moreno facing six months out“. Sky Sports. Qaraldi: 2014-yil 1-iyul.
- ↑ „The strange curse of Louis van Gaal and ex-Man United target Hector Moreno“. FourFourTwo (2015-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-yanvar.
- ↑ Kemp. „Héctor Moreno makes Espanyol return after four months on the sidelines“. Inside Spanish Football. 2014-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-noyabr.
- ↑ „PSV sign Mexico international Hector Moreno from Espanyol“. ESPN FC. ESPN (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 16-avgust.
- ↑ „Manchester United's Luke Shaw out for months with double fracture“. The Guardian (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 26-avgust.
- ↑ „PSV comeback floors Manchester United“. Uefa.com. UEFA. Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Roma complete signing of Hector Moreno“ (en). A.S. Roma. Qaraldi: 2017-yil 13-iyun.
- ↑ „Héctor Moreno anhela debutar con AS Roma ante Hellas Verona“ (es). El Siglo de Torreón (2017-yil 15-sentyabr).
- ↑ „Héctor Moreno joins Real Sociedad“. Real Sociedad. Qaraldi: 2018-yil 31-yanvar.
- ↑ „Mexicans Abroad Minute: Hector Moreno injured, Hirving Lozano suspended“. Goal.com. Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
- ↑ „Mexico transfer news: El Tri center back Hector Moreno arrives in Qatar ahead of Al-Gharafa move | Goal.com“. www.goal.com.
- ↑ „Debutó Moreno con el Al-Gharafa de Qatar“. ABC Noticias (2019-yil 22-avgust). 2020-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
- ↑ „Héctor Moreno anota en Qatar“. La Jornada (2019-yil 10-noyabr).
- ↑ „Rayados confirma llegada de Héctor Moreno como refuerzo.“ (es). ESPN México (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
- ↑ Arnold. „Get to know Hernandez, Lozano & Mexico's World Cup roster“. Goal.com. Qaraldi: 2018-yil 23-may.
- ↑ Jiang. „Scouting Report: Hector Moreno Manchester United's Mats Hummels Alternative?“. Bleacher Report (2014-yil 15-may). Qaraldi: 2018-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Javier Hernandez and Carli Lloyd Named 2015 CONCACAF Players of the Year“. CONCACAF.com (2016-yil 22-yanvar). 2017-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
- ↑ „2017 CONCACAF Award Winners Announced“. CONCACAF (2017-yil 19-dekabr). 2017-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
- ↑ „2021 Concacaf Awards“ (2022-yil 24-yanvar).
- ↑ „IFFHS MAN TEAM - CONCACAF - OF THE DECADE 2011-2020“. IFFHS (2021-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.